O‘zbekistonda aholi punkti shahar maqomini olishi uchun uning aholisi 7 ming va undan ko‘p bo‘lishi, yashayotgan aholining 2/3 qismi ishchi va xizmatchilar hamda ularning oilalaridan iborat bo‘lishi kerak. - O‘zbekistonda aholi punkti shahar maqomini olishi uchun uning aholisi 7 ming va undan ko‘p bo‘lishi, yashayotgan aholining 2/3 qismi ishchi va xizmatchilar hamda ularning oilalaridan iborat bo‘lishi kerak.
- Shaharchalar sanoat rivojlanayotgan, tabiiy boyliklar o‘zlashtirilayotgan joylarda vujudga keladi. Iskandar, Kegayli, Ulug‘bek, G‘ozg‘on, Zomin shaharchalari shular jumlasidandir. Bunday shaharchalarning ko‘pchiligida aholining aksariyati muayyan tarmoqdagina xizmat qiladi (neftchilar shaharchasi, konchilar shaharchasi).
- Yangi shaharlar (Angren, Bekobod, Olmaliq, Chirchiq, Navoiy, Uch quduq, Taxiatosh, Zarafshon va boshqalar) asosan foydali qazilmalar va suv boyliklari mavjud hududlarda bunyod bo‘lgan. Tohchiyon shaharchasi (Surxondaryo viloyati) ko‘mir koni negizida vujudga kelgan. Yangi yerlarni o‘zlashtirish, qishloq xo‘jalik xomashyosini qayta ishlovchi sanoat negizida Yangiyo‘l, Guliston, Yangiyer kabi shaharlar qad ko‘tardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |