Shahar va posiyolkalarni tashqi yoritish uskunalarini


Download 255.51 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana23.12.2022
Hajmi255.51 Kb.
#1047471
  1   2   3
Bog'liq
13 MAVZU. SHAHAR VA POSIYOLKALARNI TASHQI YORITISH ...



13-MAVZU. 
SHAHAR VA POSIYOLKALARNI TASHQI YORITISH USKUNALARINI 
ISHLATISH BO‘YICHA YO‘RIQNOMALAR 
Reja: 
13.1. Tashqi yoritish uskunalarini ishlatish bo„yicha yo„riqnomalar. 
13.2. Shahar va posiyolkalar tashqi yoritish uskunalariga qo„yiladigan talablar. 
13.3. Nazorat savollari. 
13.1. Tashqi yoritish uskunalarini ishlatish bo‘yicha yo‘riqnomalar 
Yoritish - ob

yektlarning koʻrinish sezgirligini yaxshilash yoki ularni yorugʻlik-
ka sezgir materiallarga tushirishni ta

minlash maqsadida ma

lum miqsorda yoritilgan-
likni yaratishdir. Yoritishning tabiiy, sun

iy va aralash turlari bor. Tabiiy yoritish, 
inson uchun eng qulay holat boʻlib, quyosh, osmon yoritqichlari, atmosfera elektr 
razryadlari va boshqalar bilan yaratiladi. Uylar va alohida xonalarda kerakli darajada 
yoritilganlikni ta

minlash uchun, ularning devorlari yorugʻlik oʻtkazadigan material-
lardan tayyorlanadi va derazalar tepasiga tuynuklar qilinadi. 
Shuning uchun, uylarni qurish jarayonida yorugʻlik tushishni toʻgʻri tanlash 
kerak. Odatda sun

iy yorug
„lik
, yoritish jihozlari va yoritish qurilmalari yordamida 
hosil qilinadi. Uning umumiy, mahalliy (ish joyini yoritish) va aralash, ish (har kuni 
ishlatish uchun) hamda avariya holatdagi turlari bor. Sun

iy yoritishlar aholi yashay-
digan joylar, transport harakatlanadigan magistrallar, koʻchalar, maydonlar va 
boshqalarga tatbiq etiladi. Xonalarni tabiiy va sun

iy yoritish qurilish me
„yor
lari va 
qoidalariga asoslanib bajariladi. 
O„zbekiston Respublikasi Prezidentining “O„zbekiston Respublikasi aholi 
punktlarini obodonlashtirishni yaxshilash yuzasidan qo„shimcha chora-tadbirlar 
to„g„risida” 2009-yil 22-yanvardagi PQ-1045-son qaroriga muvofiq Vazirlar 
Mahkamasining tashqi yoritish bo„yicha qarorida: 
1. Tashqi yoritish tarmoqlari elementlariga barcha turlardagi ko„chalarni 
yoritish tayanchlari va yoritgichlari, trost tortgichlar, bajaruvchi punktlar va takroriy 
yoqish punktlari, osma tarmoqlar va kabel vositasida 1000 Voltgacha elektr 



energiyasi uzatish tarmoqlari, dispetcherlik aloqasi, avtomatika va telemexanika 
apparatlari; 
2. Tashqi yoritish bo„yicha ishlarni tashkil etish ularni saqlash, mukammal va 
joriy ta„mirlash hamda foydalanishga doir boshqa ishlarni nazarda tutadi; 
3. Tashqi yoritish tarmoqlarini mukammal ta„mirlash loyiha-smeta hujjatlari 
va belgilangan tartibda tasdiqlangan aniq manzilli ro„yxatlarga muvofiq, ixtisos-
lashtirilgan pudrat tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi; 
4. Tashqi yoritish tarmoqlarini joriy ta„mirlashda quyidagi ish turlari amalga 
oshiriladi: 
- elektr lampalarini va ochiq yoritgichlardagi aks qaytaruvchilarni kompleks 
almashtirish, yoritgichlar, kronshteynlar, travers va tayanchlarning ushbu obye„ktdagi 
umumiy miqdorining ko„pi bilan 20 foizini tekshirib ko„rish va ta„mirlash; 
- elektr uskunalari, apparatlari, tarmoqlarini rejali-oldini olish jihatidan 
ta„mirlash va profilaktik sinab ko„rish, havo va kabelli tarmoqlarni, yerga ulash 
qurilmalarini, taqsimlovchi shchitlarni, avtomatika va telemexanika uskunalarini 
ta‟mirlash va almashtirish; 
- tashqi yoritish tarmoqlarining barcha elementlarini sozlash va ishlashini 
tekshirib ko„rish, boshqarish shkaflari, kronshteynlar, traverslar, oyoqchalar, 
tirgaklarni bo„yash, yaroqsiz holga kelgan kabellar, simlar va yoritgichlarning ushbu 
obye„ktdagi umumiy miqdorining ko„pi bilan 20 foizini almashtirish. 
5. Tashqi yoritish tarmoqlarini saqlash va ulardan foydalanish ishlari yorit-
gichlardagi elektr lampalarni, ishdan chiqqan yorug„lik tarqatgichlarni almashtirishni, 
yo„llarda, yo„lkalarda, hududlardagi yoritilganlik darajasini o„lchashni, elektr asbob-
uskunalarini profilaktik sinab ko„rishni, taqsimlash tarmoqlaridagi kuchlanish va 
fazalar bo„yicha yuklamalar darajasini tekshirishni, o„z vaqtida yoqish va o„chirishni, 
elektr energiyasini tejashni, tashqi yoritish elektr tarmoqlarining, asbob-uskunalar va 
inshootlarning soz holatdaligini nazorat qilish va texnik ko„rikdan o„tkazishni, elektr 
tarmoqlaridagi yoritish armaturasi va boshqa yoritishning texnik anjomlaridagi 
nosozliklarni tugatish tadbirlarini ishlab chiqish va joriy etishni nazarda tutadi. 

Download 255.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling