Sh. Ziyamuxamedova, G. Gulyamova yuristning yozma nutqi


Rasmiy xabarlar, yozishma va hujjatlar nutqi


Download 2.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet34/68
Sana31.01.2024
Hajmi2.82 Kb.
#1832280
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   68
Bog'liq
yuristning yozma nutqi

Rasmiy xabarlar, yozishma va hujjatlar nutqi
Nutqning bu turi asosan yozma shaklda mavjud bo‘lib, adabiy 
tilning qonun-qoidalariga qat’iy rioya qiladi. Turli farmonlar, 
buyruqlar, rasmiy xabarlar, hujjatlar, kodekslar, sud yozishmalari, 
majlislarning qarorlari, ko‘rsatmalar, arizalar va ma’lumotnomalar 
rasmiy nutqning ko‘rinishlaridir. Rasmiy nutq nihoyatda aniq-
ravshan bo‘lishi, nutqni bezovchi vositalardan, obrazlilikdan 
xoli bo‘lishi talab qilinadi. Chunki emotsionallik, ta’sirchanlik 
(ekspressivlik) vositalari rasmiy nutqni ko‘zlangan maqsadga 
muvofiq tushunishni qiyinlashtiradi, diqqatni chalg‘itadi. 
Kompozitsion jihatdan rasmiy nutq sharoit bayonidan boshlanib, 
unga bog‘liq holda voqeani yoki maqsadni bayon qilish bilan 
tugaydi. Oxirida rasmiy xabar, hujjat yoki ko‘rsatma… uning 
muallifi, yozilgan sanasi ko‘rsatiladi (tegishli hujjatlarda imzo 
ham qo‘yilib, muhr bilan tasdiqlanadi).


60
Rasmiy nutqning ko‘rinishlari ham o‘zaro bir-biridan biroz 
farqlanadi. Rasmiy xabarlarda faqat voqealar bayoni beriladi va 
ijrochi shaxslar nom-banom sanaladi.
Rasmiy nutqning boshqa bir ko‘rinishi rasmiy yozishmalar – 
so‘rovga, talabnomaga javob, hisobot, ma’lumotlar bo‘lib, 
ularda talab qilinayotgan, so‘ralayotgan masalalar, o‘tkazilgan 
tekshirish natijalari bo‘yicha ma’lumot beriladi, o‘rni bilan ayrim 
chekinishlar, tafsilotlar berilishi mumkin. Masalan:
Mustaqillik davrida o‘zbek xalqining, shu jumladan, 
respublikamiz boshqa millat fuqarolarining ham savodliligini 
oshirish, demokratik munosabatlar, fuqarolar erkinligini 
kengaytirish va mustahkamlash bo‘yicha bir qator tadbirlar 
o‘tkazilmoqda, har xil ish turlari qo‘llanmoqda. Shulardan biri 
yuridik maslahatni faollashtirish bo‘lib, u odatda fuqaroning 
matbuot sahifalarida va televideniye ekrani, radioeshittirish 
kanallari orqali savol hamda unga javob tarzida olib boriladi. 
Masalan: «Savol: Sog‘lig‘imga yetkazilgan zararni to‘layotgan 
yuridik shaxs bankrot deb e’lon qilinib, tugatildi. Endi menga 
zararning qolgan qismi qoplanmaydimi?
B. G‘oziyev, Qashqadaryo viloyati.
J a v o b : Yuridik shaxs tugatilgan taqdirda, tegishli to‘lovlar 
jabrlanuvchiga to‘lash uchun kapitallashtiriladi, ya’ni belgilangan 
tartibda oldindan jamlantiriladi.
Tugatilayotgan yuridik shaxsning mol-mulki yoki yetarli 
emasligi sababli buning iloji bo‘lmagan hollarda, belgilangan 
summalar jabrlanuvchiga davlat tomonidan belgilangan tartibda 
to‘lanadi (FKning 1015-moddasi).
Zararning endilikda to‘lanishi masalasida siz ijtimoiy ta’minot 
va moliya idorasiga murojaat etishingiz lozim».
(«Shifo-info», 2008-yil 1–7-may).


61
Bu xil nutqda savol beruvchining ism-familiyasi to‘la yoki 
ramziy ko‘rsatiladi, javob tayyorlovchi ham matn so‘ngida to‘liq 
ism-familiyasi, lavozimi bilan bildiriladi.
Buyruq va farmonlar, qonunlar, farmoyishlar va qarorlar ham 
rasmiy nutqning ko‘rinishi hisoblanadi.
Rasmiy yozishmalar hujjatlarga xos nutqning til xususiyatlaridan 
ularda ruscha, internatsional so‘zlar va turg‘un so‘z birikmalari 
(«shtamplar») tez-tez uchrab turishini, gapda so‘zlarning 
tartiblanishi, oborotlar, gaplarning, matnlarning tuzilishida rus 
tili qonun-qoidalarining ta’siri yaqqol sezilib turishini ko‘rsatish 
lozim. Ayniqsa, ariza, ma’lumotnoma, bildirishnoma, ishonch 
qog‘ozi, tavsifnoma kabi rasmiy ish qog‘ozlarining yozilishi 
uslubida bu ta’sir ravshan namoyon bo‘ladi. Rus tili va o‘zbek 
tilining sintaktik qurilishi, shunga xos qonun-qoidalari boshqa-
boshqa bo‘lgani sababli, rus tilida silliq, ravon yozilgan ariza 
yoki ma’lumotnomalarning o‘zbek tiliga avtomatik tarzda 
nusxasi ko‘chirilganda, o‘zbek tili qonun-qoidalariga, adabiy til 
me’yorlariga zid tarzda yozilgan ish qog‘ozlari paydo bo‘ladi. 
Masalan, oddiy ma’lumotnomaning yozilishini olaylik:
Rus tilida:
Справка
Дана настоящая справка Расулову Шавкату Усмановичу о 
том, что он действительно проживает в настоящее время по 
адресу: ул. З.Саида, д.№86 и имеет в семье 4-х детей.
Imzo
O‘zbek tilida:
Ma’lumotnoma
Berildi ushbu ma’lumotnoma Rasulov Shavkat Usmonovichga shul 
haqdakim, u haqiqatan ham hozirgi kunda Z. Said ko‘chasi uy 86 da 
istiqomat qiladi va oilasida 4 nafar bolasi bor.


62
Holbuki, o‘zbek tilining gap tuzish me’yorlariga ko‘ra bu 
hujjat shunday yozilishi kerak edi:

Download 2.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling