Korxonalarda moliyaviy risklarni boshqarish


Download 476 Kb.
bet1/19
Sana01.05.2023
Hajmi476 Kb.
#1419448
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
MAVZU 11...


11-MAVZU: “KORXONALARDA MOLIYAVIY RISKLARNI BOSHQARISH”

Reja:
Moliyaviy risklar iqtisodiy mohiyati va tasniflanishi


Moliyaviy risklarni boshqarish metodlari va prinsiplari
Moliyaviy risklarni neytrallashtirishning ichki mexanizmlari
Moliyaviy risklarni miqdoriy baholash ko‘rsatkichlari
Moliyaviy risklarni sifat jihatdan baholash va boshqarish amaliyoti

Tayanch so`z va iboralar: risk, risklarni boshqarish, limitlash, ikki tomonlama netting, fyuchers shartnomalari, XEDJERLASH, risk xaritasi, ierarxiya, risk ustuvorligi, ehtimollik, variatsiya koeffitsienti, dispersiya, investitsion risk, inflyatsion risk, foiz riski.




Moliyaviy risklar iqtisodiy mohiyati va tasniflanishi
Har bir insoniy faoliyat xavf-xatarlardan xoli emas, xususan iqtisodiy faoliyat ham. Iqtisodiy faoliyatdan koʻzlangan maqsadlarga yerishishga turli xil risklar bevosita oʻzining salbiy ta’sirini koʻrsatadi. Korxonalarning moliyaviy-xoʻjalik faoliyati koʻp sonli moliyaviy risklardan holi emas.
Korxonalarda moliyaviy risklar belgilangan maqsadlarni amalga oshirishning noaniqligi sharoitida moliyaviy faoliyatdan koʻzlangan maqsad natijalariga yoʻnaltirilgan mulkdorlar yoki moliyaviy menejerlar tomonidan qabul qilingan muqobil moliyaviy qarorlarni tanlashning iqtisodiy zarar (moliyaviy yoʻqotish)lar keltirish ehtimolini oʻzida aks ettiradi. Risklarning asosiy belgilari boʻyicha tasniflanishini quyidagi jadvalda keltiramiz (1-jadval).
1-jadval
Korxonalarda moliyaviy risklarning asosiy belgilari boʻyicha tasniflanishi



Tasniflanish belgisi

Tasniflanishi

1.


Tavsiflanadigan ob’ekti boʻyicha



1.1. Alohida moliyaviy operatsiyalar riski

1.2. Moliyaviy faoliyatning turli koʻrinishlari
boʻyicha risklar

1.3. Yaxlit korxona moliyaviy risklari

2.


Tadqiq qilinadigan
instrumentlar majmui boʻyicha

2.1. Individual moliyaviy risklar

2.2. Portfel moliyaviy risklar

3.

Oʻzaro uygʻunligi boʻyicha

3.1. Oddiy moliyaviy risklar

3.2. Murakkab moliyaviy risklar

4.

Yuzaga kelish manbalari boʻyicha

4.1. Tashqi yoki tizimli risklar

4.2. Ichki yoki tizimsiz risklar

5.


Moliyaviy oqibatlari boʻyicha



5.1. Faqat iqtisodiy zarar yetkazuvchi risklar

5.2. Foydaning kamayishiga ta’sir etuvchi
risklar

5.3. Iqtisodiy yoʻqotishlarga sabab boʻluvchi







yoki qoʻshimcha daromadlilik risklari

6.

Vaqt jihatdan paydo boʻlish
tavsifiga koʻra

6.1. Doimiy moliyaviy risklar

6.2. Vaqtinchalik moliyaviy risklar

7.


Yuzaga kelish ehtimoli darajasi boʻyicha



7.1. Yuzaga kelish ehtimoli past darajada
boʻlgan moliyaviy risklar

7.2. Yuzaga kelish ehtimoli oʻrtacha darajada
boʻlgan moliyaviy risklar

7.3. Yuzaga kelish ehtimoli yuqori darajada
boʻlgan moliyaviy risklar

7.4. Yuzaga kelish ehtimolini aniqlash
mumkin boʻlmagan moliyaviy risklar

8.


Moliyaviy yoʻqotishlar darajasi boʻyicha



8.1. Yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan (ta’siri
kam) moliyaviy risklar

8.2. Keskin moliyaviy risklar

8.3. Halokatli moliyaviy risklar

9.


Oldindan koʻra bilish imkoniyati boʻyicha

9.1. Prognozlashtiriladigan moliyaviy risklar

9.2. Prognozlashtirilmaydigan moliyaviy
risklar

10.

Sugʻurtalash imkoniyati
boʻyicha

10.1. Sugʻurtalanadigan moliyaviy risklar

10.2. Sugʻurtalanmaydigan moliyaviy risklar

Bunday belgilar boʻyicha tasniflash risklarni boshqarish jarayonidagi tabaqalanishning asosiy parametrlarida koʻzga tashlanadi. Bir vaqtning oʻzida risklarning aniq turi tavsifi ularning doimiy harakati haqidagi tasavvurni beradi va risklarning paydo boʻlish darajasini hamda ular boʻyicha mumkin boʻlgan moliyaviy yoʻqotishlar darajasini baholash imkonini beradi.


Moliyaviy risklarning turlari boʻyicha xilma-xilligi ularni tasniflash tizimida keng diapazonda aks etadi. Shuni qayd etish kerakki, yangi moliyaviy texnologiyalarning yuzaga kelishi, yangi moliyaviy instrumentlardan va boshqa innovatsion omillardan foydalanish mos ravishda moliyaviy risklarning yangi koʻrinishlari yuzaga kelishiga sabab boʻladi.
Korxonalar moliyaviy-xoʻjalik faoliyati yuzaga kelishi mumkin boʻlgan moliyaviy risklarning asosiy turlari quyidagilar (1-rasm).


1-rasm.Moliyaviy risklar asosiy turlari



Download 476 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling