Sh. Yuldasheva, D. Kabulova, M. Sobirova
Topshiriq: Kasb-hunaringiz mavzusida 4-5 maqol yoki she’r ayting. M U A L L I M L A R G A
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Rqd8TfcxKXb1gtoMjR30nMBxAHsRaQlctUDE99D4
- Bu sahifa navigatsiya:
- GAPDA SO‘Z TARTIBI VA GAP BO‘LAKLARINING TUSHIB QOLISHI
Topshiriq: Kasb-hunaringiz mavzusida 4-5 maqol yoki she’r ayting.
M U A L L I M L A R G A Nechog‘ baxtiyorman, ta’zimda shu top Sizning sha’ningizga bitmoqdaman bayt. Ne odam bo‘lardim, qo‘limda kitob Biror harf tanimay tursaydim loqayd. Siz-ku “Alifbo“dan „Qomus“gacha to Bari-barisini tanitgan ustoz. Ilk bor Siz ko‘rsatgan duraxshon Zuhro Bu kun she’rim ichra tashbihdur mumtoz. Siz mo‘jaz yurakda yo‘qolgan yog‘du Oqibat quyoshdek socha olur nur. Buyuklar haqiga qasamyod gap bu Sizdan boshlanadi asli tafakkur. Olamda ko‘p erur muborak onlar, Tabarruk zotlar ham garchand ko‘p erur. Sizgadir ilk rahmat, aziz insonlar, Munis muallimlar, Sizga tashakkur. A. Oripov o‘qituvchidan ta’lim olgan. Shuning uchun ham xalqimiz yuksak mehr- muhabbatini, jo‘shqin qalb haroratini “o‘qituvchi” degan so‘zga singdirgan. O‘qituvchi quyidagi fazilatlarga ega bo‘lishi kerak: insoniy g‘oyaviylik, insoniy e’tiqodlilik, vatanga sodiqlik, yangiliklarni sezish va ularni hayotga joriy etishda tashabbuskorlik ko‘rsatish, axloqiy poklik va yosh avlodga meh- ribonlik, oqilona talabchanlik, yuksak madaniy xulq, nafosat, til va dil birligi, ijtimoiy burchni chuqur anglash, har sohada yosh avlodga o‘rnak ko‘rsata bilish. O‘qituvchining jamiyatdagi muallimlik vazifasi ana shu fazilatlarni o‘zida to‘la mujassam bo‘lishini taqozo etadi. Topshiriq: 1. Ikki-uchta kasb-hunarni ta’riflang. 2. Nima uchun shu soha, kasb-hunarni tanladingiz? Sababini izohlang. 3. Tanlagan kasbingiz mavzusida rivoyat yoki hikoya so‘zlab berish. 4. Zamonaviy mutaxassis qanday bo‘lishi kerakligini ta’riflang. GAPDA SO‘Z TARTIBI VA GAP BO‘LAKLARINING TUSHIB QOLISHI Biz fikrimizni bayon qilish chog‘imizda zarur so‘zlarni tanlash bilan birga, ularni muayyan tartibda joylaymiz, chunki so‘zlovchilarning ongida gap bo‘laklarining tartibi bo‘yicha ko‘nikma mavjud bo‘ladi. Unga ko‘ra kesim gapning eng oxirida; to‘ldiruvchi to‘ldirilmishdan, hol esa hollan- mishdan oldin, ega ko‘pincha gap boshida, aniqlovchi aniqlanmishdan oldin keladi. Bunday tartib so‘zlashuv va ilmiy uslublarga xosdir. Badiiy va qisman publitsistik uslubda esa gap bo‘laklari tartibi o‘zgarishiga yo‘l qo‘yiladi. Gap bo‘laklarining buzilishi esa inversiya deb ataladi. Inversiya badiiylik, ifodalilik, ta’sirchanlilikni ta’minlash maqsadida qo‘llanadi. Biror bo‘lagi yashiringan gaplar to‘liqsiz gaplar deyiladi: Rahimjon: Ikkovi bir olmaning ikki pallasi! Odilov: Qo‘ziyev-chi? (A.Qahhor). Bu o‘rinda Odilovning gapi to‘liqsiz gapdir, unda faqat ega ifodalanib, boshqa bo‘laklar tushirilgan. Ba’zan gap bo‘laklari butunlay tushib qolib, gap bo‘laklari bilan gram- matik jihatdan aloqaga kirmagan so‘zlarning o‘zi to‘liqsiz gapni tashkil etishi mumkin. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling