Sh. Yuldasheva, D. Kabulova, M. Sobirova
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Rqd8TfcxKXb1gtoMjR30nMBxAHsRaQlctUDE99D4
- Bu sahifa navigatsiya:
- OPERAMIZ MALIKASI
O‘ZBEK SAN’ATI USTALARI
(Referat matni, uning tuzilishi va ifoda materialining xususiyatlari) Reja: 1. Mavzuga oid matnni o‘qish, o‘rganish va tahlil qilish. 2. Referat matni, uning tuzilishi va ifoda materialining xususiyatlari bilan tanishish. 3. Mavzu yuzasidan mashq va topshiriqlar ustida ishlash. OPERAMIZ MALIKASI Muyassar Razzoqova konservatoriyaga ilk qadamini qo‘yganidanoq Sao- dat Kabulova va Nasim Hoshimovlarning yuqori bahosiga musharraf bo‘l- di. U dastlab ustozining romanslari — “Oq kaptar”, “Dugonalar”, “Kashmir”, “Sevimli yorim”ni kuyladi. Qirqinchi yillarda O‘zbekiston qo‘shiqchiligida Saodat opaning ijrochilik yulduzi charaqlab yongan bo‘lsa, oradan yarim asr o‘tgach, to‘qsoninchi yillar boshida Muyassar Razzoqova o‘zining koloraturali soprono ovozi bilan san’atning sehrli olamini zabt etishga jazm qildi. Olloh bergan ijrochilik iste’dodi ham, noyob ovoz ham bo‘lgani uchun Muyassar Razzoqova katta jur’at bilan o‘zini jahon operasi cho‘qqilariga urdi. Rossinining “Saviliya sartaroshi”da Rozino, Juzeppe Verdining “Traviata”sida Violetta, “Rigoletta”sida Jilda, “Maskarad bali”da Oskar partiyalarini yuqori maromda ijro etdi. Mustaqillik sharofati bilan italiyalik rejissor Franchesko Sforsa kelib Gayatano Donisiyettining “Luchiya Dilamermor” operasini sahnalashtirdi. 137 136 ko‘rishi, shuningdek, referat yoki mufassal taqriz yozishi lozim. Sizning birinchi referatingiz mavzu yuzasidan berilgan masalaning mazmunini tanqid va tahlil qilmay turib, oqizmay-tomizmay qayta bayon qilib berishdan iborat bo‘ladi. Bundan keyingi referatlaringiz esa tanqidiy xarakterda bo‘lishi kerak. Referat seminar mashg‘ulotlarini o‘tkazuvchi o‘qituvchi rahbarligida yoziladi. Siz rahbarga doimo maslahat olish uchun murojaat qilishingiz mumkin. Referat yozish asosan uch turli bo‘lishi mumkin: ilmiy ishni tanqidiy tahlil qilib, taqriz yozish; mavzu yuzasidan biror tadqiqotni tahlil qilish; biror muhokamaga tashlangan mavzuni tahlil qilib referat yozish. Ilmiy tadqiqot yoki konkret ish bo‘yicha referat yozilganda: ishning muhimligi — dolzarbliligi ta’kidlanadi; ish muallifining nazariy qarashlariga baho beriladi; muallif qarashlariga fanda bor dalillar, fikrlardan kelib chiqib, tanqidiy yondoshiladi; agar ishda aniq tadqiqot materiallari bayon etilgan bo‘lsa, uning aso- siy natijalari, uning mantiqqa to‘g‘ri kelishi, ishonchliligi tahlil qilinadi; o‘rganilgan ishning qiymati, uning amaliyot uchun ahamiyati bo‘lsa ta’kidlanib, kamchiliklari, shu kamchilikka ko‘ra shaxsiy fikrlar, kelajakda qanday yo‘nalishda ishlar qilinishi ma’qulligi bayon etiladi. Referat ustida ishlashning ba’zi qoidalari: talaba referat ustida ishlashi- ning tartibi taxminan quyidagicha: 1) mavzu tanlash; 2) bibiliografiya tuzish, kutubxonada adabiyot borligini aniqlash; 3) sinchiklab o‘rganish uchun tanlangan adabiyotdan ko‘chirmalar olish; 4) adabiyotni o‘qish davomida xomaki reja tuzish; 5) murakkab reja tuzish, sarlavha va sarlavhachalarni ravshan, ochiq- oydin va qisqacha ifodalash. Shu rejaga muvofiq, zarur bo‘lsa, talabalar guruhida psixologik kuzatishlar o‘tkazish; 6) adabiyotdan olingan ko‘chirmalardan foydalanib, matnni rejaga muvofiq bayon qilish; 7) boshqa muallifning maqolasida yoki kitobida keltirilgan sitatalari bilan kifoyalanmay, sitalalarni birinchi manbalarga qarab puxta tekshirish. O‘z fikrlari bilan sitatalarning nisbatini solishtirib ko‘rish. Referatda sitatalarning ko‘payib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik; 8) shaxsiy kuzatishlar va eksperimentlar materialini tahlil qilish, natijalarni referatga qo‘shish; 9) xomaki yozuvni oqqa ko‘chirish, ayni vaqtda matnning abzaslarga bo‘linishiga rioya qilish (referatlarda uchraydigan xato shuki, bir necha O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 49-modda: Fuqarolar O‘zbekiston xalqining tarixiy va ma’naviy va madaniy merosini avaylab-asrashga majburdirlar. Madaniyat yodgorliklari davlat muhofazasidadir. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling