Shahar atrofi yo‘nalishlarida tashish uzunligi shahardan boshlanib 50 km masofagachani tashkil qiladi


Download 0.78 Mb.
Sana03.02.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1153587
Bog'liq
35-Mavzu Yo’nalishda avtobuslar harakatini tartibga solishni o’rganish

Mavzu: Yo’nalishda avtobuslar harakatini tartibga solishni o’rganish. Reja: 1.Avtokorxona tasarufidagi mashrutlar chizmasini va avtosafarlar bo’yicha yunalishlar jadvali 2.Avtokorxonaning tasarruf faoliyati buyicha berilgan asosiy kunlik va oylik reja kursatkichlari. 3.Uyishmaning harakat tartibi ishni tartibga soluvchi buyruqlar va meýoriy hujjatlar.

Shahar atrofi yo‘nalishlari shahar ichi yo‘nalishlaridagi tashishlardan ba’zi bir o‘ziga xos xususiyatlari bilan farq qiladi. Shahar ichi yo‘nalishlarida yo‘lovchilar oqimi, asosan, kunning soatlari bo‘yicha notekis taqsimlansa, shahar atrofi yo‘nalishlarida bunday notekislik ko‘proq haftaning kunlari bo‘yicha kuzatiladi. Shahar atrofiga qatnaydigan yo‘nalishlarda dam olish kunlari shaharda ta’lim olayotgan talabalarning shahar atrofida joylashgan uylariga ketishi, shaharning urbanizatsiyasi ortib ketishi oqibatida ko‘pchilik shaharliklarni dam olish kunlari shahardan chiqib shahardan tashqarida yoki dala hovlilarida dam olish istagi natijasida yo‘lovchilar tashish hajmi katta bo‘ladi.

  • Shahar atrofi yo‘nalishlari shahar ichi yo‘nalishlaridagi tashishlardan ba’zi bir o‘ziga xos xususiyatlari bilan farq qiladi. Shahar ichi yo‘nalishlarida yo‘lovchilar oqimi, asosan, kunning soatlari bo‘yicha notekis taqsimlansa, shahar atrofi yo‘nalishlarida bunday notekislik ko‘proq haftaning kunlari bo‘yicha kuzatiladi. Shahar atrofiga qatnaydigan yo‘nalishlarda dam olish kunlari shaharda ta’lim olayotgan talabalarning shahar atrofida joylashgan uylariga ketishi, shaharning urbanizatsiyasi ortib ketishi oqibatida ko‘pchilik shaharliklarni dam olish kunlari shahardan chiqib shahardan tashqarida yoki dala hovlilarida dam olish istagi natijasida yo‘lovchilar tashish hajmi katta bo‘ladi.
  • Ayniqsa, ertalabki soatlarda shanba va yakshanba kunlari yo‘lovchilar oqimi shahar tashqarisiga yo‘naladi, kechki vaqtlarda yo‘lovchilar oqimining ommaviy ravishda shaharga qaytib kelishi kuzatiladi.
  • Shahar atrofi yo‘nalishlarida tashish uzunligi shahardan boshlanib 50 km masofagachani tashkil qiladi.

Aholiga transport xizmatini ko‘rsatish xususiyatiga muvofiq shahar atrofi yo‘nalishlari quyidagi bir nechta ish tartibiga ega bo‘lishi mumkin:

  • Aholiga transport xizmatini ko‘rsatish xususiyatiga muvofiq shahar atrofi yo‘nalishlari quyidagi bir nechta ish tartibiga ega bo‘lishi mumkin:
  • — sutka, hafta kunlari, oylarning belgilangan davri mobaynida amal qiladigan yo‘nalishlar;
  • — dam olish zonalari, sport-sog‘lomlashtirish komplekslari, yarmarkalar va shu kabilar faoliyat ko‘rsatadigan davrda tashkil etiladigan mavsumiy yo‘nalishlar;
  • — ishchilar, mutaxassislar, xizmatchilarni ish joyiga va uyga tashish uchun tashkilotlar tomonidan tashkil etilgan maxsus yo‘nalishlar;
  • — avtobuslar harakatining tashkil qilinishiga qarab oddiy, tezlashtirilgan va ekspress tartibda bo‘ladi;
  • — ayrim avtobus yo‘nalishlariga qisqartirilgan reyslar kiritilib, tashkil qilinadi.

Shahar atrofi yo‘nalishlaridagi bekatlar yo‘lovchilarning u yerga xavfsiz va qulay kelishini ta’minlashi hamda qonun hujjatlari talablarini hisobga olgan holda joylashtirilishi va ular quyidagilarga ega bo‘lishi kerak:

  • Shahar atrofi yo‘nalishlaridagi bekatlar yo‘lovchilarning u yerga xavfsiz va qulay kelishini ta’minlashi hamda qonun hujjatlari talablarini hisobga olgan holda joylashtirilishi va ular quyidagilarga ega bo‘lishi kerak:
  • — pavilyonni joylashtirish uchun asfaltlangan maydonchalar va yo‘lovchilarning bekatga kelishi uchun asfaltlangan yo‘laklar;
  • — yo‘lovchilarning yomg‘ir, qor, shamoldan bekinishi uchun pavilyon;
  • — bekatning nomi yozilgan ko‘rsatkich;
  • — yo‘nalishlar ko‘rsatkichi, unda quyidagilar ko‘rsatiladi: yo‘nalishning tartib raqami, ularning oxirgi manzili nomi (qatnov yo‘nalishlari bo‘yicha), harakatlanish oralig‘i 30 daqiqadan ortiq bo‘lganda ushbu manzildan avtobuslarning jo‘nash jadvali. Yo‘nalishda avtobuslar qatnov oralig‘i 30 daqiqadan kam bo‘lganda jadval o‘rniga qatnovlar oralig‘i jadvali ko‘rsatilishi mumkin. Unda avtobuslarning birinchi va oxirgi jo‘nash vaqti hamda sutka davrlari bo‘yicha qatnov oraliqlari vaqti ko‘rsatilgan bo‘ladi.

Shahar atrofi yo‘nalishlarida to‘xtab o‘tish manzillari yo‘lovchilar uchun eng qulay joylarda bo‘lishi, qurilish normalari va me’yorlari talablaridan kelib chiqqan holda tashish buyurtmachisi va yo‘l tashkilotlarining tegishli xizmatlari tomonidan amalga oshirilishi kerak. Bunda yo‘nalishlarning oxirgi bekatlarini yo‘lovchilarni o‘ziga ko‘proq tortadigan punktlarda, ya’ni temiryo‘l vokzallari va stansiyalari, aeroportlar, bozorlar, metropolitenlarning so‘nggi bekatlari yoki shahar ichi yo‘nalishlarining bosh bekatlarida joylashtirish maqsadga muvofiq bo‘ladi.

  • Shahar atrofi yo‘nalishlarida to‘xtab o‘tish manzillari yo‘lovchilar uchun eng qulay joylarda bo‘lishi, qurilish normalari va me’yorlari talablaridan kelib chiqqan holda tashish buyurtmachisi va yo‘l tashkilotlarining tegishli xizmatlari tomonidan amalga oshirilishi kerak. Bunda yo‘nalishlarning oxirgi bekatlarini yo‘lovchilarni o‘ziga ko‘proq tortadigan punktlarda, ya’ni temiryo‘l vokzallari va stansiyalari, aeroportlar, bozorlar, metropolitenlarning so‘nggi bekatlari yoki shahar ichi yo‘nalishlarining bosh bekatlarida joylashtirish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
  • Shahar atrofi yo‘nalishlari tartib raqami shahar yo‘nalishlaridan son qiymati bilan ajralib turadi. Masalan, Toshkent shahrida shahar atrofi yo‘nalishlarining tartib raqami «N 150» dan boshlanadi. Shahar atrofi yo‘nalishlarida yo‘lovchilar tashish uchun qattiq o‘rindiqli, o‘rindiqlar soni oshirilgan, eshiklar soni 2 tadan ko‘p bo‘lmagan, tog‘li tumanlarda yuqori o‘tuvchanlikka ega bo‘lgan avtobuslardan foydalaniladi.

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling