Sh. Ziyamuxamedova, G. Gulyamova yuristning yozma nutqi


Asos va qo‘shimchalar imlosi


Download 2.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/68
Sana31.01.2024
Hajmi2.82 Kb.
#1832280
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   68
Bog'liq
yuristning yozma nutqi

Asos va qo‘shimchalar imlosi
Qo‘shimcha ta’sirida o‘zagi o‘zgaradigan so‘zlar


24
Qo‘shimchalar 
Misollar
Tovush 
o‘zgarishi
Turi
Shakli
So‘z 
yasovchi
-la, -a
Ong+-la=angla, son+ 
-a=sana
a>o ga o‘zgaradi
-q, -uq
a) qiyna+-q=qiynoq, 
yumsha+-q=yumshoq;
b) buyur+-uq=buyruq
a) a>o ga 
o‘zgaradi;
b) u tushadi
-v
Maqta+-v=maqtov, sayla+ 
-v=saylov
a>o ga o‘zgaradi
-ki (-qi)
a) shart(a)+-ki=shartaki;
b) sayra+-qi=sayroqi
a) a ortadi;
b) a>o ga 
o‘zgaradi
-ay
Past+-ay=pasay, sust+ 
-ay=susay
t tushadi
Shakl 
yasovchi
-(i)m, -(i)
ng, -i, -(i)
miz, -(i)
ngiz egalik 
qo‘shim-
chalari
a) burun+-i=burni, o‘rin+ 
-ing=o‘rning, singil+ 
-imiz=singlimiz;
b) bilak+-i=bilagi, soliq+ 
-ing=solig‘ing;
d) parvo+-im=parvoyim, 
mavqe+-ing=mavqeying
a) i va u tushadi;
b) k>g ga, q>g‘ 
ga o‘zgaradi;
d) y ortadi
-ov, -ovlon, 
-ala
Olti+-ov=oltov, ikki+ 
-ala=ikkala, yetti+ 
-ovlon=yettovlon
i tushadi 
-ni, -ning, 
-niki
Men+-ni=meni, sen+ 
-ning=sening, men+ 
-niki=meniki 
n tushadi
-ga, -da, 
-dan
U+-ga=unga, bu+ 
-da=bunda
n ortadi
Nazorat uchun mashqlar
1-mashq. Nuqtalar o‘rniga mos unlilarni qo‘yib, gaplarni ko‘chiring.
1. Ishq – bu faqat ishqni chorl...vchi tuyg‘u (D. Aligyeri). 
2. Ald...qchini aldash o‘yinning haqiqiy qoidasidir (Sh. Perro). 


25
3. Insonning o‘ziga qaratilgan aybl...viga har doim ishonishadi
o‘zining maqt...viga hech qachon (Mishel Eykem de Monten). 
4. Ahmoqlik aql uchun qayr...q vazifasini o‘taydi (V. Shekspir).
2-mashq. Nuqtalar o‘rniga mos undoshlarni qo‘yib, gaplarni ko‘chiring.
1.Tila...ingni yashirib, orzularingni ham berkit (P. Kornel). 
2. Nodon do‘stdan xavfliro...i yo‘q, undan ko‘ra aqlli dushman 
yaxshi (Jan de Lafonten). 3. Ayblamoqchi bo‘lgan odamning 
shoshilishga haq...i yo‘q (Jan-Batist Molyer). 4. Faqat zaiflar 
jinoyat sodir etadi: kuchli va baxtli kishilarga uning kera...i yo‘q. 
5. enihoya kichik odamlar benihoya ulkan mag‘rurlik...a egadirlar 
(Fransua-Mari Volter). 6. Tabiat ham, aql ham zo‘ravonlik...a 
qarshi (Jan-Jak Russo). 7. Har qanday aqlsizlikning o‘z manti...i 
bor. 8. O‘yla, o‘zingni o‘zgartirish qanchalik qiyin va o‘sha…
da sening boshqalarni o‘zgartirishing imkoniyatlari qanchalik 
hech nimaga arzimasli...ini tushunasan (Fransua-Mari Volter). 
9. Nuqsonlarimiz ham bizni ko‘p hollarda yaxshilik...a undaydi 
(Mishel Eykem de Monten). 10. Ta’sirchan so‘zning muvaffaqiyati 
gapirayotgan odamning tiliga qaraganda tinglayotgan odamning 
qulo...iga bog‘liqdir. 11. Faqat haqiqiy do‘stgina o‘z do‘stining 
ojizli...iga toqat qila oladi (V. Shekspir).
3-mashq. So‘zlarga egalik qo‘shimchalarini to‘g‘ri qo‘yib, gaplarni 
ko‘chiring. Olmoshlarning to‘g‘ri yozilishiga e’tibor bering. 
1. So‘zlarni to‘g‘ri ishlating, shunda dunyoni tushun-
movchiliklarning yarimdan qutqargan bo‘lasiz (R. Dekart). 
2. Bizni tanlaydigan taqdirimizni tark etish o‘ringa, 
unga 
peshvoz chiqamiz (Jan de Lafonten). 3. Toj kiyganning qiyshiq 
buruni ham to‘g‘ri (Sh. Perro). 4. Sog‘ayishga umid – sog‘likning 
yarimi. 5. Sevgi uni quvgandan qochadi, undan qochganning esa 
bo‘yiniga osiladi.


26

Download 2.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling