Sh. Ziyamuxamedova, G. Gulyamova yuristning yozma nutqi
Yozma nutq ustida ishlash
Download 2.82 Kb. Pdf ko'rish
|
yuristning yozma nutqi
Yozma nutq ustida ishlash
Poraxo‘r qozi Qadim-qadim zamonda bir pora undiruvchi qozi bo‘lgan ekan. Kunlardan bir kun uning uyiga qandaydir notanish kishi kirib kelibdi. U qoziga yaqinlashib, avval unga ta’zim qilibdi, ikkala qo‘lini o‘pibdi va o‘zining shikoyatlarini izhor qila boshlabdi: – Taqsirim, Toshmatni bilsangiz kerak, u menga qayoqdagi tuhmat-uydirmalarni qilib, qandaydir pullarini qaytarib berishimni talab qilyapti. Bu odamning o‘zi aslida tuhmatchi, lo‘ttiboz, ayyor tulki. Balki o‘zi oldingizga kelib, ustimdan shikoyat qilib, shu bo‘htonlarini aytsa kerak. Shuning uchun men o‘zim oldindan kelib, sizni uning niyatlaridan voqif etyapman. Sizdan iltimos qilaman: uning barcha da’volarini rad qilsangiz. Shu gaplarni aytib, kelgan odam cho‘ntagini kavlay boshlabdi. – Mana, korxayr uchun ozgina pul, kam bo‘lsa, ko‘p o‘rnida ko‘rasiz, – deb qoziga ellik tanga uzatibdi. Qozi: «Xo‘p-xo‘p, qo‘ldan kelgancha harakat qilamiz», – deb pulni olibdi. Tez kunda qozining huzuriga boshqa bir kishi – o‘sha aytilgan Toshmat kirib kelibdi va shikoyatini boshlabdi: – O, janob qozi, Eshmat meni aldab, mendan katta miqdorda pul olgan edi, endi qaytarib bergisi kelmay, bu pullarni olganidan tonyapti. Buni hamma biladi, guvohlarim ham bor. Shunga men sizni oldindan xabardor qilib qo‘yay, – deb keldim. Bu so‘zlarni aytib, Toshmat qoziga yuz tanga uzatibdi. Qozi unga «pullarini qaytarib olib berish»ni va’da qilib, yuz tangani ham cho‘ntagiga solibdi. 86 Bir necha kundan so‘ng qozixonaga ikkala tomon o‘z guvohlari bilan kirib kelishibdi va ishni ko‘rish boshlanibdi. Ikkala da’vogar o‘z nutqlarini shunday asoslashibdi: – Taqsir, – deb murojaat qilibdi qoziga Eshmat. – Meni bu tevarak-atrofda hamma halol odam deb taniydi. Qolaversa, siz bilan men ikkovimiz ellik avlodli katta nasldanmiz, – deb o‘zi bergan ellik tangaga shama qilibdi. – Janob qozi, – uning gapini bo‘libdi Toshmat. – Mana bu guvohlarning barchasi uning nayrangboz firibgarligi va mening halolligimni yaxshi bilishadi. Bu borada yana yuzta guvoh chaqirishim mumkin, – debdi o‘zining bergan yuz tangasini qozining yodiga tushirish maqsadida. Qozi bezovta bo‘lib qolibdi, o‘zini yo‘qotib, nima qilishni va nima deyishni bilmas emish. Nihoyat, tilga kiribdi: O‘zlaring o‘ylab ko‘ringlar axir. Men ellik avlodli naslni va yuz guvohning ko‘rsatmalarini bosib o‘tolmayman-ku! Aytishlaricha, shundan so‘ng qozi ularning ishini ko‘rishni keyingi galga qoldiribdi. Undan keyin esa bu ishni bir yoqli qilib hukm chiqarishni cho‘zaverib, ikkala tomondan ham ko‘p vaqtgacha pora undirib yuravergan ekan… Download 2.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling