Sh. Ziyamuxamedova, G. Gulyamova yuristning yozma nutqi


Birhad va ko‘phadni birhadga bo‘lish


Download 2.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet33/68
Sana31.01.2024
Hajmi2.82 Kb.
#1832280
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   68
Bog'liq
yuristning yozma nutqi

Birhad va ko‘phadni birhadga bo‘lish
«Bir nechta ko‘phad va birhadlarni qo‘shish va ayirish
ko‘paytirish va natural ko‘rsatkichli darajaga ko‘tarish natijasida 
yana ko‘phad hosil bo‘lishi oldingi paragraflarda ko‘rsatildi. 
Sanab o‘tilgan bu amallar ichida bo‘lish amali uchramadi. Bo‘lish 
amalini o‘z ichiga olgan ifodalar V bobda batafsil qaraladi. Ba’zan 
bo‘lish natijasida ham ko‘phad hosil bo‘ladi. 
Birhadni birhadga bo‘lish natijasini ko‘paytirish bilan tekshirish 
mumkin: bo‘linuvchi bo‘lishi kerak.
Ko‘phadni birhadga bo‘lish uchun ko‘phadning har bir hadini 
shu birhadga bo‘lish va hosil bo‘lgan natijalarni qo‘shish kerak». 
(Sh. Alimov, O. Xolmuhamedov, M. Mirzaahmedov. Algebra. 
Umumiy ta’lim maktablarining 7-sinfi uchun darslik. – T.: 
«O‘qituvchi», 2005. 90–91-betlar).


58
Mana bu matnni esa kasb-hunar kollejlari o‘quvchilariga 
mo‘ljallangan «Analitik kimyo» darsligidan diqqatingizga havola 
etamiz. Yuqoridagi algebra faniga xos darslik nutqi ixcham va 
aniq yozilgani, fikrni asoslashi va, ayni paytda, nisbatan sodda 
yozilgani bilan ajralib turadi. Bu galgi matnda esa, jiddiy ilmiy 
uslub, ilmni amaliyot bilan bog‘lash va bayon tarzida fikrni 
ifodalash sezilib turadi. Ikkala matnning ilmiy tomoni hozirgi kun 
fan taraqqiyoti bosqichidan kelib chiqqan holda soha atamalariga 
boy:
«Uchinchi gruppa kationlarining o‘rta turlari: xloridlar, 
nitratlar, atsetatlar va fosfatlar suvda erimaydi, lekin kislotalarda 
eriydi. Aluminiy, xrom va temir (III) atsetatlarning eritmalari 
qizdirilganda gidrolizlanadi; bunda tuzlarning cho‘kmasi hosil 
bo‘ladi.
Uchinchi gruppa kationlarining ko‘pchiligi rangliligi bilan 
birinchi va ikkinchi gruppa kationlaridan farq qiladi. Uchinchi 
gruppa kationlarini cho‘ktiruvchi gruppa reagenti ammiak eritmasi 
ishtirokida ammoniy sulfid (NH4)2Sdir. Bu kationlarning sulfidlari 
birinchi va ikkinchi kationlardan farq qilib, suvda erimaydi, 
lekin suyultirilgan kuchli kislotalarda eriydi». (M.Mirkomilova. 
Analitik kimyo. Kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari uchun. – T.: 
«O‘zbekiston», 2005).
Ko‘rinadiki, ilmiy-nazariy nutq qoidalar, ta’riflar, masalaning 
mohiyati, bayoni, jismning belgi-xususiyatlarini quruq qayd 
qilishdan iborat bo‘lib, unda his-tuyg‘ular, obrazlilik ifodalanmaydi. 
Bunday nutq mo‘ljallangan auditoriya ham, o‘quvchilar ham ilm 
ahli bo‘lgani uchun har qanday ortiqcha tafsilot keraksiz bo‘lib 
qoladi. 
Ilmiy nutqning boshqa bir ko‘rinishi – ilmiy-ommabop nutq 
keng omma uchun mo‘ljallanadi va shuni nazarda tutib hamma 
uchun tushunarli, sodda umumxalq tilida yoziladi va o‘qiladi, 
atamalar cheklangan bo‘ladi, tasviriylik, ta’sirchanlikka e’tibor 


59
beriladi. Agar ilmiy-nazariy nutq adabiy til me’yorlariga qat’iy 
rioya qilsa, ilmiy-ommabop nutqda so‘zlashuvga xos til vositalari 
ham qatnashishi mumkin. Masalan:
Madomiki, farzandning irsiyati ota-onanikidan o‘zgacha 
bo‘lmas ekan, mijozi ham ulardan farq qilmaydi, faqat turli 
darajada omuxta bo‘ladi: kimgadir otadan, kimgadir onadan 
ko‘proq o‘tadi yoki ikkovidan barobar meros qoladi. Natijada bir 
odam ikkita mijozli bo‘lishi mumkin; masalan, yarim xafaqon va 
yarim serjahl yoki yarim xafaqon va yarim sovuqqon va hokazo. 
Bir necha avloddan so‘ng bir odamda to‘rtala mijozning xislatlari 
mujassam bo‘lishi mumkin, baribir qaysidir bir mijoz ustunlik 
qilib turadi. Er-u xotin bir xil mijozli bo‘lmagani ma’qul, chunki 
mijozning salbiy tomoni farzandda zo‘rayib ketadi: o‘ta xafaqon, 
o‘ta serjahl, o‘ta yengiltak, o‘ta beg‘am va tepsa tebranmas 
bo‘lishi mumkin. (Qudrat Do‘stmuhammad. Mijoz va taqdir
ilmiy-ommabop risola).

Download 2.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling