Aholining yashash sifati ko‘rsatkichlaridan biri bu tug‘ilishda kutilgan umr davomiyligi hisoblanadi. Mamlakatimizda 2016-yil mazkur ko‘rsatkich 73,8 yoshni tashkil etgan . - Aholining yashash sifati ko‘rsatkichlaridan biri bu tug‘ilishda kutilgan umr davomiyligi hisoblanadi. Mamlakatimizda 2016-yil mazkur ko‘rsatkich 73,8 yoshni tashkil etgan .
- Tug‘ilishda kutilgan umr davomiyligi ko‘rsatkichi so‘nggi yillarda o‘sish tendensiyasiga ega bo‘lib, jumladan, 1991-yilda ushbu ko‘rsatkich 66,4 yoshni tashkil etgan bo‘lsa, 2000-yilda 70,8 yoshni, 2010-yilda 73,0 yoshni tashkil etdi.
- Mehnat resurslari. Aholining hammasi mehnatga yaroqli hisoblanmaydi. Erkaklarning 16 yoshdan 60 yoshgacha, ayollarning 16 yoshdan 55 yoshgacha bo‘lganlarigina mehnatga yaroqli hisoblanadi. Ishlab chiqarishning ba’zi sohalarida 50 yosh, hatto 40 yoshdan nafaqaga chiqariladi. Ayni vaqtda nafaqa yoshidagilar xohlasa ishlashlari ham mumkin. Shuningdek, 15 yoshga to‘lgan o‘quvchilar o‘qishdan bo‘sh vaqtlarida ishlashlariga ruxsat etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |