Shahar hududlarini sanitariya tozalash
Qattiq chiqindilar, ularning taklifi va tarkibi
Download 1.41 Mb.
|
Shahar hududini obodonlashtirish va sanitar tozalash.
5.1. Qattiq chiqindilar, ularning taklifi va tarkibiShahar hududlarini tozalashni loyihalashda chiqindilarni yig‘ish, yo‘qotish va zararsizlantirishning sanitariya talablariga javob beruvchi, eng ratsional, texnik – iqtisodiy jihatdan o‘zini oqlagan uslub va usullarini tanlash, shuningdek qattiq chiqindilarni keyinchalik foydalinish ularning fiziko-mexanik xossalari tarkibini, shuningdek kimyoviy va mikrobiologik xossalarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Qattiq chiqindilarning asosiy guruhlari quyidagilardir. turar joy binolari, yotoqxonalar, mehmonxonalar va shu kabilardan chiqadigan uy axlati (maishiy chiqindilar); ma’muriy, xo‘jalik, jamoatchilik, ilmiy-tekshirish o‘quv va madaniy soxa korxonalari chiqindilari; umumiy ovqatlanish korxonalari (oshxonalar, restoranlar, kafe va shu kabilar) chiqindilari; savdo korxonalari (universal magazinlar yarmarkalar va shu kabilar) chiqindilari; da’volash muassasalari (kasalxonalar, poliklinikalar, labaratoriyalar va shu kabilar) chiqindilari; shahar atrofidagi tumanlardan keltirilgan oziq – ovqat mahsulotlarini sotishda shahar bozorlarining chiqindilari; kichik ishlab chiqarish korxonalari va maishiy xizmat ustaxonalarining chiqindilari. Chiqindilar (sanoat korxonalari, fabrika, zavodlar va h.o. ning qoldiqlari, qurilish axlati va ko‘cha supurindilari alohida guruhni tashkil etadi. Odatda, qattiq tashlandilar va sanoat korxonalari chiqindilari shu korxonalar tomonidan shahar tashqarisiga olib chiqib tashlanadi; qurilishdan chiqqan qoldiqlar qurayotgan tashkilotlar tomonidan olib chiqib ketiladi. Ko‘chadagi axlat shahar ko‘chalarini tozalovchi maxsus mashinalar bilan to‘planadi va olib chiqiladi. Shunday qilib, qattiq tashlandilarning bu turlari shahar tashkilotlari amalga oshiradigan tozalash ishlariga kirmaydi. 5.1-rasm Har bir guruhga chiqindilarning o‘z tarkibi va xossalari mos keladi. Shahardagi qattiq chiqindining asosiy qismini uy axlati tashkil etadi, uning tarkibiga oshxona chiqindilari, oziq –ovqat qoldiqlari, suyaklar, foydalanilgan uy buyumlari (shisha, charm, rezina va boshqalar). O‘rov materiallari va turli xil idishlar, xonalar supurindisi va boshqalar kiradi. Shahar korxonalari va muassasalarining, bozorlar va ustaxonalarning qattiq chiqindilari, odatda, o‘z tarkibiga ko‘ra uy axlatiga yaqin bo‘ladi. Bu guruhlardan har birining farq qiladigan joylaridan biri o‘ziga xos va alohida chiqindilarning mavjudligidir. Hajmiy jihatdan bu chiqindilar shaharning qattiq chiqindilari umumiy to‘plamining juda kichik qismini tashkil etadi. Shuning uchun chiqindilarning bu guruhlari chiqindilar massasi, ya’ni uy axlati sharoitiga o‘xshash to‘plash va yo‘qotishning biror xil sharoitlarini talab etuvchi sifatida qaralmaydi. Uy axlatiga organik va noorganik tabiatli moddalar mavjud. Organik moddalar chiqindilarning chirishiga va pashsha hamda mikroorganizmlarning ko‘payishiga imkon beradi. Yer ustiga yotgan, chiriyotgan chiqindilar tuproqni ifloslantiradi. Chiqindilardan chiqqan suyuqlik tuproqqa singadi va yer osti suvlarini ifloslantiradi. Ikkinchi tomondan, organik moddalar bo‘lgan uy axlati tegishli tayyorgarlikdan so‘ng shahar atrofidagi qishloq xo‘jaligida va shahar hududlarini ko‘kalamzorlashtirishda o‘g‘it sifatida foydalanilishi mumkin. Bundan tashqari, uy axlatida, saralangandan va tegishli ishlov berilgandan so‘ng foydalanishi mumkin bo‘ladigan turli xil buyumlar bo‘lishi mumkin. Bunday buyumlarga metall, latta-putta, shisha idishlar va shu kabilar kiradi. Axlatni olib chiqib ketishi, oldindan ishlab chiqilgan rejalar asosida amalga oshiriladi. Shahar tumanlarga, tumanlar uchastkalarga ajratilib, ular uchun axlat tashuvchi transportning grafigi tuziladi. Har bir axlat tashuvchi yoki konteynerli mashina uchun uning ish kuni mobaynidagi ishlashining yo‘nalishi xaritasi tuziladi. Har bir mashinaning xarakat yo‘nalishlari uning yo‘li uzunligi, ortish-tushirish ishlariga ketadigan vaqt, yuklanish punktlarining soni bilan belgilanadi. Hisob – xitoblar bilan mashinaning to‘la yuklanish ta’minlanadi. Yuklash axlat to‘plagichlar, konteynerlar qo‘yilgan joylarida amalga oshiriladi, shuning uchun ularga borish yo‘llari va mashinalar uchun manevr qilish imkoniyatlari ta’minlanadi. Har bir punktda axlat yig‘gichlar yoki konteynerlar sonining kam bo‘lishi va bir punktdan ikkinchisiga tez-tez qatnab ko‘p punktlarda mashinalarni yuklash har bir mashina ichida ko‘p vaqt sarflanishiga olib keladi. Shuning uchun mikrorayonda yoki yirik dahada axlat avval turgan punktlardan axlat yig‘gichlar axlat tashuvchi mashinalarning kelishiga paytiga moslab yetkazib kelinadigan maxsus maydonchalarni yaratish tavsiya etiladi. Yig‘gichlarni bu maydonchalarga yetkazish mikrorayonlarni tozalash va yig‘ishtirish bo‘yicha kombinatsiyalangan kichik o‘lchamli mashinalarning tirkalgan platformalarida amalga oshirilishi mumkin. Axlat yig‘gichlarni qabul qilish va ularni axlat tashuvchi mashinaga yuklash uchun maydonchalarni turar joy binolaridan chetroqda tanlanadi va ular ko‘k daraxtlar yoki devor bilan to‘siladi. Bunday tizimning afzalligi shundaki bunda axlat tashuvchi transport yig‘gichlar joylashgan joylarni aylanib chiqishini va ortish vaqtini qisqartirish hisobiga uning unumdorligi ortadi. Bunday tashqari, axlat tashuvchi transportning mikrorayon yoki daxada uning ichkarisiga kirmasdan harakatlanishdagi shovqinni va ayniqsa axlatni ortishdagi shovqinni kamaytirishi yoki to‘liq yo‘qotishi katta ahamiyatga ega. Axlatni yo‘qotish uni mikrorayon yoki daxadan zararsizlantiriladigan joylarga bevosita olib chiqib ketish bilan amalga oshiriladi. Bunda axlatni tashish masofasi ba’zan ancha katta miqdorni tashkil etadi, chunki axlatni zararsizlantirish shaharning turar joylaridan ancha chetda amalga oshiriladi. Shuning uchun qayta ortish stansiyalarini tashkil etish diqqatga sazovardir, bunda bu stansiyalarga axlat mashinalarda 4 dan 8 kub metrgacha yetkaziladi. Keyin axlat sig‘imi 15 dan 40 kub metr gacha va undan katta bo‘lgan kattaroq axlat tashish mashinalariga ortiladi. Qayta ortish stansiyalari maxsus qurilmalar, bunkerlar, ektokadolar va shu kabilar bilan jihozlanadi. Zararsizlantiriladigan joylargacha bo‘lgan masofa katta bo‘lganda katta sig‘imli axlat tashish mashinalaridan foydalinish texnik va iqtisodiy nuqtai nazardan to‘la masofaga muvofiqdir. Qayta ortish stansiyalarini turar joy hududlaridan tashqarida, shahar chekkasida tashkil etish mumkin. Kichik va katta sig‘imli axlat tashish mashinalarining aralash ishlashi amaliyoti bir qator xorijiy mamlakatlarda muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Shaharlarni sanitariya tozalashda uy axlatini yo‘qotish (olib chiqish) ning rejali muntazam tizimi qo‘llaniladi. U shahar axlat topish transpoti bilan ma’lum kunlari maxsus ishlab chiqilgan grafiklarga ko‘ra axlatning to‘planishi hajmiga bog‘liq bo‘lmagan holda axlatni rejali, muntazam yo‘qotishdan iborat. Bu tizimning afzalligi shundaki, uy axlatini turar joy hududiga to‘plash va vaqtincha saqlab turish ko‘pchilik shaharlarda o‘rnatilgan bir kunlik muddat bilan cheklangan, shuningdek axlat tashish transportining va axlatni muntazam kelib turishda uni zararlantirish inshootlarining aniq rejali ishlash imkoniyati bilan cheklangan. Takomillashtirilgan chiqindixonalar sanitariya maqsadlari uchun xizmat qiladi va bu holda axlat o‘g‘it sifatida foydalanilmaydi. Takomillashtirilgan chiqindixonalarga zaharli va radioaktiv moddali bo‘lmagan qattiq chiqindilarning barcha turlari olib ketiladi. Chiqindixonalar axlatni zararlantrishning mukammal bo‘lmagan va eng oddiy usuli hisoblanadi. Biroq agar chiqindidan uni zararlantirmasdan biror narsaga foydalanish zarurati bo‘lmasa, ularni chiqindixonalarda tabiiy zararlantirish yo‘li bilan yo‘qotish mumkin. Undan tashqari chiqindixonaning tuzilishi biror murakkab qurilish va tashkiliy ishlarni, shuningdek kapital xarajatlarni talab qilmaydi. Sanitariya nuqtai – nazaridan tashkillashtirilmagan va oddiy chiqindixonalardan foydalanishga ruxsat etilmaydi. Axlat va boshqa chiqindilarni zararsizlantirish maxsus ajratilgan hududlarga amalga oshiriladigan va sanitariya sharoitlariga rioya qilingan holda tashkil etiladigan hamda nazorat qilinadigan ish bo‘lishi kerak. Takomillashtirilgan chiqindixonalarning muhim xusisiyati ko‘miladigan chiqindilarning chirimaydigan materialdan tayyorlangan izolyatsiyalovchi qatlamlar bilan yopish hisoblanadi. Chiqindi to‘plamida uning chirishi (parchalanishi anaerob tavsifga ega bo‘lib, bunda chirish jarayoni chiqindining organik qismidagi kislorod hisobiga yuz beradi. Jarayon uzoq vaqt (3-4 yil) davom etadi, bunda chiqindida temperatura 30-360 gacha ko‘tariladi. Chiqindixonalar tekis hududlarda, shuningdek jarliklarda hududlardan kelajakda foydalanish uchun muhandislik tayyorgarligi maqsadlarida tashkil etilishi mumkin. Biroq chiqindining uzoq vaqt cho‘kishi va to‘la zararsizlanishining muddatlari katta bo‘lishi chiqindixonalar hududidan ular yopilgandan so‘ng 10-15 yil o‘tkach foydalanishga imkon beradi. Takomillashtirilgan chiqindixonalarda axlat tashlash undan kelajakda foydalinish mumkinligiga muvofiq holda hududning vertikal rejalashtirilishini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Chiqindixonani yuklantirish, transportni bo‘shatishi izolyatsiyalanuvchi qatlamlarni yopish ishlari mexanizatsiyalashtiriladi, buning uchun yirik chiqindixonalar bunxerli estokodalar, vochonetkalar xarakatlanuvchi tor izli yo‘llar bilan va h.l. lar bilan jihozlanadi. Chiqindini tekislash zichlashtirish va rejalashtirish, izolyatsiyalanuvchi qatlamlarni yopish va boshqa ishlar uchun eksqavatorlar, buldozerlar, zovurqazigichlar, katonlar va boshqa mashinalar qo‘llaniladi. 5.2-rasm Chiqindixonaga axlat tashash turli xil usullarda, mahalliy topografik sharoitlarga bog‘liq holda amalga oshiriladi: qatlam- qatlam qilib (20-30 sm) yetish katta qalinlikda qiya holda qatlam (2 m va undan ortiq) qilib sochiladi. Terrossalar bo‘yicha (jarliklarda) bir vaqtda to‘kish bilan va h.k. Izolyatsiyalovchi va qiyaliklar (yon tomonlar) chiqindi qatlamlari bo‘yicha. Izolyatsiyalovchi qatlamning qalinligi 25-30 sm qilib qabul qilinadi, qatlam materiali sifatida chiqindixonaning o‘zidagi qovurlardan olingan tuproq, chirimaydigan axlat, ko‘cha supurindisi va h.o. lar hizmat qiladi. Takomillashtirilgan chiqindixonalarda ishlarni tashkil etish uning yuzi, keltirilayotgan chiqindi hajmi chiqindixona sirti relefi, mexanik vositalarning mavjudligi va boshqa mahalliy vositalar bilan belgilanadi. Takomillashtirilgan chiqindixonalarni u bilan shahar aholi turar joylari orasi kamida 500 m bo‘lgan sanitariya – himoya hududida qurishga ruhsat etiladi. Chiqindini yoqish – bu tadbir to‘planayotgan chiqindining juda katta o‘lchamlari bilan, unga uzoqdan tashib kelishda katta xarajatlar bilan, chiqindini zararsizlantirish uchun yer uchastkalarini ajratishdagi qiyinchiliklar bilan o‘zini oqlaydi. Yoqish uchun mo‘ljallangan chiqindining namligi 60% dan yuqori bo‘lmasligi, kul xosil bo‘lishi 45-60% chegarasida bo‘lishi, chiqindisining yonadigan qismi kamida 20% ni tashkil etishi, chiqindining issiqlik berish qobiliyati kamida 800 kkal/kg bo‘lishi zarur, lekin issiqlik tarqatish qobiliyati 1000-2000 k kal /kg bo‘lgan chiqindi eng samarali hisoblanadi. Chiqindini faqat maxsus pechlarda kamida 600-1000 0 S da yoqishga ruxsat etiladi, yangi konstruksiyadagi pechlarda esa 1300-16000 S da yoqish mumkin. Chiqindi yoqiladigan pechlar oddiy pechlardan odatda nam chiqindini quritish moslamalari mavjudligi bilan farq qiladi. pechlar gaz tozalovchi qurilmalar bilan jihozlanadi. Zamonaviy chiqindi yoquvchi pechlar qo‘shimcha qurilmalari bilan birga bir nechta pechli to‘liq mexanizatsiyalashgan markazdan boshqariluvchi chiqindi yoquvchi stanitsiyalardan iborat. Uy (xonadon) chiqindisining barcha tarkibiy qisimlaridan uning organik qismini ham hisobga olganda, foydalanish uchun mo‘ljallangan chiqindini qayta ishlovchi zavodlar katta iqtisodiy ahamiyatga ega. Zavodning texnologik sxemasiga quyidagilar kiradi; chiqindini dastlabki tayyorlash, ikkilamchi xom ashyoni ajratish, chiqindini biologik qayta ishlash, chiqindining eski-tuskiga ajralmaydigan qismini yondirish. Chiqindi hillarga qarab ajratiladi; qora metal seporatorlar bilan ajratib olinadi, mayda mineral qismlar maxsus grantlarda va novlarga ajratuvchi barabanlarda ajratiladi; lashita, shisha, teri, rezina va shunga o‘xshash qismlar komvemerlarga qo‘lda birma – bir ajratiladi. Ajratilgan material dizenfiksiyalanadi, yuviladi, quritiladi, joylanadi va ishlab chiqarishga topshiriladi. Chiqindining qolgan organik qismi o‘g‘it uchun qayta ishlanadi yoki eski –tuskiga ajralmaydigan qismlari bilan birga maxsus pechlarda yoqib yuboriladi. Chiqindilarni qayta ishlovchi zavodlar xonadon chiqindisi va boshqa qattiq toshlanmalarni zararsizlantirish va qayta ishlash bo‘yicha kombinatlarni ifodalaydi. Kombinatlar shaxslarning turar joy hududlaridan kamida 500 m masofa joylashtiriladi. Chiqindini zararsizlantirishning uslub va usullarini to‘g‘ri tanlash juda muhim ahamiyatga ega. Odatda bu tanlov texnik iqtisodiy asoslamalar bilan birga olib boriladi. Tanlovning asosiy omillari quyidagilar hisoblanadi; chiqindining tarkibi xossalari va to‘planish hajmi; mahalliy sharoitlar – tuproq, temperatura, qor qoplami va h.o., sanitariya talablari - xonadon chiqindilarini o‘g‘it va ikkilamchi xomashyo sifatida foydalanish imkoniyatlari. Xonadon chiqindilarini zararsizlantirish va qayta ishlashning asosiy uslublariga chiqindixonalarni takomillashtirish va chiqindilarni zararsizlantirishning eng oddiy va keng tarqalgan usuli chiqindixonalar hisoblanadi. Mexanizatsiyalashgan va mukammal qurilmaga ega chiqindini qayta ishlovchi zavodlar sanitariya va texnik- iqtisodiy Ko‘rsatkichlari bo‘yicha samarali va foydalidir, chunki ular 5-6 yil ichida o‘zini oqlaydi. Download 1.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling