Shahar va posiyolkalarni tashqi yoritish uskunalarini


 Shahar va posiyolkalar tashqi yoritish uskunalariga qo‘yiladigan talablar


Download 255.51 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana23.12.2022
Hajmi255.51 Kb.
#1047471
1   2   3
Bog'liq
13 MAVZU. SHAHAR VA POSIYOLKALARNI TASHQI YORITISH ...

13.2. Shahar va posiyolkalar tashqi yoritish uskunalariga qo‘yiladigan talablar 
Sun„iy yoritish manbalari - ish bajarish vazifasiga ko„ra: ishchi, avariya va 



maxsus yoritilishlarga bo„linadi. 
Sanoat korxonalarida unumli ish sharoitini tashkil qilish va ishchilarni ish 
sharoitlarini yaxshilash maqsadida ko„zni toliqishdan saqlovchi yoritish vositalarini 
tashkil qilish, sanoat korxonalari oldiga qo„yilgan asosiy sanitariya-gigienik talabdir. 
Bunday sharoitlarni tashkil qilish uchun, sanoat korxonalarini yoritish tizimlariga 
quyidagi asosiy talablar qo„yiladi: 
- ish joylarini yoritish jarayoni sanitariya-gigienik me„yorlar asosida ish 
toifalariga moslashgan bo„lishi kerak. Ish joylarini maksimal yoritish albatta ish 
sharoitini yaxshilashga olib keladi; 
- ish olib borilayotgan yuzaga va ko„zga ko„rinadigan atrof-muhitga yorug„lik 
bir tekis tushadigan bo„lishi kerak. Chunki, agar ish olib borilayotgan yuzada va 
atrof-muhitda ko„zni qamashtiradigan jismlar mavjud bo„lsa, ishchining ko„zi ularga 
tushishi va qaytib ish zonasiga qaraganida ko„zining qamashishi va normal holatga 
qaytishiga ma„lum vaqt kerak bo„ladi; 
- ishchi yuzalarda keskin soyalar bo„lmasligi kerak. Chunki ish yuzasida keskin 
soyalarning bo„lishi, ayniqsa u soyalar harakatlanuvchi bo„lsa, bajarilayotgan obe„kt-
ning ko„rinishini yomonlashtiradi; 
- ishlab chiqarish zonalarida to„g„ri yoki yorug„lik qaytishi ta„sirida hosil 
bo„layotgan ko„zni qamashtirish holati bo„lmasligi kerak. Chunki ish zonalaridagi 
qamashish holati, ko„zni ko„rish qobiliyatini pasaytirib, ko„z qamashishi mumkin; 
- yoritilish miqdori vaqt bo„yicha o„zgarmas bo„lishi kerak. Yoritishning 
ko„payib-kamayishi, agar o„qtin-o„qtin ro„y beradigan bo„lsa, ko„zga zarar keltiradi
chunki ko„z yorug„lik o„zgarishlariga ko„nikishiga to„g„ri keladi; 
- yorug„lik yoritishlarini optimal yo„nalish bilan yo„naltirish kerak, bunda 
ma„lum holatlarda detalning ichki yuzalarini ko„rish va boshqa holllarda detal 
yuzasidagi kamchiliklarni yaxshiroq ko„rish imkoniyati tug„iladi; 
- yorug„likning lozim bo„lgan spektor tarkibini tanlash zarur. Bu talab material-
larning rangini aniq belgilash zarur bo„lgan hollarda muhim rol o„ynaydi; 
- yorug„lik qurilmalarida qo„shimcha xavfli manba bo„lmasligi kerak. Shuning 
uchun yoritish manbalari ajaratadigan issiqlikni va tovush chiqarishini maksimal 
darajada kamaytirish kerak; 
- yoritish qurilmasi ishlatish uchun qulay, o„rnatish oson va iqtisodiy samarador 



bo„lishi kerak. 
Energiya samaradorligi - barqaror energiya ta„minotining muhim omilidir. 
Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 20-oktyabrdagi “Energiyani tejaydigan lampa-
lar mahalliy ishlab chiqarilishini kengaytirish chora-tadbirlari to„g„risida”gi 299-sonli 
qaroriga binoan, yurtimizda elektr energiyasiga bo„lgan talabning ortib borishi sabab-
li yoqilg„i-energetika resurslarini iqtisod qilish masalasi nihoyatda dolzarb vazifaga 
aylanib bormoqda. Shu ma„noda energiyani tejaydigan uskuna va texnologiyalarni 
qo„llash va ulardan foydalanish orqali ham ushbu masalani qisman hal etish mumkin. 
Respublikamiz energetika strategiyasining muhim vazifalaridan biri aholini va 
mamlakat iqtisodiyotini energetika resurslari bilan to„liq va ishonchli ta„minlash, 
shuningdek energiya tejamkorligini rag„batlantirish hisoblanadi. Yoritish texnolo-
giyalarining rivojlanish istiqbollari tahlili natijasida, eng ilg„or yo„nalish sifatida 
ma„nan eskirgan cho„g„lanma chiroqlarni energiya tejamkorlariga almashtirish tan 
olingan. 
2006 yilda 125 yoshga to„lgan va insoniyat rivojida ulkan ahamiyat kasb etgan 
cho„g„lanma lampalar bugungi kunda mutlaqo eskirgan yorug„lik manbalari hisob-
lanadi. Dunyoning ko„pgina mamlakatlari, xususan, Koreya, Xitoy, AQSh, Yevropa 
Ittifoqi va MDH davlatlarida energiya samaradorligini ta„minlash va kechki 
maksimum yuklamalarni boshqarish, shuningdek elektr energiyasi to„lovi bo„yicha 
“ijtimoiy tariflar” tizimini joriy qilishda cho„g„lanma lampalardan foydalanishdan 
voz kechish bo„yicha tub chora-tadbirlar ko„rilmoqda. 
Shunday qilib, cho„g„lanma chiroqlarning ishlash tamoyilidan kelib chiqsak, 
ularning foydali ish koeffitsiyenti 5 foizdan kamroqni tashkil etadi. Bu - elektr 
energiyasining 95 foizi issiqlikka va faqatgina 5 foizi yoritishga sarflanishini 
anglatadi. Normativ bo„yicha ishlash muddati - 1000 soatga yaqin. 
Energiyani tejaydigan lampalarning ishlash davomiyligi cho„g„lanma lampalar-
ga nisbatan 10 barobarga ko„proq bo„lib, yorug„lik samaradorligi 4-5 barobar yuqori. 
Agar yoritish uskunalarining energiya samaradorligi ko„rsatkichi “lyumen/Vatt” 
cho„g„lanma chiroqlarda 1 Vt elektr quvvatiga 13 lm dan kam bo„lmagan miqdorni 
tashkil etsa, lyuminessent lampalarda 65 lm/Vt va svetodiod lampalarda 110 
lm/Vattni tashkil etadi. 
Cho„g„lanma chiroqlar kabi yoritish darajasiga ega bo„lgan energiyani tejaydi-



gan lampalardan foydalanilganda, elektr energiyasini iste„mol qilish 5 barobardan 
kam bo„lmagan miqdorda kamayadi. Jami sarflanayotgan elektr energiyasining 19 
foizdan kam bo„lmagan miqdori esa yoritishga sarflanadi. Hisob-kitoblar ko„rsatishi-
cha, hozirgi kunda iste„mol qilinayotgan elektr energiyasining 40-50% miqdorini 
energiya tejamkor texnologiyalar, zamonaviy yorug„lik manbalari va yoritish 
tizimlaridan foydalanish orqali iqtisod qilish mumkin (13.1-rasm). 

Download 255.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling