Shag’al, qum va but toshlarni qazib olish va ishlab chiqarishdagi ochish va qazib olish tizimlari
Konni ochish (transheyalarni hisoblash va asaslash)
Download 107.51 Kb.
|
Ramazon kurs ishi
2.1. Konni ochish (transheyalarni hisoblash va asaslash).
Karyerlarda ish olib borilayotgan gorizontlargacha transportlar xarakatini Yo’lga qo’yish maqsadida yer yuqori qatlamidan ochuvchi va yer osti lahmlari barpo etilgan. Asosan karyerlarni ochishda o’tuvchi lahmlar qiya transheyalardan foydalaniladi. Ular gorizontlarni ochishda yuqoridan pastga qarab quriladi. Transheyalar foydalanishiga ko‘ra ikki turga bo‘linadi: kapital va qirqim transheyalar. Kapital transheyalar yerning yuza qismidan foydali qazilmagacha borishini ta’minlaydi, qirqim transheyalar esa qoplovchi jinslarni olib tashlash yoki foydali qazilmalarni qazib olishda front ishlarini yaratib berishda qo‘llaniladi. Avtomobil transportidan foydalanilgan holda yuqori gorizontlarni ochishda asosan kapital transheyalardan foydalaniladi, ular uzoq muddatga ya’ni 10 yilgacha xizmat qilishga mo’ljallangan bo’ladi. Kapital transheya karer maydoni chegarasidan tashqarida ham quriladi. Kapital transheya yordamida bita pog’ona yoki ochish usuliga ko’ra bir nechta pog’onalarda harakatlanishi mumkin. Transheyaning asosiy parametri quyidagilar: ko‘ndalang kesim yuzasining o‘lchamlari, bo‘ylama qiyalik, uzunligi va chuqurligi Tekis yuzada joylashtirilgan kapital transheya trapetsiyasimon qirqimga ega, qiya tepalikka joylashtirilgan transheyalar esa aksar hollarda ko‘ndalang qirqimi uchburchakka yaqin shaklga ega bo‘ladi. Bir nechta pog‘onani ochuvchi kapital transheya, murakkab pog‘onali shaklga ega. Kapital transheya bortining qiyalik burchagi tog‘ jinsining turg‘unlik darajasiga bog‘liq. Mustahkam qoyali tog‘ jinslarda 65—75°ga, yoriqdor qoyali tog‘ jinslarda 55—60°ga, va cho‘kindi jinslarda (qumtosh, oxaktosh, argillitlar)—35 dan 55°gacha hamda zaif bog‘langan gillarda — 25 dan 40° gacha qabul qilinadi. Transheya pastki qismi kengligi ikkita shart bo‘yicha amalga oshiriladi: transport yo‘lining konstruksiyasi va o‘lchami hamda transheya o‘tkazishda jihozlarni xavfsiz joylashtirish. Temir yo‘l transportida transheya pastki qismi kengligi quyidagi elementlarni: A — cheti, K — kyuvet, O—tayanchni joylashtirish uchun maydoncha, P — o‘tish qismi, 3 — er qazish tasmasi (zemlyanoe polotno), L — lotok. Lotok chetki kengligi A yumshoq tog‘ jinslarda 1 m, qoyali tog‘ jinslarda-— 0,5 m tashkil etadi; kyuvet yuza qismi kenligi yumshoq tog‘ jinslarda 1,65 m, qoyali tog‘ jinslarda 1 m. Kontaktli tayanch egallagan maydon kengligi 0,4 m va Sk = 3,7 m masofada yaqindagi yo‘l o‘qigacha. Yo‘l o‘qlari orasidagi masofa Sp ular soniga va dumpkarlar yuk ko‘tarish qobiliyatiga bog‘liq holda 4,1 dan 5,3 m gacha o‘zgaradi. Yuk ko‘tarishi 180t bo‘lgan dumpkarlar uchun va undan katta transheyadagi yo‘l o‘qlari orasidagi masofa quyidagini tashkil qiladi: ikki tomonlama yo‘l chiziqlarida 5 m, ko‘p yo‘lli chiziqlarda — 5,3 m. Ikki yo‘lli temir yul transportlari harakatlanadigan transheyalari osti minimal kengligi 14—15 metrni tashkil etadi. Avtotransportga tog‘ jinsi yuklash bilan transheya o‘tkazishda uning kenligini 25— 30 metrgacha o‘zaytiriladi, bunda avtosamosvallarni aylanma harakatini va ekskavatorni ish unumdorligini 25—40 %ga ta’minlab berish tadbirlari ishlab chiqiladi. Kapital transheya qiyalik kattaligi yukli transport qiyaligi kattaligiga bog‘liq bo‘ladi, ya’ni transport idishining xavfsizlik harakatini talab etilishini chegaralaydi hamda lokomotivni texnik imkoniyatlaridan kelib chiqqan xolda amalga oshiriladi. Kapital transheyani maksimal qiyaligi transport turiga bog‘liq holda: elektr tortish kuchida 0,04; yuk tortuvchi agregatlarda 0,06; avtotransportlarda 0,9— 0,12; konveyer transportida 16—18° ni tashkil etadi. Sodda qiya transheya uzunligi formulasi: bu erda —H(t)- transheyani oxirgi chuqurligi, m; i —transheya qiyaligi. Download 107.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling