Sh. Ziyamuxamedova, G. Gulyamova yuristning yozma nutqi


-§. YURIDIK MATNDA QO‘SHMA GAP


Download 2.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet26/68
Sana31.01.2024
Hajmi2.82 Kb.
#1832280
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   68
Bog'liq
yuristning yozma nutqi

10-§. YURIDIK MATNDA QO‘SHMA GAP
TUZISH TALABLARI
Matnlar, birinchi navbatda, ularning ta’limiy-tarbiyaviy 
ahamiyati va tematik rang-barangligiga e’tibor beriladi. Ular turli 
badiiy asarlar, publitsistik, ilmiy va ilmiy-ommabop materiallardan 
tanlab olinadi hamda uning mazmuni, kompozitsiyasi va tili 
obrazli, tushunarli bo‘lishi, o‘quvchi bilim darajasiga mos 
bo‘lishi, dolzarbligi hisobga olinadi. Yuridik matn esa, asosan, 
rasmiy uslubdagi materiallardan olinadi. Yuridik matn ham 
rivoya, ham tasvir, ham dialog xarakterida bo‘lishi mumkin, 
ya’ni tabiat manzarasi, portret tasviri, ma’lum bir sujet, mehnat 
jarayoni ifodasi bo‘lishi ham maqsadga muvofiqdir. Yuridik matn 
tuzishni o‘rganishda yozma nutqni o‘stirish bilan birga matnning 
g‘oyaviy-siyosiy, ta’limiy-tarbiyaviy tomoniga jiddiy ahamiyat 
beriladi.
Yuridik matning tili iloji boricha sodda, aniq, ravon, tushunarli 
bo‘lishi bilan ajralib turishi kerak. Murakkab va aralash 
qo‘shma gaplarni yuridik matnda ko‘p qo‘llash ommaning 
tushunishini qiyinlashtiradi, mazmun g‘alizligiga olib keladi. 
Bunday gaplardan, ayniqsa, qonun hujjatlarini yozishda kamroq 
foydalanish kerak.


47
Nazorat uchun mashqlar
1-mashq. Quyidagi gaplardan sodda gaplarni hosil qiling.
1. Elektron tartibda sud va ijro ishini yuritishning 
takomillashtirilishi sud faoliyatining samaradorligiga, shuningdek, 
«Elektron hukumat to‘g‘risida»gi Qonunni amalga oshirish 
doirasida mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning 
zamonaviy bosqich talablariga to‘liq asoslangan odil sudlovning 
jamoatchilik uchun ochiqligi, shaffofligi va erkinligi kabi 
demokratik prinsiplarini hayotga izchil tatbiq etishga xizmat 
qiladi («Inson va qonun» 14.03.2017 №11) 2. Xalq deputatlari 
viloyat Kengashi doimiy komissiyalarining raislari, huquq-
tartibot organlari, moliya muassasalari, boshqa davlat va jamoat 
tahkilotlari vakillari ishtirok etgan yig‘ilishda ta’kidlanganidek, 
mamlakat iqtisodiyotida kichik biznes hamda xususiy tadbirkorlik 
subyektlari ulushi ortib borayotgan hozirgi vaqtda aholini 
tadbirkorlikka jalb qilish, kasb-hunar kolleji bitiruvchilari biznes 
loyihalarini moliyalashtirish banklar oldiga muayyan vazifalarni 
qo‘ymoqda («Xalq so‘zi», 14.03.2017, №51).

Download 2.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling