Sh. Yuldasheva, D. Kabulova, M. Sobirova
Gennisning rekordlar kitobidan
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Rqd8TfcxKXb1gtoMjR30nMBxAHsRaQlctUDE99D4
- Bu sahifa navigatsiya:
- SINTAKTIK ALOQA TURLARI
Gennisning rekordlar kitobidan
Ot yer yuzidagi eng qimmatbaho hayvon hisoblanadi. 1983-yilda arab shayxi Maxtum al-Mahdum o‘zining “ Sherif Danser” laqabli otini 40 million AQSH dollariga baholagan. *** Hayvonot bog‘ida yashovchi hayvonlar orasida esa “ Chi-Lin” laqabli katta panda ayig‘i Madrid hayvonot bog‘i tomonidan 1 million funtga baholangan. Hozirgi vaqtda bu turdagi hayvonlardan dunyo bo‘yicha 600- 700 ta qolgan bo‘lib, ulardan faqat 14 tasi hayvonot bo‘g‘larida yashaydi. *** Shvetsariyning “ Wenger” firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan eng katta qayirma pichoq Gennisning rekordlar kitobiga kiritilgan. Ushbu mega- pichoqning 87 ta turli asboblari bo‘lib, ular yordamida jami 141 ta vazifani bajarishi mumkin. “Vatanparvar” gazetasidan. Olimlar insoniyatning 2000 yillik tarixidagi eng buyuk kashfiyot-ixti- roni aniqlash bo‘yicha munozara qildilar. Dastlab, 350 ixtiro tanlab olindi, keyin bu miqdor 150 taga tushirildi. Nihoyat, uzoq tortishuvlardan so‘ng nemis olimi Iogann Guttenberg- ning kitob bosish moslamasi eng zo‘r ixtiro, deb e’tirof etildi. “Oila davrasida” gazetasidan SINTAKTIK ALOQA TURLARI Gapda so‘zlar bir-biri bilan tenglanish yoki tobelanish orqali sintak- tik aloqaga kirishadi. Tenglanish orqali birikadigan birikmalar tarkibidagi so‘zlar teng huquqli bo‘ladi, ya’ni biri ikkinchisiga tobelanmaydi. Ular tenglanish ohangi bilan aytiladi. Tenglanish, asosan, uyushiq bo‘laklar va bog‘langan qo‘shma gapning qismlari orasida bo‘ladi. Tobelanish orqali birikadigan birikmalarda uning tarkibidagi so‘zlar bi- ri ikkinchisiga, tobelanib, ergashib keladi. Ya’ni bunday birikmalar tarki- bida tobe so‘z (ergash so‘z) va (hokim so‘z)mavjud bo‘lib, tobe so‘z doim hokim so‘zga tobelanib keladi. So‘z birikmasi yoki gap tarkibidagi komponentlar o‘zaro ma’lum grammatik vositalar yordamida munosabatga kirishadi. Masalan, dadasini ko‘rmoq birikmasidagi so‘zlar sintaktik, dadasi bilan kelmoq birikmasi- dagi so‘zlar analitik, dadasini deb kelmoq birikmasidagi so‘zlar sintetik- xulosaga kelishgan. “Oila tibbiyoti” (“Family Medicine”) jurnalida mavzuga oid maqola chop etildi. Mutaxassislarning bunga e’tibor qaratgani bejiz emas. Boisi, MRSA (tillorang stafilokokkning metitsillin-rezistent shakli) eng ko‘p tarqalgan infeksiyalardan biri bo‘lib, oddiy toshmadan tortib pnevmoniyagacha bo‘lgan turli kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Yani bir jihati: bu bakteriyani ilmiy tilda tibbiyot xodimlari “super” qo‘shimchasi bilan ataydilar, sababi, u antibiotiklarga o‘ta chidamli. Aksariyat hollarda immuniteti past odamlar undan aziyat chekadi. Mazkur yo‘nalishdagi tajribani o‘tkazish g‘oyasi esa, choy ekstrakti surilgan laboratoriya idishi superbakteriyalarga qarshi o‘ta kuchli himoyani ta’minlashi mumkinligi kuzatilgach, tug‘ilgan ekan. E’tiborlisi, odam choy ekstraktini hidlaganida ham xuddi shunday samara kuzatilgan. Shuningdek, qahva ham bu kabi antibakterial xususiyatlarga ega deb qayd etildi. “Ma’rifat” gazetasidan Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling