Sh. Yuldasheva, D. Kabulova, M. Sobirova
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Rqd8TfcxKXb1gtoMjR30nMBxAHsRaQlctUDE99D4
- Bu sahifa navigatsiya:
- YOSHLAR GIYOHVANDLIKKA QARSHI
YOS HLAR TAS HABB USI
(Bog‘langan va bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarning o‘zaro ma’nodoshligi) Reja: 1. Mavzuga oid matnni o‘qish, organish, tahlil qilish. 2. Bog‘langan va bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarning o‘zaro ma’nodoshligi haqida ma’lumot berish. 3. Mavzu yuzasidan mashq va topshiriqlar ustida ishlash. YOSHLAR GIYOHVANDLIKKA QARSHI XXI asr vabosi nomini olgan giyohvandlik hozirda butun dunyoni tashvishga solmoqda. Xo‘sh, dunyoni o‘ylashga majbur qilayotgan giyoh- vandlik o‘zi nima? Nima sababdan kundan-kunga insonlar ayniqsa yoshlar, bolalar orasida bunday tuban yo‘lga kirib kelayotganlarning soni ko‘pay- moqda? Farzand o‘stirayotgan har bir ota-ona o‘z farzandlarining kamolini ko‘rishni xohlaydi. Farzand ota-onaning suyangan tog‘i, oilalalarning yon- gan chirog‘i. Shu bergan tarbiyasi natijasida farzandlarining yutuqlarini ko‘rish ularga yuksak quvonch baxsh etadi. Ammo shuni ham tan olish kerakki, hamma bolalar ham ota-onasi orzu qilgandek inson bo‘lib yetishavermaydi. Buning asosiy sabablari ba’zi ota-onalarning farzandlari tarbiyasiga befarqligi, yoshlarning o‘qishga qiziqmasligi va bekorchilikdir. Bunday yoshlar esa, albatta, o‘zlariga ko‘chadan do‘st izlaydilar. O‘qish- ga qiziqmaydigan, hali aqliy ongi to‘liq shakllanib ulgurmagan yoshlar ko‘chadagi yomon niyatli, giyohvand moddalar tijorati bilan shug‘ullanuvchi va yoshlarni yomon yo‘lga undovchi kishilar tomonidan aldanadilar va natijada bu bolalar giyohvandlikdek baloga giriftor bo‘ladilar. Ular o‘sha vaqtda o‘z ishlarining oqibati haqida o‘ylab ham ko‘rmaydilar. Vaholanki, giyohvand moddaning turgan bitgani zarar. Giyohvandlarda giyohvand moddalarni qabul qilish xumori tutgan vaqtda ular bir doza qabul qilish uchun har turli yo‘llarga kirishdan qaytmaydilar. Ular o‘zini sotishi, giyohvand moddalar bilan savdo qiluvchilarning sherigiga aylanishi va har qanday jinoyatga qo‘l urishlari mumkin. Giyohvand moddani qabul qiluvchilar hayotga beparvo bo‘lib qoladilar. “Inson o‘z— o‘ziga eng johil dushman” — degan edi Siseron. Yuqoridagi dalillarni ta’kidlay turib, faylasuflarning gaplari to‘g‘ri ekanligiga yana bir bor ishonch hosil qilamiz. Topshiriq: Quyidagi to‘liqsiz gaplarda qanday bo‘lak tushirilganligini aniqlang. 1. — O‘zimiz gaplashib qo‘yaqolsak-chi? Sening borishing shartmi? — Shart! Chiqaverlaring. 2. — Siz ham bittasini topa qolmaysizmi? — Topaman. 3. Yaxshidan bog‘ qolar, yomondan dog‘. 4. — O‘sha kuni esingdami? Quyosh charaqlab turganmidi yo shamolmidi? — Qish edi... 5. — Kimga bo‘ysunish kerakligini aytishmadimi? — Aytishdi. 6. — Qaytgan- laringdan keyin sheriklaringni ko‘rdilaringmi? — Ko‘rdik. Topshiriq: O‘qing. To‘liqsiz gaplarni aniqlab, turini ayting. 1. Ota, bular bog‘ingizdagi qizil olmadanmi? — Hovvo, qizim. Kuzda taram-taram qizargan piyoladay olmalar esiga tushib, Feruza quvonib so‘radi: — Bularning hosilini qayoqqa sig‘diramiz, ota? — Shaharga yuboramiz, qoqi solamiz. 2. Norqo‘zi Feruzaga qarab kuldi: — Paxta terishga qalaysiz? — Terganman. — Bellashaylik bo‘lmasa. Xo‘sh, shartingiz bormi? — Bor. 3. Feruza Xanifaning qo‘lidan zil patnisni oldi. — Otam qayoqdalar? — Bo‘g‘da. 4. Shiyiponga bormaylikmi, Normat aka? — Boramiz, Normat aka paxtazordan asfalt yo‘lga ko‘tarilar ekan, Tursunalidan so‘radi: G‘o‘za hamma yerda shunaqa yetildimi? — Shunaqa. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling