Shahardagi avtobus ishlarining asosiy elementlari


Marshrutlar tizimi va haydovchilar mehantini tashkil etish


Download 86.78 Kb.
bet2/9
Sana16.06.2023
Hajmi86.78 Kb.
#1499840
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Shahardagi avtobus ishlarining asosiy elementlari

2. Marshrutlar tizimi va haydovchilar mehantini tashkil etish.
Marshrut (yo‘nalish)lar tizimi deyilganda shahar, tuman yoki viloyat xududidagi passajirlarni ko‘plab tashuvchi barcha turdagi marshrutlar yigindisi tushuniladi.
Aholisi 250 mingdan ortiq bo‘lgan shaharlardagi turli passajir transportlarini eng oqilona yondoshtirish maqsadida shahar passajir transportining uzoq davrli (perspektiv, ya’ni 10-15 va undan ortiq yilda mo‘ljallangan) rejalari ishlab chiqilishi zarur. Bunday rejalar marshrutlar tizimini kompleks rivojlantirish masalalarini qamrab oladi.
Kompleks marshrut tizimi deyilganda barcha turdagi passajir transporti ish marshrutlari va yengil taksi avtomobillarining to‘xtash bekatlari yigindisi tushuniladi.
Shahar, tuman yoki viloyat ichi passajirlar tashish marshrutlari konfiguratsiyasi (joylashuvi) marshrutlar tarmogi deyiladi. Faqat avtobuslar qatnaydigan marshrutlar konfiguratsiyasi avtobus marshrutlari tarmogi deyiladi. Boshqa tur passajirlar transportining ham tegishlicha marshrut tarmoqlari bo‘ladi.
Marshrutlar tarmogi ko‘rsatkichlari. Shahar marshrutlari tizimiga qo‘yiladigan asosiy talablar: passajirlar shahar chegarasi ichida bir qatnovda yoki bir transport vositasidan ikkinchisiga o‘tishi minimal miqdorda bo‘lishi; shahardagi barcha yo‘nalishlarida bir qatnovga minimal vaqt sarflash; transport vositalaridan samarali foydalanish, ya’ni butun marshrutlar tarmogi bo‘yicha transport vositalarining tekis to‘lib ishlashi va boshqalar.
Marshrutlar tasnifi. Shahar passajir transporti marshrutlari transport turlari (avtobus, tramvay, trolleybus, metro va h.k.), marshrutlar tarmogidagi harakat yo‘nalishlari, harakat tezligi va ish rejimlariga binoan tasniflanadi.
Avtobus marshruti deyilganda avtobus va marshrutli taksilarning boshlangich va so‘nggi bekatlar oraligida belgilangan harakat yo‘llari tushuniladi. Shahar avtobus marshrutlari shahar xududidagi harakat yo‘llariga binoan ajratiladi.
Diametrial marshrutlar shaharning bir chetini ikkinchi cheti bilan shahar markaziy xududlarini kesib o‘tib, shahar markazini chetlari bilan hamda shahar chetki xududlarini o‘zaro boglaydi.
Radial marshrutlar shahar chetidagi so‘nggi nuqtadan markaz tomon yo‘nalgan bo‘ladi; bunday marshrutlar shahar chetlarini markaz bilan, chekka joylarni tuman markazlari yoki metro marshrutlari bilan boglaydi.
Yarim diametral marshrutlar shahardagi ikki tuman markazlarini o‘zaro boglaydi.
Halqasimon marshrutlar aylana yoki berk siniq chiziqdan iborat bo‘lib, shaharning o‘zaro aloqaga muhtoj tarqoq nuqtalarini birlashtiruvchi marshrutdir.
Tangensial marshrutlar shaharning ayrim tumanlarini markazga kirmay o‘zaro boglaydi.
Aralash marshrutlar yuqorida keltirilgan marshrutlarning bir necha elementlarini o‘z ichiga oladi.
Ishlash vaqtlariga ko‘ra marshrutlar doimiy va vaqtinchalik bo‘lishi mumkin. Doimiy marshrutlarda yil davomida va haftaning barcha kunlarida transport vositalari bir xil miqdorda qatnaydi. Vaqtinchalik marshrutlar esa muayyan mavsumda yoki zaruratga ko‘ra (masalan shanba va yakshanba kunlari dam olish uchun) tashkil qilinishi mumkin.
Odatda, har bir avtobus marshrutiga tartib raqami beriladi. Shahar marshrutlariga 1 dan 99 (yirik shaharlarda 199) gacha, shahar atrofi marshrutlariga 101 dan 199 gacha (201 dan 299 gacha) va shaharlararo marshrutlarga keyingi sonlar tartib raqamlari beriladi. Agar ekspress va tezlashtirilgan marshrutlar bo‘lsa, avtobuslar tartib raqamlariga «E» va «T», qisqatirilgan marshrutlarga esa «+» harflari qo‘shiladi.
Avtobus marshrutining sifat ko‘rsatkichlari. Avtobus marshrutlari harakati tashkil etishdagi passajirlarga xizmat ko‘rsatish darajasi va transport vositalaridan foydalanish samaradorligini belgilovchi asosiy sifat ko‘rsatkichlariga quyidagilar kiradi: harakat tezrigi, harakat intervali, salon sigimining to‘lganlik koeffitsiyenti, passajirlar almashish koeffitsiyenti va ularning o‘rtacha qatnov masofasi.
Harakat intervali deyilganda, marshrutdagi bekatlardan avtobuslarning ketma-ket o‘tish oraliq vaqti tushuniladi.

Download 86.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling