Sh. Ziyamuxamedova, G. Gulyamova yuristning yozma nutqi


Download 2.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet20/68
Sana31.01.2024
Hajmi2.82 Kb.
#1832280
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   68
Bog'liq
yuristning yozma nutqi

Vergul
T/r
Ishlatilishi
O‘rni
Misollar
1. Bog‘lovchi vositalar 
bilan birikmagan 
uyushiq bo‘lakli 
gaplarda
Uyushib kelgan so‘zlar 
orasida
Nodira atirgul, 
lola, binafshani 
yoqtiradi.
2. Undalmali gaplarda
Undalmadan keyin
Salim, 
kitobingni berib 
tur.
3. Kiritmalar ishtirok 
etgan gaplarda
Kiritmalar gap boshida 
kelganda, ulardan 
keyin, gap o‘rtasida 
ikki tomonidan, 
kiritmalardan oldin gap 
oxirida kelganda
Ko‘nglingizga 
kelmasin-ku, 
izvoshiga 
eshak qo‘shib 
bo‘lmaydi.
4. Undov so‘zli gaplarda Undov so‘z gap boshida 
kelsa, undan keyin, gap 
o‘rtasida kelsa, ikki 
tomonidan, gap oxirida 
undov so‘zdan oldin. 
Agar undov so‘zdan 
keyin undalma bo‘lsa, 
vergul faqat undalmadan 
keyin qo‘yiladi.
Baribir 
kechikdim, eh!
5. Takrorlangan so‘zlar 
ishtirok etgan 
gaplarda
Takrorlangan so‘zlar 
orasida
Bas, bas, yetar!


36
6. Ajratilgan bo‘lakli 
gaplarda
Gap boshida kelsa, 
ajratilgan gapdan keyin, 
gap o‘rtasida ikki 
tomonidan, gap oxirida 
kelsa, undan oldin
Ustaning 
shogirdi, o‘n 
to‘rt yashar 
Yo‘ldosh, deraza 
oldida o‘tirar 
edi.
7. Qo‘shma gaplarda 
(biriktiruv bog‘lovchili 
bog‘langan qo‘shma 
gaplardan tashqari)
Qo‘shma gap qismlari 
orasida
Nigora o‘qidi, 
lekin yozmadi.
8. Ko‘chirma gapli 
qo‘shma gaplarda
Muallif gapining 
o‘rtasida undan oldin 
kelgan, oxirida so‘roq, 
undov, ko‘pnuqta 
bo‘lmagan ko‘chirma 
gaplardan keyin. 
Ko‘chirma gapning 
o‘rtasida kelgan muallif 
gapidan keyin.
To‘g‘ri, 
qoloqdan 
cho‘loq yaxshi, 
– dedi qovog‘ini 
solib Dilshod. 
9. Takror bog‘lovchilar 
yordamida birikkan 
uyushiq bo‘lakli va 
bog‘langan qo‘shma 
gaplarda
Takror bog‘lovchilarning 
ikkinchi va undan 
keyingi qismlaridan 
oldin
Tog‘lar goh 
chap tomonda, 
goh o‘ng 
tomonda paydo 
bo‘lib qoladi.
Nazorat uchun mashqlar
1-mashq. Quyidagi gaplarning oxiriga ishoraviy belgi qay birida 
noto‘g‘ri qo‘yilgan?
Soatingizga qarang-chi? 2. Maysalar oftobda yashnaydi! 3. Biz 
zavodda oilaviy mehnat qilamiz… 4. Rais nima uchun o‘g‘liga 
hech narsa demaydi. 5. Eh, bu vodiy naqadar go‘zal! 6. To‘lin oy 
chiqdi. 7. Hammamiz qarsak chalib yubordik!


37
2-mashq. Gaplardagi kirish so‘zlarni to‘g‘ri ajrating.
Xullas mansabdan tushsangiz ham, xalqning nazaridan 
tushmabsiz. 2. Zero o‘z elining ramzi bo‘lib qolish faqat 
buyuk odamlargagina nasib etadi. 3. Ha haqiqatan ham ular 
zamonamizning ajoyib insonlaridir. 4. Menda ayniqsa Navoiy, 
Fuzuliy kabi mumtoz shoirlarning ijodlari katta taassurot qoldiradi. 
5. Demak to‘g‘rilik, halollik insonni kamolot sari yetaklaydi. 6. 
Darhaqiqat so‘z – insoniyat uchun bebaho xazina. 7. Umuman 
olganda, bu joy orombaxsh, xushhavo bir manzil ekan. 8. Shunday 
qilib Berta Davidova «Munojot»ning birinchi ijrochisi bo‘lib 
qoldilar. 9. U yoki bu xonandaning xalqqa tanilishida mazkur 
qo‘shiqning xizmati bor albatta.
3-mashq. Quyidagi gaplarning tinish belgilarini o‘rniga qo‘yib 
ko‘chiring.
Uning Xolbek degan do‘sti chekkasida danakday xoli bor 
bola bir kun Avazni bopladi. 2. Soyda yong‘oq tagida bolalar 
to‘plandilar. 3. Qishloqdan bir qir narida behisob qizg‘aldoqlar 
dalani qizartirib turgan joyda Hulkar o‘t o‘rardi. 4. Hademay bahor 
ham tugaydi, yozning issiq kunlari boshlandi. 5. Xushmuomalalik 
barchaning ko‘nglini ko‘taradi vaqtini xush dimog‘ini chog‘ 
qiladi. 6. Shirinsuxanlikda karomat katta u mo‘jizalar yaratish 
qudratiga ega. 7. Oyi oyi chaqiringlar oyimni. 8. Axir do‘kon 
tarixida bunaqa bo‘lmagan. 

Download 2.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling