Sh. Ziyamuxamedova, G. Gulyamova yuristning yozma nutqi
Download 2.82 Kb. Pdf ko'rish
|
yuristning yozma nutqi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ommabop nutq
Ma’lumotnoma
Bu ma’lumotnoma Rasulov Shavkat Usmonovichga uning haqiqatan ham hozir Z.Said ko‘chasi, 86-uyda yashashi va oilasida 4 farzandi borligini tasdiqlab berildi. Imzo O‘zbek tilining qonun-qoidalarini buzib, unga hurmatsizlik va beparvolik bilan yozilayotgan yuqoridagi kabi ma’lumotnomalar, arizalar, qarorlar va boshqa yozishmalar nutq madaniyatidan bexabarlik oqibatidir. Bu xil yozishmalarda ham fikrning ravshan va tushunarli ifodalanishi uchun ularni to‘g‘ri yozishga amal qilish kerak. Ommabop nutq Ommabop nutq ma’lum davrga xos siyosiy-ijtimoiy voqea- hodisalarga munosabatni, dunyoqarashni ifodalaydi. So‘zlovchi yoki yozuvchi (publitsist) davrning dolzarb masalalari bo‘yicha o‘z qarashlarini, fikrlarini ifodalar ekan, boshqalarni ham shunga ishonishga, o‘z fikriga qo‘shilishga undaydi, da’vat qiladi. Shuning uchun ommabop nutqda chuqur falsafiy mushohada o‘tkir zakovat va baquvvat mantiq bilan uyg‘unlashib ketadi, yuksak pafos, rang- barang his-tuyg‘ular butun nutqqa katta ta’sirchanlik baxsh etadi. Qadimgi grek notiqlari nazarda tutgan yuqori uslubdagi notiqlik, odamlarga bo‘ron, daraxtlarni qo‘porib, uchirib olib ketganidek kuchli ta’sir qiladigan, ularni yuksak ideallar va maqsadlar sari yo‘naltiradigan nutq mana shu publitsistik nutqdir. Bu nutq bir yoki sanoqli bir necha shaxsga emas, jamoatchilikka, ommaga qaratiladi. Ommabop nutqda emotsionallik va ekspressivlikning boy ohangdorligi, gap bo‘laklarining takrori, matnni tuzishda 63 gaplarni savol-javob tarzida joylashtirish, sinonimika kabi nutq tuzish vositalaridan o‘tkirlik bilan foydalaniladi, mantiq, fikrlarni asoslash kuchli bo‘ladi. Ommabop nutqning ham turli ko‘rinishlari bor: rasmiy ommabop, siyosiy-ijtimoiy ommabop, ilmiy ommabop va badiiy ommabop kabi. Rasmiy yozishmalar, ishqog‘ozlar bilan birga ommabop nutqning barcha ko‘rinishlari yagona adabiy til qonun-qoidalariga qat’iy rioya qilishi, aniq va ravshanlik, gap tuzilmalarida ham bosh bo‘laklarning o‘z joyida turishiga e’tibor berish (inversiya, takror, tugallanmagan gap andozalaridan qochish), qaydlov kabi xususiyatlar ko‘rinib turadi va shuning uchun ko‘pincha rasmiy va ommabop nutq bir uslubga birlashtirilib, rasmiy-ommabop nutq deb yuritiladi. Lekin ommabop nutqning siyosiy-ijtimoiy hamda badiiy ko‘rinishlari ajralib turuvchi xususiyatlarga ega: siyosiy-ijtimoiy nutq zamonning, davrning eng dolzarb, muhim va yechimi ommaning, xalqning kundalik va ertangi hayoti bilan bog‘lanadigan muammolarini o‘quvchi e’tiboriga havola qiladi hamda shu qo‘yilayotgan masalani yoritishda muallif nuqtayi nazarini, uning ommaga murojaatini, uni ishontirgan holda shu masalani birga yechishga da’vatini ifodalaydi. Hozirgi matbuotimiz sahifalarida bunday nutq namunalari ko‘plab uchraydi, shulardan ikkita misol keltiramiz. Ularning ikkovida ham o‘z yurti, yurt ahli manfaatlari uchun qayg‘urish namoyon: Download 2.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling