Sh. Ziyamuxamedova, G. Gulyamova yuristning yozma nutqi


-§. TINISH BELGILARINING QO‘LLANILISHI


Download 2.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet21/68
Sana31.01.2024
Hajmi2.82 Kb.
#1832280
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   68
Bog'liq
yuristning yozma nutqi

8-§. TINISH BELGILARINING QO‘LLANILISHI
Ko‘chirma gapli qo‘shma gaplarda tinish belgilarining 
qo‘llanishi
1. Ko‘chirma gaplar alohida abzas ko‘rinishida yangi qatordan 
emas, balki ketma-ket qatorda berilgan bo‘lsa, qo‘shtirnoqqa 
olinadi. Masalan, I. Karimov «Yuksak ma’naviyat – yengilmas 


38
kuch» asarida ta’kidlaganidek: «Insonni, uning ma’naviy olamini 
kashf etadigan yana bir qudratli vosita borki, u ham bo‘lsa, so‘z 
san’ati, abadiy adabiyodir». Ammo, agar ko‘chirma gap alohida 
abzas ko‘rinishida yangi qatordan berilgan bo‘lsa, qo‘shtirnoqqa 
olinmaydi va uning boshlanishi oldidan tire qo‘yiladi:
– Telefon qildilar! Indinga kelyaptilar, samolyotda! – dedi 
Saltanat entikib.
– Qaysi reysda?
– Nima?
– Reysini so‘rayapman, qaysi reys? (O‘. Usmonov. «Girdob»)
2. Agar ko‘chirma gap muallif gapidan keyin kelsa, muallif 
gapidan so‘ng ikki nuqta qo‘yiladi va ko‘chirma gap bosh 
harf bilan boshlanadi; ko‘chirma gap darak mazmunida bo‘lsa, 
nuqta qo‘shtirnoqdan tashqarida, so‘roq mazmunida yoki 
emotsionallikka ega bo‘lganda esa so‘roq yoki undov belgisi
shuningdek, ko‘pnuqta yopiluvchi qo‘shtirnoqdan oldin qo‘yiladi: 
To‘rtinchisi dedi: «Aytganlarimdan ko‘ra, aytmaganlarimni rad 
qilish menga osonroq…» (G‘azzoliy. «Til ofatlari kitobi»).
3. Ko‘chirma gap muallif gapidan oldin kelsa, muallif gapidan 
oldin tire qo‘yiladi; ko‘chirma gap darak mazmunida bo‘lsa, 
qo‘shtirnoqdan keyin vergul qo‘yiladi, so‘roq mazmunida yoki 
emotsionallikka ega bo‘lganda esa so‘roq yoki undov belgisi, 
shuningdek, ko‘pnuqta yopiluvchi qo‘shtirnoqdan oldin qo‘yiladi, 
muallif gapi esa kichik harf bilan boshlanadi: «Barakalla, 
o‘g‘lim!» – dedi Hasanali. (A. Qodiriy. «O‘tkan kunlar»).
4. Muallif gapi ko‘chirma gapning ichida kelganda, muallif 
gapi ikki tomonidan tire bilan ajratiladi; bo‘laklangan ko‘chirma 
gap qismlarining har biri emas, balki yaxlit ko‘chirma gap 
qo‘shtirnoqqa olinadi: «Meni ma’zur tuting, ustod, – dedi 
G‘iyosiddin, – kelayotgan edim, masjidi jomeda Husayn 
Voiz Koshifiy nutq so‘zlayotgan ekan, shunga mahliyo bo‘lib 
qolibman».


39
5. Agar bo‘laklangan ko‘chirma gapning birinchi qismi 
bo‘laklangunga qadar nuqtani taqozo etgan bo‘lsa, ko‘chirma 
gapning ayni uzilgan joyida vergul qo‘yiladi va muallif gapi 
kichik harf bilan boshlanib, undan keyin nuqta qoyiladi; ko‘chirma 
gapning ikkinchi qismi bosh harf bilan boshlanadi: «Yo‘q, savolni 
noto‘g‘ri qo‘ydingiz, – dedi Zargarov. – Bunday: Saltikov ilgari 
o‘lganmi, Shchedrinmi?» (A. Qahhor. «O‘jar»).
6. Agar bo‘laklangan ko‘chirma gapning birinchi qismi 
bo‘laklangunga qadar so‘roq yoki undov belgisini taqozo etgan 
bo‘lsa, ko‘chirma gapning ayni uzilgan joyida so‘roq yoki undov 
belgisi qo‘yiladi va muallif qapi kichik harf bilan boshlanib, 
undan keyin nuqta qo‘yiladi; ko‘chirma gapning ikkinchi qismi 
bosh harf bilan boshlanadi: «Tavba! – deyman. – Bu qanaqasi 
bo‘ldi!» (Sh. Xolmirzayev).
7. Ko‘chirma gap muallif gapining ichida kelganda, u bosh harf 
bilan boshlanib, qo‘shirnoqqa olinadi va uning oldidan ikki nuqta 
qo‘yiladi; ko‘chirma gapdan keyin uning mazmuniga muvofiq 
vergul yoki so‘roq, yoki undov, yoki ko‘pnuqta qo‘yiladi, bu 
belgilardan keyin esa tire qo‘yiladi: Afandining oshnasi undan: 
«Mulla Nasriddin, bola-chaqa ko‘pmi? – deb so‘rabdi. – Bolam 
ko‘p-u, chaqam kamroq, – deb javob beribdi Afandi».

Download 2.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling