Sh. Ziyamuxamedova, G. Gulyamova yuristning yozma nutqi
Download 2.82 Kb. Pdf ko'rish
|
yuristning yozma nutqi
Umr hikmati
«Inson umrining o‘zi bir hikmat. Zero, bu hayotda kimgadir umrning oppoq daftarini nurli bitiklarga to‘ldirib yashash, kimgadir butun umr ezgu o‘y, ezgu amallar yog‘du sochib turgan manzillarga intilib yashamoqlik baxti nasib etadi. 69 Tasavvur qiling: aql mash’ali bilan ming yillar burun dengiz ortini yoritgan Beruniy siymosini jonlantirmoq uchun ulug‘ vatandoshimizning tafakkur olamiga qay darajada oshno bo‘lmoq va uni qay darajada idrok eta olmoqlik talab etiladi. Qolaversa, shunday daho bilan dardlashgandek bo‘lib, ul zotning tafakkur ziyosidan bahramand bo‘lishga havas uyg‘otguvchi tuyg‘uni avlodlar qalbiga joylash ehtiyoji-chi? Buning uchun igna bilan quduq qazigandek o‘nlab kitoblarni mutolaa qilish, ona tarixni shunchaki bilishning o‘zigina kamlik qilar. Ehtimol, o‘tmishimizning yorug‘ timsollaridan o‘z qalbiga nur indirish va bu nurni ranglar jilvasida tasvir etish san’ati ham zarur bo‘lur. Atoqli musavvir Malik Nabiyev qalbida ulug‘ ajdodlarimiz shavkatidan faxr-iftixor hissini tuyish shu qadar kuchli bo‘lganidan Amir Temurdek buyuk sohibqiron suvrati va siyratini xalqimizga manzur bo‘ladigan darajada gavdalantirishga muyassar bo‘ldi». Murod Abdullayev. «O‘zbekiston adabiyoti va san’ati» gaz., 2008, 2-may . Istiqlol davri badiiy adabiyoti sahifalarini varaqlar ekanmiz, hozirgi davr badiiy adabiyoti tili, badiiy nutq nasriy asarlarda ham, nazmiy asarlarda ham yangi ruh bilan boyigani, yangi- yangi obrazlar bilan birga, yangicha nutqiy vositalar ila boyiganini ko‘ramiz. Bu so‘zlarning tanlanishida ham, yangicha gap shakllarida ham, fikrlar hamda his-tuyg‘ularning davr ruhi bilan hamohang, hamnafas bo‘lishga intilishida ham ko‘rinadi. Namunalarni solishtiraylik: «Nasim oshna, men birinchi ko‘ngildan iffatlisini ko‘rmadim, birinchi ko‘ngildan so‘nmasini ko‘rmadim. Oshiq umrim mobaynida juda ko‘p qizlarni ko‘rdim. Men qizlarni ko‘chalarda, teatrlarda ko‘rdim, to‘y-ma’rakalarda, kinolarda ko‘rdim. Bari qizlar xushro‘y-xushro‘y… Ayniqsa, hind kinolaridagi qizlar? Suv bilan yutguday qizlar! Suluv-suluv qizlar! 70 Hind qizlari to‘lg‘anib-to‘lg‘anib, eshilib-eshilib o‘ynadi! Hind qizlari har qancha eshilib o‘ynasa-da, to‘lg‘anib o‘ynasa- da, baribir… baribir, Momoqizga kelbat bermadi. Hind qizlari-da Momoqiz bo‘lolmadi. Oshna, Tilovberdining onasiga-da ko‘nglim ketib uylandim. U… u Momoqizdan-da xushro‘y… Oshna, uyam Momoqizning oldidan o‘ta bersin! Nasim oshna, men Momoqizdan ulug‘ini ko‘rmadim!» Tog‘ay Murod,»Yulduzlar mangu yonadi». Xullas, badiiy nutq ko‘p qirrali nutq bo‘lib, tilning boyligini, butun imkoniyatlarini to‘lig‘icha namoyon qila oladi. Shuning uchun tilni o‘rganish, undagi o‘zgarishlarni kuzatishda badiiy nutq (badiiy adabiyot tili) asos bo‘lib xizmat qiladi. Download 2.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling