Sh. Ziyamuxamedova, G. Gulyamova yuristning yozma nutqi


Download 2.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/68
Sana31.01.2024
Hajmi2.82 Kb.
#1832280
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   68
Bog'liq
yuristning yozma nutqi

Nazorat uchun mashqlar
1-mashq. Qo‘sh undoshlarning yozilishiga e’tiboringizni qarating.
Samarqand, baland, do‘st, go‘sht, to‘rt, artist, poyezd, 
kilogramm, gripp, metall, kilovatt, progress, protsess, kongress
xursand, tuzsiz, ketdi, taxt.
Go‘dakligidan beri bilaman
Afandining qo‘shnisinikida kunlardan bir kun katta xumini 
o‘g‘irlab ketishibdi. Qo‘shni xumni kim o‘g‘irlaganini surishtirib 
bilibdi va aybdorni qoziga sudrabdi. Shu bilan birga, qo‘shni 
Afandini ham guvohlikka borishga ko‘ndiribdi.
Guvohning navbati kelgach, qozi Afandiga murojaat qilibdi:
– Afandi, bu odamning xumini yaxshi bilasizmi?
– Ha, yaxshi bilaman, taqsir, – deb javob beribdi Afandi.
– Qachondan beri bilasiz? – yana so‘rabdi qozi.
– Go‘dakligidan beri bilaman. Xum bir payt tuvak bo‘lgan 
paytlardan beri bilaman. Qo‘shnimning qo‘lida u unib-o‘sib 
voyaga yetdi va xum bo‘ldi, – deb Afandi da’vogarni ko‘rsatibdi.


23
Savol va topshiriqlar:
1. Kulolchilik sohasida (sopoldan ishlangan) xum, xumcha, mo‘ndi, 
tuvak, xurmacha, ko‘vacha, ko‘za, qo‘shquloq so‘zlarining 
ma’nosini farqlab tushuntiring.
2. Afandining qozixonada guvohlik nutqini qanday baholaysiz?
Bosh harflar hamda qisqartmalar imlosi
Nazorat uchun mashqlar
1-mashq. Bosh harflar imlosiga e’tiboringizni qarating.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, O‘zR Prezidenti, 
Imom at-Termiiziy, Senat a’zolari, Markaziy bank, Vazirlar 
Mahkamasi, Pomir tog‘lari, Uchtepa tumani, Hulkar yulduzi, 
«Paxtakor» stadioni, Navro‘z bayrami, «Tanovar» kuyi, Birlashgan 
Millatlar Tashkiloti, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, Bosh vazir 
o‘rinbosari, «O‘zbekiston Qahramoni» unvoni, «Maorif a’lochisi» 
nishoni.
2-mashq. Bosh harflar imlosiga hamda qisqartma otlarning yozilishiga 
e’tiboringizni qarating. Qisqartma otlarni kengaytirib yozing.
BMT, MDH, MXX, SHHT, IIV, TIV, JK, JPK, FK, FPK, 
AQSH, TDYU, ToshFarmI.

Download 2.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling