Shaharlar aholisining soni


Yangi shahar qurilishi va mavjud shaharni kengaytirish uchun quyidagilarni hisobga olish lozim


Download 25.98 Kb.
bet4/6
Sana13.02.2023
Hajmi25.98 Kb.
#1194114
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
baha

Yangi shahar qurilishi va mavjud shaharni kengaytirish uchun quyidagilarni hisobga olish lozim:
- odamlar hayoti uchun joyning eng qulay tabiiy sharoitlarini; - atrof-muhit muhofazasi talablarini; - sanoat, turar-joy, transport va qurilishning boshqa turlarini; - maydonning sifatiga bo’lgan talablarini; - sanoat korxonalarining ishlab chiqarish faoliyati uchun qulay sharoitlar yaratish va aholi hayotini eng ko’p qulayliklar bilan ta’minlash nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda shahar asosiy qismlarining o’zaro joylashishi sharoitlarini; - hududlarni muhandisona tayyorlash va obodonlashtirish sharoitlarini; - qurilish iqtisodiyoti talablarini hisobga olish kerak.
. Shahar loyihasining asosiy prinsiplari va xususiyatlari. Shaharning rejaviy strukturasini shakllantirishda muhim sharoiti avvalo asosiy funksional hududlari – sanoat va yashash hududlariga bog’liq holda uning kelajakda rivojlanishini (perspektiva) hisobga olishdir. Agar shahar aholi joylari guruhli tizimining tashkil etuvchisi sifatida qaralsa, bu shaharning kelajakda rivojlanishini hisobga olish tumanni rejalashtirishdan boshlanadi. Shaharning asosiy hududlarini rivojlantirish qo’shni shaharlar rivojlanishiga xalaqit bermaydigan va ular bilan hududiy qo’shilib ketmaydigan yo’nalishda amalga oshiriladi. Shaharning kengayishi uchun maxsus hududlar ajratiladi. Shaharni tashkil etuvchi asosning kengayishi taxminlari, bir kishiga turar-joy maydoni me’yorining o’sishi, tabiiy-iqlimiy omillar ta’siri, shaharning iqtisodiy-geografik joylashishi, uning ma’muriy-madaniy va ilmiy ahamiyatidan kelib chiqib ushbu hududlarning o’lchamlari va shaharning umumiy rejaviy tuzilishidagi o’rni aniqlanadi. Shaharning asosiy hududlari uchun kelajakda talablarning me’yorlari mavjud. Ular ming kishi hisobiga aniqlanadi. SHaharning asosiy qurilish massivi ichida barcha qurilish turlari uchun hudud 15-20 ga/ming kishi, yashash hududi uchun 10-12 ga/ming kishi hisobida ajratiladi. Amaliyotda shaharning asosiy hududlarining bir nechta o’ziga xos hududiyfazoviy rivojlanish sxemasi shakllandi. Bular: sektorli, parallel, ikkita sanoat-yashash majmualari va aholi joylarining guruhli tizimida
Shaharlarning tipologiyasini belgilovchi eng muhim alomatlarini ko’rib chiqamiz: - xalq xo’jaligi sohasi; - aholi soni; - iqtisodiy-geografik o’rni; - paydo bo’lish va rivojlanish davrlari. Shaharlarni xalq xo’jaligi vazifalariga qarab klassifikatsiyalash va tipologiyasi ularning eng muhim xususiyatlarini aks ettiradi: Ko’p funksiyali shaharlar - ma’muriy-xo’jalik, madaniy va iqtisodiy funksiyalarni o’zida muvofiqlashtiruvchi, hamda rivojlangan sanoat va transportga ega. Bular - poytaxtlar, viloyat markazlari va boshqa yirik shaharlar (ularda yuqoridagi sanab o’tilgan funksiyalarning har biri) shaharsozlik ahamiyatiga ega. Bu turdagi shaharlar muhim tuman tashkil etuvchi markazlardan bo’lib, keng va xilma-xil aloqalarga, murakkab hudud tuzilishiga egadirlar. Tumanlararo ahamiyatli sanoat va transport funksiyalari ustun bo’lgan shaharlar. Bu turdagi shaharlarni sanoat, transport va sanoat-transport shaharlarga ajratish mumkin. Sanoat shaharlarining turlari xilma-xil. O’zida turli sanoat tarmoqlarini birlashtirgan shaharlar keng tarqalgan bo’lib, ular asosan rivojlangan sanoat tumanlarida paydo bo’ladilar, tez rivojlanadilar va murakkab hududiy tarkibga egadirlar. Ko’pgina sanoat shaharlari tor sanoat ixtisosligiga ega, masalan: metallurgiya sanoatining, mashinasozlik, kimyo sanoatlarining markazshaharlari. Boshqa funksiyalar ustun bo’lgan shaharlar - asosan mahalliy markazlar vazifasini bajaruvchi kichik shahar joylari. 50 Kurort, ilmiy markaz, temir yo’l tugunlari vazifasini bajaruvchi shaharlar.

Download 25.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling