yangi qurilish hisoblanadi.
Mavjud ATKning filiali qurilishi, TXK va JT uchun mavjud bino va inshootlaming kengaytirilishi yoki
yangi qurilishi, shuningdek mavjud binoga qo'shimcha xonalar qo'shib qurilishi korxonani kengaytirish deyiladi.
Mavjud asosiy ishlab chiqarish, ma’muriy-maishiy va texnik bino va inshootlaming eskirgani yoki
talabga javob bermagani uchun qisman buzilib, o’niga takomillashgan yangi texnologik jarayonlami
tatbiq ctish, yangi rusiimli avtomobillarga TXK va JT hamda saqlash uchun yangi binolar qurilishi yoki
qo'shilishi qayta qurilish deb ataladi.
Ilg’or texnologik jarayonlami, jihozlami, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish
majmui vositalarini, elektronhisoblash texnikalarini tatbiq etish natijasida ITBning samaradorligini
oshirish korxonani texnik qayta jihozlash deyiladi.