Sh. Yuldasheva, D. Kabulova, M. Sobirova
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Rqd8TfcxKXb1gtoMjR30nMBxAHsRaQlctUDE99D4
Qiziqishlar olamida
Asli fermer bo‘lgan bu sarguzasht ishqibozi Londondagi Olimpiada o‘yinlari ochilishiga yetib borish va uni tomosha qilish uchun naq ikki yil avval yo‘lga tushgandi. Avtomabilda yoki piyoda emas, poezd yoki samolyotda ham emas, balki uch g‘ildirakli velosipedda 60 ming kilometr yo‘lni bosib, Londonga yetib bordi-ya. Buning uchun 16 ta mamlakat hududidan o‘tishga to‘g‘ri keldi. Uning 2 yillik xarajati 5 ming AQSH dollarini tashkil etdi. Tinib-tinchimagan jahongashta ortga samolyotda qaytsa kerak, deb o‘ylasangiz yanglishasiz. U sarguzashtlarini yanada boyitmoqchi. Ya’ni Olimpiada o‘yinlarini tugatib, Shimoliy Amerikaga u yerdan esa navbatdagi Olimpiada o‘tkaziladigan Braziliyaga yo‘l olishni niyat qilgan. “ Xalq so‘zi ” gazetasidan T E S T 1. Otli birikmalar qatorini aniqlang. A. Katta uy, vazifani bajarmoq. B. Asalday shirin, katta bo‘lmoq. C. O‘qishda birinchi, tinglovchilarning barchasi. D. Mashinada terish, radiodan eshitish. 2. Muomala vositasining eng kichik birligi. A. so‘z C. ibora B. qo‘shma so‘z D. gap 3. So‘z birikmasini toping. A. O‘rta Osiyo C. Ko‘zi tushdi B. Oq ko‘ngil D. Kitobni o‘qib 4. Bosh so‘z ravishdosh bilan ifodalangan fe’lli birikmani toping. A. gulni sevmoq C. hurmat bilan yondoshgan 107 106 Grammatik jihatdan biror bo‘lak ifodalanmagani uchun bunday gaplar to‘liqsiz gap sanaladi. Aslida, to‘liqsiz gaplar mazmunan to‘liq bo‘ladi, chunki ular ham ma’lum fikrni anglatadi: yashiringan bo‘lak anglashilib turadi. To‘liqsiz gap ma’lum fikrni, maqsadni ifodalashda qo‘llanuvchi bir uslubiy vositadir. Dialog tipidagi to‘liqsiz gaplar gapning bir yoki ikki bo‘lagidan tashkil topadi. Bu bilan ifodalangan gap bo‘lagini boshqa bo‘laklardan ajratib ko‘rsatish lozim topiladi. Bunday hollarda to‘liqsiz gap to‘ldirilsa, grammatik jihatdan mukammal gap hosil bo‘ladi-yu, ammo aytmoqchi bo‘lgan maqsad, nozik ma‘no ifodalanmay qoladi, natijada gap mazmun jihatdan ham, uslubiy jihatdan ham buziladi. Demak, to‘liqsiz gap biror bo‘lagi yetishmagan chala gap emas, balki sodda gapning alohida bir turidir, ma’lum mazmunni ifodalashda qo‘llanuvchi vositadir. Shuning uchun ham biror tugal maqsad, fikrni anglatgan, bo‘lingan, uzilgan so‘z va so‘z birikmalari to‘liqsiz gap sanalmaydi. To‘liqsiz gaplarda yashiringan bo‘lak umumiy kontekstdan, oldingi va so‘nggi jumlalar mazmunidan, vaziyatdan anglashilib turadi. To‘liqsiz gap- larning quyidagicha turlari bor: 1. Dialogik nutq tarkibidagi to‘liqsiz gaplar. 2. Mustaqil qo‘llanuvchi to‘liqsiz gaplar. 3. Frazeologik birikma tarzidagi to‘liqsiz gaplar. 4. Qo‘shma gap tarkibidagi to‘liqsiz gaplar. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling