Sh. Ziyamuxamedova, G. Gulyamova yuristning yozma nutqi


Download 2.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet19/68
Sana31.01.2024
Hajmi2.82 Kb.
#1832280
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   68
Bog'liq
yuristning yozma nutqi

Nazorat uchun mashqlar
1-mashq. Mаqоllаrni o‘qing vа ulаrning mа’nоsini izоhlаb bеring.
Eldа yurgаn – el tаnir
Qirdа yurgаn yеr tаnir.
Xаlqqа suyansаng – bo‘lаsаn, xаlqdаn chiqsаng – so‘lаsаn.
El bilаn bo‘lgаn – yutаr, eldаn аjrаgаn – nеtаr?!
Elgа bоqqаn – yеrgа bоqmаs,
Ko‘kkа bоqqаn – elgа yoqmаs.
Intilgаn elgа yoqаr.
Eldаn аyrilgunchа, jоndаn аyril!
El kuyungаndа kuyungаn bоtir –
El suyungаndа suyungаn bоtir.
Bеl bоg‘lаgil bеlinggа, xizmаt qilgil elinggа.


34
2 mashq. Sаvоllаrgа jаvоb bеring.
1. «El e’zоzigа qаndаy insоnlаr sаzоvоr bo‘lishi mumkin? 
El e’zоzlаgаn kishilаrning qаysi xislаtlаri o‘zbеk xаlqi uchun 
nаmunа bo‘lishi mumkin?
2. Insоn qаdr-qimmаt, e’tibоr vа hurmаt, izzаtgа sаzоvоr 
bo‘lishi uchun hаyotini qаndаy o‘tkаzishi lоzim?
3. «El nаzаridаn qоlmа» dеgаn ibоrаgа qаndаy qаrаysiz?
4. Mutаxаssisligingizgа оid bo‘lgаn el e’zоzlаgаn insоnlаrdаn 
kimlаrni bilаsiz vа bundаy shаrаfgа erishishdа ulаrning xizmаti 
nimаdа dеb o‘ylаysiz?
5. Bu kishilаrning nоmlаrini mаngu qоldirish bоrаsidа qаndаy 
ishlаr qilingаn?
6. «Elim dеb, yurtim dеb yonib yashаsh kеrаk» dеgаn g‘оyani 
siz qаndаy izоhlаysiz?
III bo‘lim.
PUNKTUATSION ME’YORLAR
7-§. O‘ZBEK TILINING PUNKTUATSION ME’YORLARI
Yozuv madaniyatini shakllantirish va takomillashtirishda 
punktuatsiyaning – tinish belgilarining alohida ahamiyati bor. 
Tinish belgilari yozuvning boshqa vositalari hamda til birliklari 
bilan ko‘rsatish mumkin bo‘lmagan turlicha fikriy munosabatlarni, 
psixologik va intonatsion holatlarni ifodalashda muhim ahamiyatga 
ega. Punktuatsiya tilning sintaktik qurilishi bilan uzviy bog‘liq 
bo‘lib, yozma nutqni to‘g‘ri, ifodali, aniq bayon qilishda, uning 
uslubiy ravonligini, tez tushunilishini ta’minlashda benihoya 
zaruriy vositadir1.
Tinish belgilari qo‘llanish usuliga ko‘ra ikki xil bo‘ladi:
1
O‘zbek tili punktuatsiyasining asosiy qoidalari. – T.: «O‘zbekiston», 
2015, 4-b.


35
1. Gap oxirida qo‘llanadigan tinish belgilari – nuqta, so‘roq va 
undov belgilari, ko‘pnuqta;
2. Gap ichida qo‘llanadigan tinish belgilari – vergul, nuqtali 
vergul, tire, ikki nuqta, qavs, qo‘shtirnoq.

Download 2.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling