Sh. Yuldasheva, D. Kabulova, M. Sobirova
D I A L O G Modalar uyida
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Rqd8TfcxKXb1gtoMjR30nMBxAHsRaQlctUDE99D4
D I A L O G
Modalar uyida — Xizmat? — Bitta kostumga qancha mato kerak bo‘ladi? — Bitta kostumga ikki metr mato kerak bo‘ladi? — Tikish haqi qancha bo‘ladi? — Narxnoma bo‘yicha 40000 so‘m bo‘ladi. — Kostumni necha kunda tikasiz? — 5 kunda tikamiz. Topshiriq: Yuqoridagidek dialog tuzing. Bu qiziq Uzoq umr ko‘ruvchilar oroli Ma’lum bo‘lishicha, Filippin dengizidagi Yaponiyga darashli Okinava orolida 100 yoshni qoralagan qariyb 500 nafar qariya yashaydi. Ta’kidlash joiz, bu nisbat, ya’ni 100 ming kishiga 35 nafar uzoq umr ko‘ruvchining to‘g‘ri kelishi dunyodagi eng yuqori ko‘rsatkichdir. Eng muhimi, orolning yoshi ulug‘lari bir asr umr ko‘rgan bolsalar-da, o‘zlarini ancha yosh his qiladilar. Zero, bu yerga tashrif buyurgan kishi orolning har yerida 100 dan oshgan, biroq nafaqaga chiqishni xayoliga ham keltirmaydigan, motoroller yoki velosipedni dadil boshqarib borayotgan, yugurish, sharq yakkakurash- lari yoki raqs to‘garaklariga qatnab yurgan, shuningdek, tomorqada ishla- yotgan bobolar-u momolarga ko‘zi tushadi. Yaqinda okinavalik 96 yashar Saykichi Uxara o‘ziga xos boks bellashuvida mamlakat chempioni, 30 yoshli bokschini mag‘lubiyatga uchratganiga nima deysiz? Taxminlarga ko‘ra, mahalliy aholining bu darajada umr ko‘rishiga orolning kalsiy ionlariga boy buloq suvlari yordam bermoqda. Bundan tashqari, olimlar, qariyalar bunday natijalarga sog‘lom turmush tarzi, xusu- san, ovqatlanish va jismoniy yuklamalarni to‘g‘ri taqsimlash qoidalariga rioya qilishlari tufayli erishayotganlarini ta’kidlamoqdalar. “ XXI asr” gazetasi Uyga topshiriq. Nazariy ma’lumotni o‘qing va “Maishiy xizmat ko‘r- satish” mavzusida matn tayyorlab keling. 89 88 Iboralar ko‘chma ma’no ifodalaydi va ta’sirchanlikka, obrazlilikka ega bo‘ladi. Iboralar gap tarkibida yaxlit ko‘rinishda bitta so‘roqqa javob bo‘ladi va bitta gap bo‘lagi vazifasini bajaradi. Ayrim iboralar tarkibini o‘zgartirish mumkin: ko‘zi tushdi – ko‘zi menga tushdi; burni ko‘tarilgan – burni ko‘tarilib ketibdi. Iboralar ko‘proq so‘zlashuv va badiiy uslubda ishlatiladi. Frazeologizmlar badiiy adabiyotda obrazli va ta’sirchan vosita sifatida ko‘p qo‘llaniladi. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling