Korxonalarda moliyaviy risklarni boshqarish


Download 476 Kb.
bet6/19
Sana01.05.2023
Hajmi476 Kb.
#1419448
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
MAVZU 11...

Risklardan qochish amaliyotida korxona tomonidan quyidagilarga e’tibor qaratiladi:
risklilik darajasi yuqori boʻlgan moliyaviy operatsiyalardan voz kechish;
shartnoma majburiyatlarini tizimli ravishda buzib kelayotgan hamkorlardan voz kechish;
yuqori miqdordagi qarz kapitalidan foydalanishdan voz kechish;
past likvidli aylanma aktivlardan yuqori darajada foydalanishdan voz kechish;
vaqtincha boʻsh pul mablagʻlaridan qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalarda foydalanishdan voz kechish.
Operatsiyalar boʻyicha chegaralar belgilash amaliyotida esa quyidagilarga e’tibor qaratiladi:
qarz mablagʻlaridan foydalanish boʻyicha chegara belgilash (oʻz mablagʻlariga nisbatan);
yuqori likvidli aktivlar minimal chegarasini belgilash;
iste’mol va tijorat kreditlarining bitta xaridor boʻyicha maksimal miqdorini belgilash;
bitta bankka joylashtirish mumkin boʻlgan maksimal depozit miqdorini belgilish;
emitentlarga nisbatan qimmatli qogʻozlar boʻyicha maksimal moliyaviy qoʻyilmalar miqdorini belgilash;
debitorlik qarzi boʻyicha maksimal muddatni belgilash.
Xedjirlash orqali moliyaviy risklarning oldini olish quyidagilardan foydalanish orqali amalga oshiriladi:
fyuchers shartnomalaridan foydalanish orqali xedjirlash;
opsionlardan foydalanish orqali xedjirlash;
svop operatsiyalaridan foydalanish orqali xedjirlash.
Diversifikatsiyalash amaliyoti bevosita risklarni taqsimlash imkoniyatini yuzaga keltiradi va bu jarayon quyidagilar orqali amalga oshirilishi mumkin:
moliyaviy faoliyat turlarini diversifikatsiyalash;
valyuta portfelini diversifikatsiyalash;
depozit portfelini diversifikatsiyalash;
kredit portfelini diversifikatsiyalash;
qimmatli qogʻozlar portfelini diversifikatsiyalash;
real investitsiyalash dasturlarini diversifikatsiyalash.
Risklarni taqsimlash moliyaviy operatsiya ishtirokchilari oʻrtasida amalga oshiriladi va bu amaliyot quyidagi jarayonlarda tashkil etilishi mumkin:
risklarni investitsion loyiha ishtirokchilari oʻrtasida taqsimlash;
xom ashyo va materiallar boʻyicha risklarni mol yetkazib beruvchilar va xaridor oʻrtasida taqsimlash;
lizing munosabatlarida asosiy vosita ma’naviy eskirishini lizing oluvchi va lizing beruvchi oʻrtasida taqsimlash.
Shuningdek moliyaviy risklarni neytrallashtirishning ichki mexanizmlaridan hisoblanuvchi boshqa metodlar sifatida quyidagilarni ham keltirish mumkin:
moliyaviy jarimalar yoki chegirmalar qoʻllash;
kafolatlar olish;
fors-major holatlari roʻyxatini qisqartirish.


Moliyaviy risklarni miqdoriy baholash ko‘rsatkichlari
Albatta kelgusidagi hodisalar oqibatlarini oldindan aniq prognoz qilish mushkul sanaladi. Biroq riskni baholashda kelgusidagi ehtimolli natijalar va ularni qo‘lga kiritish imkoniyatlarini miqdor ko‘rsatkichlar orqali ifodalash kerak hisoblanadi.
Eng sodda ko‘rinishda bunday ifoda barcha ehtimolli natijalar qiymati va ularni amalga oshirish ehtimolligidan iborat bo‘ladi.
Misol uchun ikkita «A» va «V» firmalarning aksiyalarini sotib olish imkoniyatini ko‘rsak. Aksiyalar bo‘yicha faraz qilinadigan daromadlilikning qiymati va ularning ehtimolligi haqida olingan ekspert baholari quyidagi 2-jadvalda ko‘rsatilgan.
jadval
Aksiyalar bo‘yicha daromadlilik qiymati va ularning ehtimolliyligi



Prognoz

Ehtimollik, r

Aksiyalar daromadliligi, %


Download 476 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling