Sh. Ziyamuxamedova, G. Gulyamova yuristning yozma nutqi


Download 2.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet17/68
Sana31.01.2024
Hajmi2.82 Kb.
#1832280
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   68
Bog'liq
yuristning yozma nutqi

T/r
Ishlatilish o‘rni
Misollar
1. Bo‘g‘in ko‘chirishda
To‘q-son, ko‘-ngil, va’-da
2. Juft va takroriy so‘zlar 
orasida
El-yurt, baland-baland, bordi-
keldi
3. -a(ya), -chi, -u(yu), -ku, 
-da yuklamalaridan oldin
Sen-a, ko‘r-chi, kecha-yu 
kunduz, bor-ku, yaxshi-da
4. Bilan, uchun 
ko‘makchilarining 
qisqargan shakllarini (-la, 
-chun) ajratish uchun
Sen-la, uning-chun, yor-la 
bo‘lmoq, Vatan-chun xizmat 
qilmoq
5. Arab tiliga xos tarkibli 
nomlarni yozishda
«Hayrat ul-abror», «Ravzat 
us-safo», «Mantiq ut-tayr»
6. Tartib sonlardan (faqat 
arab raqami) keyin 
–(i)nchi qo‘shimchasi 
o‘rnida
2017-yil 27-yanvar, 1-bob, 
42-modda, 9-sinf, 102-band
Ajratib yozish
Quyidagi tuzilishdagi qo‘shma so‘zlar ajratib yoziladi:
Birinchi qismi sifat, ikkinchisi atoqli ot bo‘lgan geografik 
nomlar:
O‘rta Osiyo, Yuqori Chirchiq, Sharqiy Yevropa;
– Qo‘shma fe’lning qismlari ajratib yoziladi: borib kelmoq, 
aytib bermoq, degan edi;
– Qo‘shma ravishlar ajratib yoziladi: har qachon, hech kim
hamma vaqt;
– O‘zaro -dan qo‘shimchasi bilan bog‘langan takror so‘zli 
birikmalar: yildan yilga, yangidan yangi, kamdan kam kabi.


31
Nazorat uchun mashqlar
1-mashq. Quyidagi so‘zlar yoniga mos so‘zlar qo‘yib, juft so‘zlar 
yasang.
Katta-…, mo‘l-…, nari-…, nom-…, dori-…, zeb-…, aytdi-…, 
chora-…, mehr-…, nasl-…, ilm-…, noz-…, ozmi-…, yo‘l-
…, bilar-…, bor-…, ust-…, bosh-…, ahd-…, yalt-…, el-…, 
achchiq-… .
2-mashq. Quyidagi gaplardagi ajratib yozilgan qo‘shma so‘zlarning 
yozilishiga e’tibor qarating. 
Har qanday reklama matnining yaratilishida u yoki bu 
tovush, so‘z, gap+tasvir yordamida xaridor diqqatini torta bilish, 
matnning originalligi, mantiqiyligi, sarlavhaning ifoda tarziga 
e’tibor qaratiladi. 2. Kichik Osiyo xalqlari qadimdan chorvachilik 
bilan shug‘ullanganlar. 3. O‘rta Osiyo madaniyati tarixida ham 
notiqlik san’ati o‘ziga xos mavqega egadir. 4. Yildan yilga bizning 
hayotimizga axborot-kommunikatsion texnologiyalar jadal kirib 
kelmoqda. 5. G‘arbiy Yevropa asarlarining Sharq xalqlari tillariga 
qilingan son-sanoqsiz tarjimalari yanada chuqurroq o‘rganilishi 
lozim bo‘lgan muhim masala hisoblanadi.

Download 2.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling