Шаблон презентации
Download 0.65 Mb.
|
Masofaviy
O’zbekistonda masofaviy ta’lim tizimining rivojlanishi, xalqimizga faqat sifatli ta’lim berishnigina ta’minlab qolmasdan, u yana mamlakatimizning ta’lim xizmatlari xalqaro bozorida o’z o’rnini egallashiga ham imkon yaratadi. Axborot olamida o’zining muhim o’rniga ega bo’lib borayotgan iqtisodiy rivojlanishning yangi bosqichi inson hayotida tanlagan kasblarini qayta o’zgartirishlari va muntazam ravishda, malakalarini oshirib borishlarini talab etmoqda. Shu bois, ta’lim sohasi ham jamiyat hayotining iqtisodiy sohasida o’ziga xos ahamiyatga ega bo’lib, ta’lim faoliyati esa, jamiyat iqtisodiy rivojlanishining muhim bo’lagi bo’lib qolmoqda.
Mamlakatimizda ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohotlar tufayli navqiron avlodning zamonaviy bilim olishi, kasb-hunar egallashi uchun beqiyos imkoniyatlar yaratilgan. Yurtimiz o’g’il-qizlarini barkamol insonlar etib tarbiyalashga xizmat qilayotgan bunday ezgu sa’y-harakatlar doirasida o’quvchilarni chuqurlashtirilgan tartibda va innovatsion texnologiyalar asosida bilim olishlariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Respublikamiz Prezidenti Oliy Majlisning XIV-sessiyasida “yangi darsliklarni, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini o‘z vaqtida ishlab chiqish va joriy etishni ta’minlashni nazorat ostiga olish zarur” ligini alohida ta’kidladilar. Bugun olimlar va o‘qituvchilar ilg‘or pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqishga astoydil kirishishlari shart va ular bu ishga mas’uldirlar. Bu sohaga yaqin xorijiy davlatlarda ham e’tibor kuchaytirilmoqda.
Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling