Shaharni me’moriy-badiiy kompozitsiyasi
Me’moriy ansambl, dinamika, shakl va boshqa xususiyatlar
Download 19.09 Kb.
|
SHAHARNI ME
6.2. Me’moriy ansambl, dinamika, shakl va boshqa xususiyatlar.
Memoriy ansamblni qurishda imoratlarning qavatini, shaklini, uzunligini, enini, silueti, rangi va xokazolarni tanlash katta ahamiyatga ega. Ochiq makonlarning o’lchamlari, shakli, proporsiyalari, yoritilganligi, dinamikasi yoki statikasi, rang koloriti va boshqa xususiyatlarining ahamiyati ham kam emas. Shaharsozlarning eng murakkab vazifalaridan biri - shaharning u yoki bu ansambllarini vizual qabul qilish uchun ma’lum bir sharoitlar yaratish, erkin maqonlar tizimini, turar-joy massivlari, ish joylari, jamoat mar azlari va dam olish joylari orasidagi shahar ichi aloqalarini hal etish. Bunda erkin makonlar roli juda katta. 150151 Garmoniya va birlik har qanday me’moriy ansambl qurilishining majburiy sharti hisoblanadi. Ular metr va ritm, o’xshashlik, kontrast yoki nyuans, simmetriya yoki assimmetriya, rang, proporsiya, masshtab, va masshtablilik kabi kategoriyalardan foydalanish kerakligini bildiradi. Ritm – turar-joy tumanlari markazi va jamoat joylari me’moriymakoniy kompozitsiyasida makonning yo’nalishi dinamikasini va o’lchamlarini bildiradigan vosita sifatida qo’llaniladi. Metr - ritmning eng oddiy shakli. M.Ginzburg: ritm - shakllarning makoniy taqsimlanishiga rahbarlik qiladigan va u yoki bu guruhlarni tashkil etadigan, bir joyda yig’adigan va zichlashtiradigan, boshqa joyda kamaytiradigan, yuqoriga ko’tariladigan va pastga tushadigan asosiy kuch, qonuniyatlarning kompleksidir deb aytgan edi. O’xshashlik, nyuans va kontrast makonning me’moriy uyg’unlashuvchi vositalar bo’lib, birgalikda makoniy birlik qurish vositasi sifatida xizmat qiladi. O’xshashlik - bir xil elementlarning qaytarilishi, kurilishni sanoatlashtirishning ajralmas xususiyati. Nyuans farqlar - detallar o’zgarishida ko’rinadi. Kontrast farqlardan farqli o’larok, aniq bilinadigan me’moriy mavzuga ega emas. Makonni me’moriy tashkil etishning muhim vositalaridan bo’lib kotrast xizmat qiladi, u shaharsozlikda makonning ma’lum bir qismini belgilovchi aksent, markaz sifatida harakat yo’nalishini o’zgartiruvchi, to’xtatuvchi vazifasini o’taydi. Aksentlarning ritmik va metrik joylashishi turar-joy muhitini tashkil etadi, aksentlarning yagonaligi bosh ansamblning joylashuvini ko’rsatadi. Aksentlarning ko’pligi esa turar-joy muhitining ancha murakkab makoniy tuzilishi xaqida dalolat beradi. Aksentlarning tasodifiy joylashishi me’moriy g’oyaning tushunarliligini buzadi va binolarning shaharsozlik ahamiyatini pasaytiradi. Me’moriy ifodalilik va makonni tashkil etish vositalariga simmetriya va assimmetriyani ham qo’shish mumkin. Har qanday simmitriya uning 152 elementlarining simmetriya o’qiga nisbatan o’xshashlik yoki nyuans munosabatlari bilan belgilanadi. Assimetrik kompozitsiya uning asosiy elementlarining kontrast munosabatlarida ikkinchi darajali qismlarida o’xshash elementlarga ega bo’lishi mumkin. Assimetrik echimda tomoshaviy, makoniy muvozanat taasurotini yaratish ayniqsa muhim. Proporsiya, rang, me’moriy shakl (siluet) yuqorida sanab o’tilgan asosiy vositalar: ritm, o’hshashlik, kontrast, aksenti nisbatan ikkinchi darajali hisoblanadi va ularning me’moriy ahamiyatini yanada ko’proq ochishda foydalaniladi. Qurilmalar uyg’unligini baholashning muhim mezoni bo’lib uning masshtabliligi xizmat qiladi. Masshtablilik - bu shakllarning yiriklik darajasini inson o’lchamiga mutanosiblikda nisbatlashga tushuniladi. Download 19.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling