Sh. Ziyamuxamedova, G. Gulyamova yuristning yozma nutqi


-§. FONETIK, MORFOLOGIK VA SHAKILY YOZUV


Download 2.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet18/68
Sana31.01.2024
Hajmi2.82 Kb.
#1832280
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   68
Bog'liq
yuristning yozma nutqi

6-§. FONETIK, MORFOLOGIK VA SHAKILY YOZUV 
QOIDALARI
T/r
Yozuv 
qoidalari
Izohi
Misollar
1. Fonetik 
yozuv 
So‘z va uning takibiy 
qismlarini og‘zaki 
nutq qa, talaffuzga mos
ravishda yozish qoi-
dasiga amal qilinadi.
Tandir, cho‘tka, 
shunga, parvoyim, 
avzoyi, terakka, 
ekkuncha, chiqqani


32
2. Morfologik 
yozuv
So‘z va uning tarkibiy 
qismlari (asos va 
qo`shimcha) qanday 
talaffuz qlinishidan 
qat’i nazar, asliga 
muvofiq yozilishi talab 
qilinadi.
Bargga, tog‘ga, 
bo‘yoq, saylov, 
sig‘guncha, 
og‘zaki, ikkovi
3. Shakily 
yozuv
Bu qoidada o‘zlashgan 
so‘zning shakli, o‘sha 
tildagi tovush va grafik 
belgilari saqlanadi.
Mushoira, 
muammo, va’da, 
aeroflot, shtamp, 
sun’iy, zoologiya
Nazorat uchun mashqlar
1-mashq. Quyidagi matndan fonetik, morfologik va shakliy yozuv 
qoidalariga muvofiq yozilgan so‘zlarni toping.
HUQUQ FANLARI TARIXIDAN
Huquq fanlari rivojlanishining dastlabki davri haqida 
gapirganda, Qadimgi Vavilon davlatidagi Xammurapi qonunlari 
to‘g‘risida eslamaslik mumkin emas. Shoh Xammurapi qonunlari 
qadimgi Vavilon huquqining muhim yodgorliklari hisoblanadi. 
Qonunlar matni ustunga o‘yib yozilgan bo‘lib, uning yuqori 
qismida bu qonunlar matnini Xammurapiga topshirayogan 
Quyosh xudosi tasvirlangan. Bunday rasm shoh qonunchiligining 
ilohiy kelib chiqishiga ishora edi.
Shoh Xammurapi tomonidan chiqarilgan ichkilikbozlikka 
qarshi dastlabki qonunlar, ayniqsa, e’tiborga molikdir. Asosiy 
qasrning baland peshtoqiga yozilgan qonunlarning birida bunday 
deyilar edi:


33
«Agar sharob sotuvchi to‘lov sifatida nonning o‘rniga kumush 
olsa yoki xaridorning haqidan urib qolsa, jazolanishi lozim: u 
suvga tashlanishi kerak».
Boshqa bir qonun to‘g‘ridan to‘g‘ri mastlik orqasida sodir 
bo‘ladigan janjallarga qarshi qaratilgan edi. Unda yozilishicha:
«Agar sharob sotuvchi o‘z hujrasida mastlarning janjal 
chiqarishiga ruxsat bersa, ularni tartib saqlash xonasiga olib 
bormasa, u jazolanishi kerak, unga o‘lim jazosi qo‘llanishi 
darkor».
Qasr qo‘riqchilari spirtli ichimliklar sotiladigan binolarga 
borish huquqiga ega emas edilar. Agar qo‘riqchilarni u yerda 
ko‘rib qolsalar, gulxanda yoqar edilar. Hosilni yig‘ishtirish 
paytida, hatto shirin sharob yoki spirtli ichimliklar bilan savdo 
qilish ham qattiq jazoga duchor qilishi mumkin edi.

Download 2.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling