Shahar ko‘chalari va yo‘llarida, qishgi sirpanchiqlikka qarshi kurashish
Download 202.65 Kb.
|
10-amaliy
Shahar ko‘chalari va yo‘llarida, qishgi sirpanchiqlikka qarshi kurashish. Qishgi davr saqlash ishlarini tashkil qilish uchun avtomobil yo‘lining qishgi saqlash ishlari texnologik xaritasi tuzib olinadi. Qish davrida qor qatlamidan yo‘lni tozalash maqsadida qor kurash ishlari amalga oshiriladi. Yo‘lni qordan ximoyalash maqsadida qor bosishi mumkin xududlarda yo‘l bo‘ylab ximoyalovchi vositalar qo‘llaniladi. Bularga qor ushlovchi devorlar, to‘siqlar, panjarlar, qor ushlab qoluvchi daraxtlar misol bo‘ladi. Bundan tashqari qordan himoyalovchi inshootlar (t/b karkaslar, mustahkam polietilenli plyonka, galereyalar va boshqalar misol bo‘ladi.). To‘siqlardagi ushlab qolinadigan qor miqdori to‘siqning balandligiga bog‘liq: Nt = 0,34 +Nqor (11.1) shundan kelib chiqib tusiqlar balandligi 1,5-2,0 m gacha, agar qor ushlovchi devorlar bo‘lsa ularning balandligi 4-5 m gacha bo‘lishi mumkin. Qor ushlab qoluvchi daraxtlar qor tuplanish xajmiga qarab yo‘lga nisbatan ekish uzoqligi va daraxtlar qator soni belgilanadi, masalan qor kuchish xajmi 25 m3/m bo‘lganda yo‘ldan uzoqligi 15-25m, qatorlar soni 2 ta kengligi 4 m ni tashkil qiladi. Bu kursatkichlar qor kuchish xajmiga qarab oshib boradi, qor kuchib kelish xajmi 200 m3/m ga yetganda daraxtlar yo‘ldan uzoqligi 70 m, qatorlar soni 9 ta kengligi 22 m ni tashkil qiladi. Izlanishlar shuni ko‘rsatadiki qoplama ustki yuzasidagi qor qalinligi 3-5 sm bo‘lganda avtomobillar tezligi 60 km/s gacha kamayadi, qor qalinligi 25 sm dan oshganda deyarli harakat to‘xtaydi. Yo‘lni qordan tozalash ishlari maqsadi yo‘l poyidan qorni to‘liq surib tozalab tashlash va avtomobillar harakatini qulay va xavfsizligini ta’minlashdan iborat bo‘lib, bu ishlar yig‘ishtirilayotgan qor qalinligiga qarab bir qancha turlarga bo‘linadi: Patrulli qor tozalash, qor tozalash tezligi 25-80 km/s , yig‘ishtirilayotgan qor qalinligi 0,30 m gacha. Kuchaytirilgan qor tozalash (vallarni yuqotish, qor buron yotqiziqlarini tazalash va kichik qalinlikdagi qor uyumlarini tozalash, katta qalinlikdagi qor uyumlarini tozalash, qor kuchkilaridan tozalash.), qor tozalash tezligi 3-6 km/s , yig‘ishtirilayotgan qor qalinligi 0,30-1,0 m va undan katta. Patrulli qor tozalashda mashinalar uzliksiz harakatlanish (patrullik qilish) evaziga o‘z xizmat kursatayotgan uchastkasida qor to‘hamaguncha va qordan yo‘lni to‘liq tozalamaguncha davom etadi. Patrulli qor tozalashga qor yog‘ishi boshlangandan kirishiladi. Qorni tez va zudlik bilan tozalash lozim, chunki qor qatlami avtomobillar g‘ildiragi ostida zichlashib «snejniy nakat» xoliga kelishi mumkin. Shunning uchun bu ishda faqat avtomobilli qor tozalagichlardan foydalanamiz. Qor vallarini tozalashda rotorli qor tozalagichlar ishlatiladi. Uning qor uloqtirgichi yordamida qor vallari yo‘ldan uzoqroqqa uloqtiriladi. Bu ishda qisman avtogreyderlardan ham foydalanishimiz mumkin qaysiki qor valini bir yerga yitsishtirishda. Qor uyumlarini tozalashda qor tozalagich mashinalar kompleksidan foydalanamiz. 11.6‑rasm. Qorni tutib qoluvchi qurilmalarning ishlashia‑ uzluksiz; b‑ panjarasimon; I‑ esayotgan shamol yo‘nalishi; II‑ qorning birinchi uyumi; III‑ to‘siqlarni faol ishlash davri tugashi; IV‑ to‘siqlar qor bilan qoplangan va bashqa ishlamaydi. Download 202.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling