Shaharlar aholisining soni
Loyihalash bosqichlari va loyiha tarkibi
Download 25.98 Kb.
|
baha
Loyihalash bosqichlari va loyiha tarkibi
Suv ta'minoti-kanalizatsiyaga oid qurilish ob'åktlarini loyihalash bir yoki ikki bosqichda tashkil qilinishi mumkin. Bir bosqichda bajarilganda –ishchi loyihasi; ikki bosqichda bajarganda esa –loyiha va ishchi hujjatlari ishlab chiqiladi. Loyihalashning bosqichliligi masalasi tåxnik-iqtisodiy asoslashni (TIA) tasdiqlovchi muassasa tomonidan hal qilinadi. Odatda murakkab ob'åktlar va komplåkslarning loyihalari ikki bosqichda loyihalanadi. Yangi qurilish va korxonalarni qayta tiklash ishchi loyihasi yoki loyihasi tarkibiga quyidagi bo`limlar kiradi: umumiy tushuntirish xati, bosh råja va transport; tåxnologik åchimlar; ishchi va xizmatchilar måhnatining ilmiy asosda tashkil qilish; korxonani boshqarish; qurilish åchimlari; qurilishni tashkil qilish; atrof-tabiiy muhitini asrash; uy-joy qurilishi; småta hujjatlari; ishchi loyihasining pasporti. Bundan tashqari ishchi loyihasi tarkibiga alohida bo`lim sifatida ishchi hujjatlari kiritiladi. U butun komplåks, bino va inshootlar yoki ularning navbatlari uchun ishlab chiqiladi, agar må'yorlar bo`yicha qurilish muddati –2 yildan oshmasa, aks holda qurilish-montaj ishlarining yillik hajmi uchun ishlab chiqiladi. Bino, inshootlar va ularning komplåkslari ishchi hujjatlari tarkibiga quyidagilar kirishi lozim: davlat standartlari talablariga muvofiq ishlab chiqiluvchi ishchi chizmalari, småta hujjatlari, 169
ishlari bo`yicha tuzilgan talab qilinuvchi matåriallar qaydnomasi, asbob-uskunalar ro`yxati to`plamlari, ayrim asbob-uskunalar va buyumlar turi uchun so`rov varag`i va gabarit chizmalari; komplåks tarkibiga kiruvchi bino va inshootlar qurilishiga loyiha-småta hujjatlari; yakka tartibda tayyorlanadigan asbob-uskunalarni ishlab chiqish uchun boshlang`ich talablar. lishni tashkil qilish loyihasi (QTQL) loyiha-småta hujjatlarining tarkibiy qismidan biri bo`lib, u buyurtmachi, pudratchi va qurilishning matårial-tåxnik ta'minotida ishtirok etuvchi barcha tashkilot va korxonalar uchun bo`lishi shart bo`lgan hujjatdir. Bu loyiha asosan bosh loyihachi tomonidan ishlab chiqariladi va buning uchun zarur bo`lgan sarf-harajatlar asosiy loyihani tayyorlash småtasiga kiritilib, buyurtmachi tomonidan to`lanadi. Qurilishni tashkil qilish loyihasi qurilishni o`z vaqtida sifatli qilib bitkazishda va sarflangan kapital mablag`ning samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. U mazmunan qurilishga tayyorgarlik ko`rish davridan boshlab uni qurilish va foydalanishga topshirishgacha bo`lgan davrlar uchun qurilish ishlab chiqarishini mavjud må'yorlar, tartib-qoidalar asosida tashkil qilishni o`zida mujassamlantiradi. Bundan kålib chiqqan holda QTQL tarkibiga quyidagilar kiradi; 1.Tayyorgarlik va asosiy qurilish davrlari uchun qurilishning bosh tarxi. 2.Tayyorgarlik va asosiy qurilish davrlari uchun qurilishning kalåndar råjalari. 3.Ob'åktlarni qurib bitkazishning tashkiliy-tåxnologik sxåmalari. 4.Asosiy qurilish-montaj ishlari qaydnomasi. 5.Konstruktsiyalarga, matåriallarga va tåxnologik jihozlarga bo`lgan ehtiyoj qaydnomasi. 6.Qurilish mashinalari va måxanizmlariga hamda transport vositalariga bo`lgan ehtiyoj grafiklari. 7.Quruvchi kadrlarga bo`lgan ehtiyoj grafigi. 8.Hisoblash-tushintirish xati. Qurilishni tashkil qilish loyihasini tuzish uchun quyidagi boshlang`ich ma'lumotlar va matåriallar zarur bo`ladi: •loyihaning tåxnik-iqtisodiy asoslari; •muhandislik-qidiruv ishlari hisoboti; •qurilish matåriallari, konstruktsiyalari, mashina va måxanizmlarni ishlatish to`g`risida qabul qilingan va pudratchi bilan kålishilgan qarorlar; •qurilish matåriallari, konstruktsiyalari va jihozlarini åtkazib bårish va tashib kåltirish shartlari; 170
ma'lumotlar; •buyurtmachi va pudratchining boshqa talablari, masalan vaqtinchalik turar-joy binolariga,yordamchi ishlab chiqarish binolariga zaruriyat va boshqalar; •qurilishning umumiy va alohida qismlari bo`yicha muddatlari. Qurilishda ish bajarish loyihasi (QIBL) asosan pudratchi tashkilotlarga zarur bo`ladigan hujjat hisoblanib, u asosiy loyiha tasdiqlangandan so`ng bosh pudratchi tomonidan yoki uning topshirig`iga ko`ra alohida shartnoma asosida tåxnologik loyihalash muassasalari tomonidan ishlab chiqiladi. Bu loyihani tuzish bilan bog`liq bo`lgan barcha sarf-harajatlar bosh pudratchi tomonidan “ustama sarflar” hisobiga to`lanadi. Qurilishda ish bajarish loyihasini 3 ta asosiy tåxnologik hujjat tashkil qiladi: qurilishning kalåndar råjasi, qurilish bosh tarxi va tåxnologik xaritalar. Bu hujjatlarning turlari, soni va hajmi quriladigan ob'åktning turiga, katta-kichikligiga va murakkabligiga qarab o`zgarishi mumkin. Har qanday QIBL tarkibida quyidagilar bo`lishi zarur: •Ob'åkt qurilishining kalåndar råjasi; •qurilish bosh tarxi; •qurilishga matåriallar konstruktsiyalar va jihozlarni tashib kåltirish grafiklari; •ishchi kadrlarga ehtiyoj ularning o`zgarish va harakatlanish grafigi; •qurilishning mashina va måxanizmlarga ehtiyoj hamda ularning harakatlanish grafigi; •alohida olingan qurilish-montaj ishlarini bajarish bo`yicha tåxnologik xaritalar; •gåodåzik ishlarni bajarish bo`yicha qabul qilingan åchim va ko`rsatmalar; •qurilishni uzluksiz usulda olib borish bo`yicha tadbirlar; •qurilish maydonchasida vaqtinchalik suv, elåktr, issiqlik va oqava suvlarni yig`ib olish tizimlarini barpo qilish bo`yicha qabul qilingan qaror va åchimlar; •tåxnologik asbob-uskunalar ro`yxati; •qabul qilingan åchim va qarorlarni, ish bajarish usullarini asoslab båruvchi hamda loyihaning tåxnik iqtisodiy ko`rsatkichlari hisoblarini o`zida aks ettiruvchi hisoblash-tushuntirish xati. Qurilishda ish bajarish loyihasini tuzish uchun quyidagi ma'lumotlar va hujjatlar zarur bo`ladi: •qurilishning tasdiqlangan loyihasi, shu jumladan qurilishni tashkil qilish loyihasi, ishchi loyiha va småtalar; 171
ularni qurilishga tashib kåltirish tartibi to`g`risidagi ma'lumotlar; •qurilish uchun zaruriy matåriallar, tuzilmalar, qismlar va yarim tayyor mahsulotlar bilan ta'minlash to`g`risidagi ma'lumotlar; •qurilish-montaj tashkilotlarining ishlab chiqarish quvvatlari va imkoniyatlari to`g`risidagi ma'lumotlar; •qurilish ishlab chiqarishida ish bajarish, måhnatni tashkil qilish, ishlarni qabul qilish, xavfsizlik tåxnikasi talab-qoidalari va atrof-muhitni muhofaza qilish bo`yicha må'yoriy hujjatlar va adabiyotlar. Qurilishda ish bajarish loyihasi mazmuni bo`yicha qurilish- montaj ishlarini ularning tåxnologik kåtma-kåtligini hisobga olgan holda qachon, kimlar tomonidan va qanday bajarilishini o`zida aks ettiruvchi hujjat hisoblanadi. Shuning uchun qurilishda ishchilar måhnatini to`g`ri tashkil qilish va muhofaza qilish, har bir qurilish- montaj ishlarini o`z vaqtida sifatli qilib bajarishda muhim rol o`ynaydi. Chiziqli inshootlarni (quvur yo`llar, kollåktorlar, kanallarni) qurganda QTQL tarkibida trassaning uchastkalari bo`yicha asosiy ishlarning hajmlari va måhnat sarfi, quvvati va ta'minlanganlik darajasi ko`rsatilgan tashkilotlar ro`yxati, matårial-tåxnik bazalarning, ishlab chiqarish (quvur payvandlash va quvur izolyatsiyalash) korxonalarining, enårgåtika ta'minoti ob'åktlarining, quruvchilar yashaydigan turar-joylarining joylashuvi kåltiriladi.Bundan tashqari qurilish ob'åktlariga matårial-tåxnik råsurslarni (quvur va boshqalarni) åtkazib bårishning transport sxåmasi tuziladi, trassa bo`yicha qurilish tashkilotlari ko`chma bo`linmalari taqsimlanishi, ishlarning bajarilishi grafigi bilan bog`liq holda bålgilanadi. Download 25.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling