Korxonalarda moliyaviy risklarni boshqarish
Download 100.32 Kb.
|
Korxonalarda moliyaviy risklarni boshqarish-fayllar.org
Korxonalarda moliyaviy risklarni boshqarish 11-MAVZU: “KORXONALARDA MOLIYAVIY RISKLARNI BOSHQARISH” Reja: Moliyaviy risklar iqtisodiy mohiyati va tasniflanishi Moliyaviy risklarni boshqarish metodlari va prinsiplari Moliyaviy risklarni neytrallashtirishning ichki mexanizmlari Moliyaviy risklarni miqdoriy baholash ko‘rsatkichlari Moliyaviy risklarni sifat jihatdan baholash va boshqarish amaliyoti Tayanch so`z va iboralar: risk, risklarni boshqarish, limitlash, ikki tomonlama netting, fyuchers shartnomalari, XEDJERLASH, risk xaritasi, ierarxiya, risk ustuvorligi, ehtimollik, variatsiya koeffitsienti, dispersiya, investitsion risk, inflyatsion risk, foiz riski. Moliyaviy risklar iqtisodiy mohiyati va tasniflanishi Har bir insoniy faoliyat xavf-xatarlardan xoli emas, xususan iqtisodiy faoliyat ham. Iqtisodiy faoliyatdan koʻzlangan maqsadlarga yerishishga turli xil risklar bevosita oʻzining salbiy ta’sirini koʻrsatadi. Korxonalarning moliyaviy-xoʻjalik faoliyati koʻp sonli moliyaviy risklardan holi emas. Korxonalarda moliyaviy risklar belgilangan maqsadlarni amalga oshirishning noaniqligi sharoitida moliyaviy faoliyatdan koʻzlangan maqsad natijalariga yoʻnaltirilgan mulkdorlar yoki moliyaviy menejerlar tomonidan qabul qilingan muqobil moliyaviy qarorlarni tanlashning iqtisodiy zarar (moliyaviy yoʻqotish)lar keltirish ehtimolini oʻzida aks ettiradi. Risklarning asosiy belgilari boʻyicha tasniflanishini quyidagi jadvalda keltiramiz (1-jadval). 1-jadval Korxonalarda moliyaviy risklarning asosiy belgilari boʻyicha tasniflanishi
Bunday belgilar boʻyicha tasniflash risklarni boshqarish jarayonidagi tabaqalanishning asosiy parametrlarida koʻzga tashlanadi. Bir vaqtning oʻzida risklarning aniq turi tavsifi ularning doimiy harakati haqidagi tasavvurni beradi va risklarning paydo boʻlish darajasini hamda ular boʻyicha mumkin boʻlgan moliyaviy yoʻqotishlar darajasini baholash imkonini beradi. Moliyaviy risklarning turlari boʻyicha xilma-xilligi ularni tasniflash tizimida keng diapazonda aks etadi. Shuni qayd etish kerakki, yangi moliyaviy texnologiyalarning yuzaga kelishi, yangi moliyaviy instrumentlardan va boshqa innovatsion omillardan foydalanish mos ravishda moliyaviy risklarning yangi koʻrinishlari yuzaga kelishiga sabab boʻladi.
1-rasm.Moliyaviy risklar asosiy turlari Download 100.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling