101
100
shifoxonalar barpo etish, ariqlar qazdirib qaqrab yotgan yerlarga suv
chiqarish, o‘tmishning qimmatbaho yodgorliklarini vayrongarchilikdan asrab
qolish, olim va shoirlarni qo‘llab-quvvatlashga intilardi. Bularning hammasi
muttasil nazorat qilib turish, sabot, matonat bilan mehnat qilib, katta
mablag‘lar sarflashni talab etardi.
2-mashq. So‘z birikmalarini aniqlab, tuzilishi jihatidan turini ayting.
Uzoq-uzoqlarda gulxanlar tovlanadi. Hamma yoq jimjit. Bu jimlikni
uzoq-uzoqlarda hurigan qo‘riqchi itlarning ovozigina buzmoqda. U kechqurun
va kechasi bo‘lgan hamma gaplarni fikran qaytardi. Beruniy bilan suhbatini
ataylab sekin, to‘xtab-to‘xtab takrorladi. Har bir so‘z o‘z ma’nosidan ko‘ra
ko‘p daraja ahamiyatli tuyuldi. Hech kim hech qachon Husayn bilan bunday
gaplashmagandi. Unga xuddi mana shu kerak edi.
Uyga vazifa. Siz qanday rekordlarni bilasiz? Matn shaklida bayon qi-
ling va matndan sintaktik aloqa turlarini aniqlang.
KAS HFIYO TLAR OLAM IDA
(Grammatik ma’noni hosil qiluvchi vositalar)
Reja:
1. O‘zingizni qiziqtirgan hayvonlar haqida kichik hikoya tuzish.
2. Grammatik ma’noni hosil qiluvchi vositalar haqida ma’lumot berish.
3. Mavzu yuzasidan mashq va topshiriqlar ustida ishlash.
Do'stlaringiz bilan baham: