Sh. Ziyamuxamedova, G. Gulyamova yuristning yozma nutqi


Download 2.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet25/68
Sana31.01.2024
Hajmi2.82 Kb.
#1832280
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   68
Bog'liq
yuristning yozma nutqi

Nazorat uchun mashqlar
1-mashq. Nuqtalar o‘rniga -ning yoki -ni qo‘shimchalaridan mosini 
qo‘yib gaplarni ko‘chiring. Kelishik qo‘shimchasini olgan so‘z qaysi so‘z 
bilan bog‘langanligini aniqlang.
1. U ko‘ylagi… tugmalarini qadadi. 2. Shahar… ikkiga 
bo‘lgan yo‘l katta yo‘l chetiga o‘tdi. 3. Hayot… butun maqsadi 
bolalari… baxtiga qaratilgandir. 4. Institutimiz… binosi chiroyli. 
5. Professor Navoiy merosi… chuqur o‘rgangan. 6. Ko‘p o‘tmay 
Odilov… vazirlikka ishga olishdi. 7. U eshik… zarb bilan 
ochib, xonadan o‘qday otilib chiqdi. 8. Kabina… ikkala oynasi 
ham ochiq, g‘ir-g‘ir shabada yuzga uriladi. 9. Dadasi… bu gapi 
hamisha qulog‘ida. 10. Oradan biror yillar o‘tgach, dadam u… 
chaqirtiribdi.


45
2-mashq. Quyidagi matndan 20 ta so‘z birikmasini daftaringizga 
ko‘chirib yozing.
Konstitutsiya va qonunlarga rioya qilish
«Har qanday davlatning yuzi, obro‘-e’tibori uning 
Konstitutsiyasi hisoblanadi. Zotan, Konstitutsiya
Davlatni davlat, millatni millat sifatida
dunyoga tanitadigan qomusnomadir»
I. Karimov
O‘zbekiston Respublikasi Konstitu 
tsiyasi va qonunlarida 
bajarilishi shart bo‘lgan talablar aniq ko‘rsatilgan. Ushbu 
talablarning o‘z vaqtida, vijdonan bajarilishi, vatan tinchligi, 
millatlar totuvligi, хavfsizligi, osoyishtaligi taraqqiyoti uchun 
g‘oyat zarurdir. Mana shu burchlarning bajarilishi O‘zbekistonda 
qonuniylik va huquqiy tartiblarni ta’minlash imkonini beradi. 
O‘zbekiston hududida yashayotgan har bir fuqaro tomonidan 
Konstitutsiya va qonunlarda belgilangan burchlarining bajarilishi 
vatanimizning istiqbolini belgilab beradi. Demokratik jamiyat 
qurish uchun, demokratik tamoyillarni to‘la qaror toptirish uchun, 
eng avvalo, mo‘tabar zaminda tavallud va tarbiya topgan shaxs, 
o‘zini aynan shu yurt farzandi deb biluvchi inson o‘z davlati, 
o‘z xalqi oldidagi, uni katta umidlar bilan tarbiya qilgan, voyaga 
yetkazgan jamiyat oldidagi burchini ado etishi kerak. 
Konstitutsiya va qonunlarda belgilab qo‘yilgan burchlarni 
bajarish fuqarolarning shu davlat konstitutsiyasi va qonunlarini tan 
olishini anglatadi. Mazkur konstitutsiyaviy talab mamlakatimizda 
qat’iy qonuniylik tartibini ta’minlash imkonini beradi.
Qonuniylik – davlatda, jamiyatda mustahkam huquqiy tartib
barqarorlik, tinchlik va osoyishtalikning asosidir. Konstitutsiya va 
qonunlarga rioya etish burchi huquqiy munosabatlarning barcha 
subyektlari uchun umumiy talabdir. Uning ma’nosi shuki, har bir 
fuqaro hayoti, faoliyatining barcha sohalarida Konstitutsiya va 


46
qonunlarga muvofiq хatti-harakat qilishdek e’tiqodga ega bo‘lishi 
zarur. Konstitutsiya va qonunlarga rioya qilish faqat ularning 
qoidalarini buzmaslik emas, fuqarolarning o‘z faoliyati va 
hayotini Konstitutsiya va qonunlarga mustahkamlangan tamoyil 
va asoslarni, qonun me’yorlarini real voqelikka aylantirishga 
yordam berish ham demakdir.
Konstitutsiya va qonunlarda jamiyat va davlatning ijtimoiy-
siyosiy asoslari, mamlakatdagi huquqiy targ‘ibot, ijtimoiy 
munosabatlarning butun tizimi o‘z ifodasini topgan. 

Download 2.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling