Sh. Yuldasheva, D. Kabulova, M. Sobirova


Topshiriq: Matnni o‘qing va o‘zingizni qiziqtirgan hayvonlar haqida kichik hikoya tuzing. GRAMMATIK MA’NONI HOSIL QILUVCHI VOSITALAR


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/104
Sana19.10.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1709578
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   104
Bog'liq
Rqd8TfcxKXb1gtoMjR30nMBxAHsRaQlctUDE99D4

Topshiriq: Matnni o‘qing va o‘zingizni qiziqtirgan hayvonlar haqida
kichik hikoya tuzing.
GRAMMATIK MA’NONI HOSIL QILUVCHI VOSITALAR
So‘zning leksik ma’nosi uning predmet, belgi kabilar haqidagi
tushunchani reallashtirishi nimani anglatishidir. So‘z, o‘z leksik ma’no-
sidan tashqari, grammatik ma’noga ham ega bo‘ladi. Grammatik ma’no
ifodalashning quyidagi yo‘llari bor:
1. Sintetik yo‘l. Affikslar qo‘shish orqali: a) so‘z o‘zgartiruvchi affiks
orqali: dalaga ketdi, daladan qaytdi; forma yasovchi affiks orqali: kattaroq,
sarg‘ish kabi.
2. Analitik yo‘l. Yordamchi so‘zlar orqali: borayotgan edim, bola uchun,
bola bilan kabi. O‘zbek tilidagi ko‘makchi fe’llarning bir qismi o‘z musta-
qillik holatidagi ma’nosi va grammatik xususiyatlarini butunlay yo‘qotib,
so‘z formasini ko‘rsatish vazifasini bajarish holatiga o‘tgan. Bular ham
so‘zning analitik formasini hosil qiladi. O‘qib chiqdi, gapira ketdi.
3. Aralash yo‘l. Bunda affiks va formal so‘z ishtirok etadi. Parkka qadar,
men boraman.
Grammatik ma’no so‘z tartibi va reduplikatsiya (takror), unlilarning
uzayishi kabi vositalar yordami bilan ham ifodalanadi.
Eslatma: So‘zning ayrim forma olmagan ko‘rinishlari mavjud. Bular
bosh kelishikdagi, birlikdagi ot, fe’lning bo‘lishli shakli kabilar.
Topshiriq: Matnni o‘qib, tarkibidagi grammatik ma’no hosil qiluvchi
vositalarni aniqlang.
NON HIDI
Dunyoda non hididan xushboy, qadrliroq va ohanrabo hid bo‘lmasa
kerak. Yer yuzida hayot paydo bo‘lgan kundan boshlaboq jamiki jonzotlar
o‘zlari uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat axtarishgan. Odam esa bug‘doyni
tanlagan va o‘z ongi, mehnati, tafakkuri bilan uni o‘zgartirib, hosildorligini,
mazasini, to‘yimliligini oshirgan... Bug‘doyning non sifatida shakl-
langanligiga 2000 ming yil bo‘lgan.
qiynalib qor kurayotganini ko‘rgan ayol hozirgi qor tozalaydigan uskunaning
dastlabki ko‘rinishini yasagan.
Avtomobil glushitelini esa 1917-yilda El Dolres Jons ismli ayol o‘ylab
topgan. Ana shu akustik filtrning ixtiro qilinishidan so‘ng avtomobillardan
chiqadigan shovqin keskin pasaygan.
Zirhnimchani esa 1965-yilda Stefaniya Kvolek ismli doktor ayol ixtiro
qilgan. U po‘latdan ham besh barobar pishiqroq bo‘lgan kevlar sintetik
matosini yaratgan. Uning ixtirosi minglab politsiyachi, o‘t o‘chiruvchi va
harbiylarning hayotini saqlab qolgan. Hozirda esa unga asoslanib, zamonaviy
o‘qo‘tmas zirhnimchalar ishlab chiqariladi.
Suvosti kemasi periskopini ham ayol kishi ixtiro qilgan. 1845-yilda
Sara Meter o‘zi yaratgan asbob – kuzatiladigan obyektgacha bo‘lgan masofani
o‘lchaydigan qurilmaga patent olgan.
Aylana arra (sirkulyar arra) ning prototipini 1810-yilda Tabita Bebbit
ismli ayol ixtiro qilgan. Uzoq vaqt ikki erkakning arra tortishini kuzatgan
xonim: “Og‘irlik ikkoviga birday tushgani bilan arra faqat bir tomonga
tortilganda yog‘ochni kesadi, ortiga qaytganda kesmaydi. Bu vaqtni
yo‘qotadi”, degan fikrga keladi, xullas, uning ixtirosidan bugungi kunda
yog‘och tilish sanoatida keng foydalaniladi.
Ilk avtomobil oynatozalagichini esa 1903-yilda Meri Anderson ismli
ayol ixtiro qilgan. Qattiq bo‘ronda mashinada ketayotgan ayol haydovchining
dam-badam mashinani to‘xtatib, oynasini qordan tozalashini ko‘rib, unda
oyna tozalaydigan moslamani yaratish fikri tug‘ilgan.
“Oila davrasida” gazetasidan
O‘tgan darsdagi topishmoqlarning javoblari:
1 — yer sun’iy yo‘ldoshi. 2-3 — raketa. 4-5 — elektr toki. 6-7 — elektr
stolbasi, tok. 8-9-10 — lampochka. 11 — stol lampasi. 12 — dazmol. 13-
14 — xolodilnik. 15 — radio. 16-17 — televizor. 18 — magnitofon. 19 —
traktor. 20 — paxta terish mashinasi. 21 — kombayn. 22-23-24-25 —
samolyot. 26 — kosmik kema. 27 — paroxod. 28 — temir yo‘l, poezd. 29 —
tramvay. 30 — avtomashina. 31 — velosiped. 32 — ekskavator. 33 — lift.

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling