Shahardagi avtobus ishlarining asosiy elementlari
Download 86.78 Kb.
|
Shahardagi avtobus ishlarining asosiy elementlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6. Turli xildagi shahar passajir transportining asosiy texnik-ekspluatatsion ko‘rsatkichlari. 2-jadval
5. Shahar transport tarmogi.
Shahar mikrotumanlari yoki yirik transport uzellaridagi katta passajirlar oqimi passajir yo‘llari yoki marshrutlarini tashkil etish asosi bo‘lib, ular birgalikda shahar transport tarmogini tashkil etadi. Mavjud yirik shaharlarda passajirlarga xizmat qiluvchi shahar transporti turlari (metro, tramvay, troleybus va avtobus) ichida eng ko‘p tarqalgani avtobus transportidir. Passajirlar tashuvchi transportlarning u yoki bu turini qo‘llash, eng avvalo, uning tashish xususiyati, boshlangich kapital xarajatlar miqdori va tashish tannarxiga bogliqdir. Yirik shaharlarda passajirlar tashish transportining barcha turlaridan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bunda ular ishini muvofiqlashtirish va tashish ishlarini ularning texnik-ekspluatatsion ko‘rsatkichlariga ko‘ra taqsimlash lozim bo‘ladi (9-jadval). Texnik-ekspluatatsion ko‘rsatkichlariga ko‘ra passajirlar transporti har qaysi turining eng oqilona ishlatilish joylari bor. Juda katta quvvatli passajirlar oqimi mavjud bo‘lganida, ayniqsa, markaziy joylarda yer usti transporti ishini yengillashtirishda metroning xizmati beqiyosdir; metroning bir yo‘nalishi soatiga 50-60 ming kishilik passajirlar oqimiga xizmat qila oladi. Tramvay muhim ahamiyatli, katta quvvatli passajirlar oqimiga xizmat qiladi; metro yo‘nalishining davomi sifatida shahar tumanlarini shahar atrofi bilan boglashda ko‘pincha tramvaydan foydalaniladi; bir tramvay yo‘li, undagi vagonlar soniga ko‘ra, soatiga 15-18 ming passajirlarga xizmat qila oladi. Sutkasiga kamida 5 minglik passajirlar oqimi bo‘lgandagina tramvay yo‘llarini ko‘rish maqsadga muvofiqdir. Trolleybus passajirlar oqimi kam bo‘lmagan hollarda tramvayni shaharning asosiy yo‘nalishlarida almashtirishda hamda shaharni uning atrofi bilan birlashtirishda qo‘llaniladi; bir trolleybus yo‘li soatiga 5-9 minglik passajirlar oqimiga xizmat etishi mumkin. 6. Turli xildagi shahar passajir transportining asosiy texnik-ekspluatatsion ko‘rsatkichlari. 2-jadval
Avtobuslar shaharning markaziy xududlaridagi qisqa masofali qatnovlarda metro, tramvay va trolleybus yo‘nalishlariga qo‘shimcha, ya’ni mazkur marshrutlarni yanada to‘ldirish maqsadida ishlatiladi. Passajirlar transportining boshqa turlari bo‘lmagan yoki passajirlar oqimi kichik joylarda mustaqil avtobus marshrutlari xizmati tashkil etiladi; shahar Atrof shahar Atrofii passajir aloqalarini o‘rnatishda avtobus xizmatining alohida o‘rni bor. Bunda bir avtobus yo‘li soatiga 5-7 ming passajirlarga va parallel harakatlarda esa 10 ming passajirga xizmat qilishi mumkin. Download 86.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling