Shahar markazining ochiq maydonlarida landshaft elementlarini
Download 1.24 Mb.
|
SHAHAR MARKAZINING OCHIQ MAYDONLARIDA LANDSHAFT ELEMENTLARINI
SHAHAR MARKAZINING OCHIQ MAYDONLARIDA LANDSHAFT ELEMENTLARINI TASHKIL ETISH Xiyobon ko‘chatlari xiyobonning parametrlari va kun mobaynida maydondan (fazodan) foydalanish turiga hamda harakat tavsifiga (tranzit, sayr qilish) bog‘liq holda shakllantiriladi. 3.5-rasmda turli xil holatlar uchun xiyobonlarni rejali tashkil etish va ularni ko‘kalamzorlashtirishga doir misollar ko‘rsatilgan. Xiyobon qanchalik keng va uzun bo‘lsa, uning chetlariga shunchalik shakli keng va tez o‘suvchi jins qo‘llaniladi. Qalin daraxtlar tez birikadi va soya beruvchi to‘siq hosil qilib, piyodani issiq yoz kuni sharoitida himoya qiladi (3.5-rasm,a). Bir xil yoki turli xil jinsli tarkibdan ochiq ritmik uzilishli ko‘chatlarni yarim berk turdagi landshaftni shakllantirishda foydalanish mumkin (3.5-rasm, б). Mazkur usullar daraxtlarning yaxshiroq o‘sishi uchun, hududni shamollatish uchun, landshaftli - fazoviy kompozitsiyaning plastikligida aks etuvchi yorug‘lik va soyalarning samarali qo‘shilishi uchun imkon yaratadi. Agar hududlar, asosan kechki payt foydalaniladigan bo‘lsa, u holda xiyobon bo‘yicha harakat tez yoki sekin bo‘lishiga (sayr qilayotganda) bog‘liq bo‘lmagan holda landshaftni ochiq shakllantirish maqsadga muvofiqdir (3.5-rasm, в). Mazkur holda o‘simliklarni rejali joylashtirish tavsifini me’moriy – landshaftli kompozitsiyaning yo‘nalishiga bog‘liq holda cho‘ntaklar – kurdonerlar, chiziqlar yoki boshqa usullarni qo‘llanib har xillashtirish mumkin. Xiyobonlar orasiga markazlarning ochiq fazolarining salobatini ta’kidlovchi o‘tloqlar, gulpushtalar, favvoralar, kichik me’moriy yoki badiiy shakllar joylashtirilishi mumkin. Ammo bu yerda salobatlilik yagona maqsad bo‘lmasligi kerakligini ta’kidlash zarur. Markaz hududlar aholisining shahar muhitida dam olishi va bo‘sh vaqtini o‘tkazishni turli xil shakllantirishga bo‘lgan o‘sib borayotgan ehtiyojlariga xizmat ko‘rsatish uchun foydalanilishi kerak. Manzarali xiyobon va yo‘laklar piyodalar maydonlarini bog‘-park majmuasi va sohil bo‘yi hududlari bilan bog‘lashi mumkin. 47 3.5-rasm. Landshaft tashkil etish usullari: a – berk turdagi fazo uchun, б – yarim berk turdagi fazo uchun, в – ochiq turdagi fazo uchun: 1 – birinchi katta bo‘yli daraxtlar; 2 – ikkinchi katta bo‘yli daraxtlar; 3,4,5 – uchinchi katta bo‘yli daraxtlar; 6,7 – bordyur va gulzorlar; 8 – gazonlar; 9 – ariq va favvoralar; 10 – yo‘l va yo‘laklar. Gulpushtalar va maysazorlar markaziy maydonlarning landshaft dizaynining eng ko‘p tarqalgan elementlaridan biridir. Gulpushtalar va maysazorlarning landshaft kompozitsiyalarida muntazam geometrik yoki erkin shakllardan foydalaniladi. Odatda bitta, ikkita navli gul ekinlari ekilgan oddiy konfiguratsiyadagi yirik parterli gulxonalar juda kuchli taassurot qoldirishi ma’lum. Biroq oddiy ijod va dekorativ bezakning soddalashtirish bilan chegaralanmasligi kerak. Yirik maydonlardetallarining kattaligi va bezatish xarakteriga ko‘ra monoton, bir xil bo‘lmasligi Download 1.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling