Sh. Ziyamuxamedova, G. Gulyamova yuristning yozma nutqi
-§. YURIDIK MATNDA QO‘SHMA GAP
Download 2.82 Kb. Pdf ko'rish
|
yuristning yozma nutqi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat uchun mashqlar 1-mashq.
10-§. YURIDIK MATNDA QO‘SHMA GAP
TUZISH TALABLARI Matnlar, birinchi navbatda, ularning ta’limiy-tarbiyaviy ahamiyati va tematik rang-barangligiga e’tibor beriladi. Ular turli badiiy asarlar, publitsistik, ilmiy va ilmiy-ommabop materiallardan tanlab olinadi hamda uning mazmuni, kompozitsiyasi va tili obrazli, tushunarli bo‘lishi, o‘quvchi bilim darajasiga mos bo‘lishi, dolzarbligi hisobga olinadi. Yuridik matn esa, asosan, rasmiy uslubdagi materiallardan olinadi. Yuridik matn ham rivoya, ham tasvir, ham dialog xarakterida bo‘lishi mumkin, ya’ni tabiat manzarasi, portret tasviri, ma’lum bir sujet, mehnat jarayoni ifodasi bo‘lishi ham maqsadga muvofiqdir. Yuridik matn tuzishni o‘rganishda yozma nutqni o‘stirish bilan birga matnning g‘oyaviy-siyosiy, ta’limiy-tarbiyaviy tomoniga jiddiy ahamiyat beriladi. Yuridik matning tili iloji boricha sodda, aniq, ravon, tushunarli bo‘lishi bilan ajralib turishi kerak. Murakkab va aralash qo‘shma gaplarni yuridik matnda ko‘p qo‘llash ommaning tushunishini qiyinlashtiradi, mazmun g‘alizligiga olib keladi. Bunday gaplardan, ayniqsa, qonun hujjatlarini yozishda kamroq foydalanish kerak. 47 Nazorat uchun mashqlar 1-mashq. Quyidagi gaplardan sodda gaplarni hosil qiling. 1. Elektron tartibda sud va ijro ishini yuritishning takomillashtirilishi sud faoliyatining samaradorligiga, shuningdek, «Elektron hukumat to‘g‘risida»gi Qonunni amalga oshirish doirasida mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning zamonaviy bosqich talablariga to‘liq asoslangan odil sudlovning jamoatchilik uchun ochiqligi, shaffofligi va erkinligi kabi demokratik prinsiplarini hayotga izchil tatbiq etishga xizmat qiladi («Inson va qonun» 14.03.2017 №11) 2. Xalq deputatlari viloyat Kengashi doimiy komissiyalarining raislari, huquq- tartibot organlari, moliya muassasalari, boshqa davlat va jamoat tahkilotlari vakillari ishtirok etgan yig‘ilishda ta’kidlanganidek, mamlakat iqtisodiyotida kichik biznes hamda xususiy tadbirkorlik subyektlari ulushi ortib borayotgan hozirgi vaqtda aholini tadbirkorlikka jalb qilish, kasb-hunar kolleji bitiruvchilari biznes loyihalarini moliyalashtirish banklar oldiga muayyan vazifalarni qo‘ymoqda («Xalq so‘zi», 14.03.2017, №51). Download 2.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling