Sh. Yuldasheva, D. Kabulova, M. Sobirova
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Rqd8TfcxKXb1gtoMjR30nMBxAHsRaQlctUDE99D4
NAZORAT ISHI
TIL — TO‘LQINLARI MAVJ URGAN DARYO Til tabiatan tanho bir kuchki, u cho‘g‘ olovni muzga, muzni esa olovga aylantira oladi. Til — sehrgar, sehrlovchi vosita. O‘zbek tilini qunt bilan o‘rgangan kishilargina uning serviqor qudratini bilib oladilar. Har bir xalqning tili o‘ziga aziz. Shoirlar, faylasuflarning til haqidagi ta‘rif-u tavsiflaridan ko‘ngillarga nur yuguradi, uning mag‘ziga yetishga intilsangiz hayot yanada ma’noli, maqsadli, go‘zal va shirin bolib qoladi. Kimdir uni onaga o‘xshatsa boshqa birov vatan qadar ulug‘ biladi. Dunyoga kelgan chaqaloq ham ona allasini o‘zbek tilida eshitadi. Men esa shu o‘rinda atoqli shoirimiz Omon Matjoning bir rivoyat asosida yozilgan “Alla” nomli mo‘jazgina asarini eslagim keladi. Qadim zamonlarda Xorazm tomonlarda bo‘yi yetgan qiz Roziya o‘zga yurtdan kelgan yugitga ko‘ngil qo‘yibdi. Ota-ona bu yo‘ldan qaytarishga qancha urinmasin, qiz ahdida qat‘iy turibdi. Noilojlikdan Roziya uzoq yurtga uzatilibdi. Biroq ona nuridiydasiga iltijo qilibdi: baxtli bo‘1, yakka-yu yagona o‘tinchim shuki, farzandlaringga hech qachon alla aytma, aytsang, butun umr norozi ketaman. Roziya o‘g‘il ko‘ribdi. Onasining aytganiga amal qi- libdi. Afsuski, ko‘p o‘tmay o‘g‘lini tuproqqa topshiribdi. Taqdir unga yana o‘g‘il ato qilibdi. Sho‘rlik kelinchak ona ilinjini unutolmabdi. Afsus bu farzandni ham tuproqqa topshiribdi. Manglayiga yana o‘g‘il bitibdi. Vodarig‘, u ham kundan-kunga sarg‘ayib, umidlariga tahlika tushibdi. Shunda Roziya onasiga bergan va’dasidan voz kechib, ichiga to‘lib-toshib ketgan dardlarini qo‘shiqqa solib, jigargo‘shasiga alla kuylabdi. O‘g‘li sekin-asta kuchga kirib, ko‘p o‘tmay batamom sog‘ayib ketibdi. Biroq endi Roziyaning o‘zi alla aytgani sayin olisda qolgan Vatanini, ota-onalari, yaqinlarini yonib-kuyib sog‘inadigan, sog‘inchlarda o‘rtanadigan bo‘lib qolibdi. Sho‘rlik volidayi mukarramasini yanada chuqurroq tushunibdi. O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili haqidagi qonunining qabul qilinishi hech mubolag‘asiz o‘zbek xalqi taqdiridagi hodisadir. Bu qonun o‘zbek xalqi, millati umrini uzaytiradigan, tarixiy taqdirini mustahkamlashda xizmat qiladigan qaror bo‘ldi. Dunyoning 20 dan orliq rivojlangan mamlakatlarida o‘zbek tilining o‘qitilishi yetakchi oliy o‘quv yurtlari o‘quv dasturiga kiritilganligi, tarixiy |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling