Shahboz Mamarajabov Moliyaviy risklarni boshqarish
Download 20.46 Kb.
|
1-topshiriq ESSE
Shahboz Mamarajabov Moliyaviy risklarni boshqarish. Topshiriq ESSE Hozirgi kunga kelib iqtisodiyotning barcha sohalarida risk atamasi keng yoyilib kelmoqda bunga asosiy sabab sifatida esa, noaniqliklar sonining kundan kunga ortib borishi va qilinayotgan pragnozlarning amalga oshmasligi sababli moliyaviy risklar hajmi ko’payib bormoqda. Bu turdagi risklarni kamaytirish, tadbirkorlik subektlari faoliyatini maksimal darajada qo’llab-quvvatlash, mamlakatimizda bankrotlik holatlarini kamaytirish maqsadida 2017-2018-yillardan boshlab sinov fan sifatida Toshkent Moliya Institutida bakalavr yo’nalishi uchun “Moliyaviy risklar nazariyasi” fani va magistrlarga “Moliyaviy risklarni boshqarish” fani o’tilmoqda. Moliyaviy risklarni boshqarish fanini o’tilishidan eng asosiy maqsad yosh magistrlarni malakasini oshirish va kelajakda yuzaga keluvchi turli xildagi xavflarni ko’ra biluvchi yoki ularni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarga tayyorgarlik ko’ra oluvchi mutaxassis kadrlarni tayyorlab berishdan iboratdir. Moliyaviy risklarni boshqarish fanida qator vazifalar keltirilgan bo’lib, ularning asosiy mohiyati korxona faoliyatida yuzaga keluvchi risklarni oldini olishga qaratiladi. Risklar doimo kompaniyaga zarar keltiradi deyish noto’g’ri lekin, ba’zi qilinadigan katta risklar o’z o’rnida yuqori daromad olib kelishi yoki korxona faoliyatini bankrotlikka uchratishi mumkin. Moliyaviy risklar o’z o’rnida bir qator turlari mavjud bo’lib, ular sirasiga bozor riski, likvidlilik riski, valyuta riski, kredit riski, foiz riski kabilarni kiritishimiz mumkin. Bozor risklari bu umumiy iqtisodiyotda yuzaga keluvchi barcha sohalarni o’zida aks ettirib, bu risk qolgan risklarga ko’ra xavfliroq va mamlakatning umumiy holatini salbiylashtirishi va iqtisodiy regressiya olib keladi. Likvidlilik riski bozor riskiga qaraganda biroz yengilroq kechadi, chunki unda asosan bitta korxona faoliyatida yuzaga keluvchi risk hisoblanadi. Bu turdagi risklar asosan korxonaning o’z majburiyatlarini to’liqligicha yopa olmayotganida yuzaga keladi va bu iqtisodiyotda siklik tebranishga olib keladi. Valyuta riski barcha turdagi korxonalarga o’z ta’sirini ko’rsatmaydi va bu turdagi risklar asosan importyor va eksportyor korxonalarga ta’sir ko’rsatadi. Bu holatda valyuta kursidagi tebranishlar korxonalarga moliyaviy faoliyatdan daromad yoki yo’qotishlar bo’limida aks ettiriladi. Kredit riski bu korxona tomonidan olingan kreditni o’z vaqtida qaytara olmaslik bilan yuzaga keladi, bunda korxona o’zining kreditorlik qarzlarini o’z vaqtida yopilmasligi va boshqa faktorlar asosida kredit riskiga duchor kelishi mumkin. Foiz riski bu turdagi risk asosan moliyaviy instrumentlardagi uzoq va yaqin, ochiq va yopiq valyuta pozitsiyalarida yuzaga keluvchi risk hisoblanadi. Bu yerda asosiy yo’qotish xavfi ma’lum bir instumentning bozordagi bahosiga qarab qolishi bilan harakterlanadi. Moliyaviy risklar noaniqliklar tizimidan iborat bo’lib, bu noaniqliklardan qochib ketish uchun asosan ehtimollik nazariyasidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Moliyaviy risklarni oldini olish maqsadida bir qator usullardan foydalanish maqsadga muvofiqdir va ular sirasiga risklardan qochish, risklarni birlashtirish, risklarni o’tkazish, risklarni xedjerlash, risklarni diversifikatsiyalash kabi usullardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Risklardan qochish bu korxona o’z faoliyatida yuzaga kelshi mumkin bo’lgan potensial riskka qo’l urmasligi tushuniladi. Risklarni birlashtirish deganda mavjud riskni bir necha korxonalar bilan kelishgan holda o’z bo’yniga olish ko’zda tutiladi. Bunda risklar o’z o’rnida olingan foizlar yoki birlashtirigan foizlar hajmiga ko’ra zararni to’laydi yoki foyda oladi. Risklarni o’tkazish deganda olingan riskni bir korxona boshqa korxonaga o’tkazib ushbu riskdan forig’ bo’ladi. Risklarni xedjerlash asosan moliyaviy instrumentlar orqali savdo qilingan taqdirda yuzaga keluvchi riskni sug’urtalab qo’yish orqali yuzaga keladi. Risklarni diversifikatsiyalash o’z o‘rnida bir necha faoliyat sohalariga mablag’ tikib, birisidan zararga kirsa, ikkinchisidan foyda kelishini izohlaydi. Umuman olganda risklar har qanday holatda ham yuzaga keladi. Bunga misol qilib keltiradigan bo’lsak, korxonaning hamkorlari xom-ashyoni o’z vaqtida yetkazib bermasligi ham bu katta risk bo’lib, bu asosida korxonada Tovar aylanishi tushadi va o’z debitorlariga qarzlarini vaqtida yetkazib bera olmasligini ko’rishimiz mumkin. Yuqoridagilarni inobatga olgan holda “Moliyaviy risklarni boshqarish” fani magistrantlarga kelajakda yuzaga keluvchi risklarni samarali boshqaruvchi xodimlarni iqtisodiyotga yetkazib berishni o’zida aks ettiradi. Download 20.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling