Sh. Ziyamuxamedova, G. Gulyamova yuristning yozma nutqi


Download 2.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet22/68
Sana31.01.2024
Hajmi2.82 Kb.
#1832280
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   68
Bog'liq
yuristning yozma nutqi

Nazorat uchun mashqlar
1-mashq. Quyidagi ko‘chirma gaplardagi tinish belgilarini qo‘yib 
chiqing. 
O bolam dedi kampir jiyanim ishga yaramaydi. 2. Voy 
Xayriniso opa kelin qildingizmi dedi Tojixon. 3. Kampir yerga 
qaradi va sekin Abdumajid keldi dedi. 4. Ana xolos dedi Ortiqjon 
to‘lmas ekan-da. 5. Hadyaxon Imtihonlarni topshirib bo‘ldim 
dedi. 5. Xo‘sh shundan keyin nima bo‘ldi dedi Asqar ota (A.Q.). 
6. Uzoq jimlikdan so‘ng Roziya men ketaman dedi (P.Q.). 7. Qani 


40
tez bo‘l darsga kech qolasan dedilar oyim. 8. Zap kelibsan-da 
oshna dedi Abdukarim o‘zgarmabsan (S.A.).
Abdulla Qahhorning «O‘g‘ri» hikoyasidan olingan quyidagi 
dialogni o‘zlashtirma gaplarga aylantirib yozing.
– Ha, sigir yo‘qoldimi?
– Yo‘q... sigir emas... ho‘kiz... ola ho‘kiz edi...
– Ho‘kizmi?... Ho‘kiz ekan-da. Hmm... Ola ho‘kiz? Tavba.
– Bor-yo‘g‘im bitta ho‘kiz edi...
Amin kuldi.
– Yo‘qolmasdan ilgari bormidi? Qanaqa ho‘kiz edi?
– Ola ho‘kiz...
– Yaxshi ho‘kizmidi? Yo yomon ho‘kizmidi?
– Qo‘sh mahali...
– Yaxshi ho‘kiz birov yetaklasa keta beradimi?
– Bisotimda hech narsa yo‘q...
– O‘zi qaytib kelmasmikan?... Birov olib ketsa, qaytib kela 
ber, deb qo‘yilmagan ekan-da. Nega yig‘lanadi, a? Yig‘lanmasin.
Qobil bobo yerga qarab tek qoldi.
– Qidirtirsakmikan-a? – dedi amin, suyunchisi nima bo‘ladi? 
Suyunchidan chashna olib kelinmadimi?...
– Kam bo‘lmang, – dedi u pulni uzatib, – yana xizmatingizdaman.
– Men beto‘xtov pristavga xabar qilaman. O‘zi chaqirtiradi.
Bir hafta o‘tdi... Sakkizinchi kuni Qobl bobo yana aminning 
oldiga bordi. Aminning tepa sochi tikka bo‘ldi.
– Ha, ho‘kizni uylariga eltib berilsinmi?! Axir borilsin. Arz 
qilinsin-da! Fuqaroning arzga borishi arbobning izzati bo‘ladi!

Download 2.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling