Shahar qurilishi va loyhalash saoslar tushintrish xati


O‘zbekistonning istiqlol yillari arxitekturasi


Download 1.7 Mb.
bet2/6
Sana25.01.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1118413
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2 v uzb (1)

1. O‘zbekistonning istiqlol yillari arxitekturasi
Halqimizning azaliy orzusi ro‘yobga chiqib, 1991 yilda yurtimizda istiqlol quyoshi porladi. Halqimiz mustaqillikka erishdi. O‘zbekiston degan davlatni dunyo tanidi. Mamlakatimizda tarixan qisqa vaqt ichida amalga oshirilgan ulkan bunyodkorlik ishlari hech mubolag‘asiz asrlarga ta’tigulik bo‘ldi. Milliy istiqlol sharofati bilan mamlakatimz ulkan qurilish maydoniga aylandi. Mustaqillikka erishilgandan keyin tarixda birinchi marotaba 1995 yilda “Arxitektura va shaharsozlik” bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining qonuni qabul qilindi. Ushbu qonunni amalga oshirish va bajarish jarayonida qator imkoniyatlar paydo bo‘ldi. SHu asosda tarixni, madaniy boyliklarni, iqlimni, zilzila va umuman, hududimizga xos bo‘lgan holatlarni e’tiborga olgan holda 148 ta milliy – davlat “Qurilish me’yorlari va qoidalari” (QMQ) ishlab chiqildi. Ong va qalbimizdagi o‘zgarishlarning kundalik amliy hayotimizdagi ifodasini, ularning mamlakatimiz taraqqiyotiga ta’sirini bunyodkorlik ishlarining kundan-kunga quloch yozib borayotgani ayniqsa halqimizning g‘ayrat, shijoatini faxr va iftixor bilan ta’kidlash joizki shahar va qishloqlar qiyofasi tubdan o‘zgargani, zamonaviy jahon andozalari talabidagi yangi turar joy binolari, yoshlar o‘quv maskanlari, san’at dargohlari va yangi inshootlarning qad rostlagani fikrimizning yorqin dalilidir.
SHuning uchun ham haqli ravishda Istiqlol koshonalari degan yangi ibora vujudga keldi. 1991 yil 5 sentyabrdan boshlab O‘zbekiston Prezidentining farmoni bilan respublikaning markaziy maydoni Mustaqillik maydoni deb ataldi.
Mustaqillik maydoni eng muqaddas, eng ulug‘vor poytaxt arxitektura majmuining mahobatli qismidir. Mustaqillik monumenti timsoli - Er sharida O‘zbekiston Respublikasi xaritasining bo‘rtma tasviri aks ettirilgan. Birinshi yurtboshimiz tashabbusi bilan 2005 yilning dekabrida Mustaqillik maydonida «Baxtiyor ona» haykali o‘rnatildi.
Bosh maydondagi yana bir ulug‘vor ko‘rinish kashf etgan «Ezgulik» arkasidir. Uning zunligi 150 metr. Balandligi chekkalarida 10 m. Markaziy peshtoq qismi 12 metr bo‘lib, 16 ta oq marmar ustun bilan bezatilgan. Arkaning yuqori qismida, markazida shohsupaga o‘rnatilgan Er shari atrofidagi parvozga shay turnalar ramziy ma’no kasb etadi. Mamlakatning bosh maydoni - Mustaqillik maydoni o‘tmish, bugungi kun va kelajakning ifodasi bo‘lib, ular mazmunan bir-birlarini boyitgan.Mustaqillik maydonidagi har bir obida, har bir bino teran ichki ma’no-mazmun bilan to‘liq,. Respublika Oliy Majlis senatining qordek oppoq binosi ham mamlakat ulug‘vorligining ramzi sifatida ko‘zga tashlanadi.Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy bog‘i poytaxtning chinakam ma’naviy markaziga aylandi, hozir bu erda mamlakatning eng qutlug‘ bayramlari nishonlanadi. SHarq darvozasi - poytaxtimiz Nukus halqaro miqyosda siyosiy tadbirlar, ilmiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy anjumanlar o‘tadigan, shu bilan birga uzoq-yaqin mamlakatlardan keluvchi sayyohlarning qadami uzilmaydigan shaharga aylanib qoldi. Oliy Majlis binosi Alisher Navoiy nomidagi Milliy bog‘ hududida qad ko‘tardi. U Istiqlol saroyi, Abul Qosim madrasasi, Navoiy yodgorligi bilan uyg‘un holda betakror me’moriy majmua hosil qildi. Bu erdagi favvoralar, zilol suvli hovuzlar, keng hiyobonlar, ayniqsa oppoq, sarbaland ustunlar, oynavand devor, moviy gumbaz, mag‘rur hilpirab turgan O‘zbekiston bayrog‘i dillarga g‘urur baxsh etadi. Temuriylar tarixi Davlat muzeyida ham madaniy ham tarixiy me’rosimiz, muqaddas hisoblanmish qadimiy osori atiqalarimizni ko‘z qorachig‘iday avaylab-asrash, e’zozlashga katta ahamiyat berilmoqda. Poytaxtimizdagi muhtasham binolar orasida Temuriylar tarixi Davlat muzeyi o‘ziga xos go‘zallikka ega bo‘lib 1996 yilning 18 oktyabr kuni ochilish marosimi nishonlandi. Muzey binosi istiqlol ma’naviyatiga va Amir Temur dahosiga qo‘yilgan munosib haykal bo‘ldi. Hukumatimizning “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”ni amalda tadbiq qilish bo‘yicha mamlakatimizda yuzlab yangi kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar qad ko‘tardi. Ularning ko‘pchiligi “O‘zLITI” loyihalash tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan loyihalar asosida qurilib, ularga har bir tuman va viloyatlarning o‘ziga xos imkoniyati va sharoitlarini hisobga olgan holda me’moriy echimlar kiritilgan. Respublikamizdagi yirik loyihalash institutlari o‘rtasida o‘tkazilgan tanlov bo‘yicha “O‘zshaharsozlik LITI”, “Tashgiprogor” va boshqa tashkilotlar buyurtmalar olib, ular asosida qator loyihalar yaratdilar va foydalanishga topshirdilar. Andijon viloyatining Jarqo‘rg‘on tumanida “O‘zshaharsozlik LITI” loyihasi asosida bunyod etilgan 300 o‘rinli kasb-hunar kolleji, Nukus shahridagi sanoat kolleji, Urganch shahridagi engil sanoat kolleji, Buxoro shahridagi qurilish sanoat koleji, Zarafshon va Karmana shaharlaridagi kollejlar, Asaka va YAngiyo‘l shaharlaridagi akademik litsey va boshqalar bu borada o‘rnak bo‘la oladi. Umuman respublikamiz bo‘ylab yuzlab pedagogika, tibbiyot, iqtisodiyot, qishloq xo‘jaligi, maishiy xizmat kabi mutaxassisliklar bo‘yicha kollej va litseylar, maktablar qurilishi XXI asrga o‘tish yillaridan boshlab dadil qo‘yilgan qadamlardan biridir. Vatanimizni dunyo bilan bog‘laydigan, uzog‘ini yaqin qiladigan yo‘llar, aeroport (havo yo‘llari), er osti metro yo‘llari kabi qator inshootlar bunyod etilayotganini aytib o‘tish va tahlil qilish joizdir. “Buxoro” aeroporti yangidan tiklandi. Qurilish va qayta tiklash ishlari YAponiyaning “Jak” va “Shimidzu”, Turkiyaning “Aysel”, nemislarning “Siemens” va YUgoslaviyaning “Torsvik” firmalari tomonidan amalga oshirildi. Yo‘lovchilar uchun yangi terminallar qurildi, yoritgich-signal uskunasi o‘rnatildi. Halqaro maqomga ega bo‘lgan aeroport endilikda eng zamonaviy “Havo kemalari”ni har qanday ob-havo sharoitida ham qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Deyarli viloyatlardagi barcha aeroportlar qayta jihozlandi va zamonaviy qiyofa kashf etdi. Muhandislik inshootlari arxitekturasida ham ulkan zafarlar qo‘lga kiritildi. Poytaxtni vodiy bilan bog‘lab turadigan, qadimda Buyuk Ipak Yo‘li deb nom olgan Kamchiq dovoni orqali o‘tadigan yo‘l kengaytirilib tonnellar barpo etilib har qanday ob-havo sharoitida avtoulovlar bemalol harakatlana oladigan keng va ravon yo‘llar qurildi.

1.1. - rasm. Anjumanlar saroyi
Ko‘plab hashamatli binolar, sport saroylari, yopiq bozorlar,turar joy binolari, akademik litseylar, kollej, oliy ta’lim muassasalari binolari, zamonaviy ko‘cha va maydonlar, xiyobonlar va bog‘lar arxitektura va qurilish sohasidagi ishlarning keng ko‘lamidan dalolat berib turibdi.
“Inturist” aksionerlik jamiyatiga qarashli mehmonxona 1974-yilda qurilgan. Mehmonxona 17 qavatli, 495 xona bor (jami 930 o‘rinli). 2 qavatli blok restoran (450 o‘rinli 2 zal, 100 o‘rinli banket zali, 250 o‘rinli kafe, 100 o‘rinli tungi bar, 100 o‘rinli choyxona) asosiy korpusga tutashgan. Binoni qurishda zamonaviy va milliy me’moriy elementlar uyg‘unlashib ketgan (1.2. - rasm).

1.2. - rasm. O‘zbekiston mehmonxonasi

Milliy bank binosi O‘zbekiston mustaqil rivojlanishining ramzi sifatida ko‘kka bo‘y cho‘zgan. Bu binoning zamonaviy hajmiy kompozitsiyasi va dizayni yangi asr bo‘sag‘asida mamlakatimiz arxitekturasidagi yangi yo‘nalishlarni belgilab beradi (1.3.-rasm).



1.3. - rasm. Milliy bank binosi
Yoshlarning yana bir sport markazi bu - “Tennis korti” hisoblanadi. Bu “Tennis kort” teleminora yaqinida joylashgan bo‘lib, zilzilaga chidamli konstruksiyalardan tashkil topgan 1978-1985-yillarda Bo‘zsuv kanalining o‘ng sohilida balandligi 375 m bo‘lgan televizion minora qurildi (1.4. - rasm). Bu inshoot balandligi jihatidan MDH da Moskvadagi “Ostankino” televizion minorasidan keyin 2-o‘rinda, O‘rta Osiyoda 1-o‘rinda turadi. Bu televizion minora televizion programmalarning taxminan 100 km radiusda bevosita ko‘rsatilishini ta’minlaydi. Televizion minora hajmi 55500 m.kub, metall 6000 tonna, minora ustunidagi bino hajmi 15000 m.kub. Inshoot konstruktiv sxemasining echimi televizion minora quriladigan hududning 9 ballik seysmik rayondaligi bilan bog‘liq. Minora o‘zagi ichida tezyurar lift va kommunikatsiya shaxtalari, xizmat xonalari va evakuatsiya zinalari bor. Muhtaram yurtboshimiz etakchiligida mamlakatimizda ulkan qurilishlar olib borilmoqda, bu esa yurtimiz ko‘rkiga ko‘rk qo‘shmoqda, davlatimizning salobatini oshirmoqda.

1.4. - rasm. Televizion minora
Bugungi kunda arxitektura ijtimoiy-iqtisodiy, estetik, demografik va ko‘p asrlik tarixiy madaniyat an’analarining birligini tiklamoqda.
Ma’lumki, yangi turar joy, sanoat rayonlari va majmualarining qurilishi bilan bir qatorda bugungi kunda mavjud fondni modernizatsiyalash va qayta qurish masalalari muhim ahamiyatga egadir.

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling