Korxonalarda moliyaviy risklarni boshqarish
Download 476 Kb.
|
MAVZU 11...
t – ko‘rilayotgan davr;
𝛼𝑡 – t vaqt davomida aktiv (portfel) qiymati yoki daromadining standart chetlanishi; α – ishonchlilik (haqqoniylik)ning tanlangan darajasi. Ehtimolli yo‘qotishlarni baholashdan tashqari VaR ko‘rsatkichi va uning analoglari moliyaviy tashkilotlar tomonidan kapitalni boshqarishda, shuningdek, riskni hisobga olgan holda korrektirovka qilingan samaradorlik mezonlari (Risk- adjusted Performance Measurement — RAPM)ni aniqlash uchun foydalaniladi. Bularni orasidan eng ko‘p tanilgani – bu kiritilgan kapital daromadliligining risk bo‘yicha korrektirovka qilingan ko‘rsatkichi (Risk-adjusted Return On Capital — RAROS) hisoblanadi. Birinchi bor Bankers Trust guruhi tomonidan taklif qilingan. Eng sodda ko‘rinishida RAROS sof foydani uning VaRiga nisbati sifatida aniqlanadi: 𝑁𝑃 𝑅𝐴𝑅𝑂𝐶 = 𝑉𝑎𝑅 (5.14) Hozirgi kunda ushbu ko‘rsatkich amaliyotda keng tadbiq qilinmoqda. Moliyaviy risklarni baholashning miqdoriy ko‘rsatkichlardan tashqari amaliyotda maxsus usullarga asoslangan sifatiy ko‘rsatkichlari ham qo‘llaniladi. Moliyaviy risklarni sifat jihatdan baholash va boshqarish amaliyoti Nafaqat dunyo hamjamiyatida balki mamlakatimizda ham iqtisodiyot sub’ektlari o‘z faoliyatlari davomida riskka duch kelishadi. Riskning zarar keltirish ehtimolligi mavjudligi sababli, u iqtisodiyot sub’ektlari tomonidan boshqarilishi va nazorat qilinishi kerak. Moliyaviy risklarni tahlil qilish, baholash va boshqarish tizimi korxonaning strategik boshqarishning markaziy qismi hicoblanadi. 39 Moliyaviy risklarni boshqarishning asosiy maqsadi – kompaniya qiymatini maksimallashtirish jarayoniga hissa qo‘shish, ya’ni o‘zining moliyaviy resurslarini to‘liq (qisman) saqlab qolish yoki kutilayotgan foydaga erishish hisoblanadi. Bu korxonaning moliyaviy xolatiga ta’sir etuvchi potentsial “salbiy” va “ijobiy” omillarni aniqlashni anglatadi; korxona oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishish uchun yutuq ehtimolini oshiradi va yo‘qotishlar ehtimolini minimallashtiradi. Moliyaviy risklarni boshqarish boshqaruv organi tomonidan qabul qilinib tasdiqlanishi kerak hamda korxonaning har bir xodimiga joylarda konkret vazifalarni belgilash orqali umumiy rivojlanish dasturi sifatida etkazilishi kerak. Moliyaviy risklarni boshqarish yaxlit tizim sifatida qo‘yilgan vazifalarni bajarilishi ustidan nazorat dasturini, olib borilayotgan tadbirlar samaradorligini baholashni, shuningdek korxonaning har bir bo‘g‘inida rag‘batlantirish tizimini o‘z ichiga oladi. Moliyaviy risklarni boshqarish sohasi keng bo‘lib, turli rivojlanayotgan komponentlardan (tarkibiy qismlardan) iborat va ulardan eng muhimi – bu riskni baholash hisoblanadi. Qiymat risk va daromadlilikning funksiyasi hisoblanadi, ya’ni naoniqlik sharoitida har bir qabul qilinadigan qaror qiymatni oshirishi, o‘zgarishsiz saqlab qolishi yoki pasaytirishi mumkin. Shundan kelib chiqib risk qiymatga erishish uchun katta ahamiyatga ega sanaladi va strategik yo‘naltirilgan kompaniyalar an’anaviy riskka yondashuvdan farqli ravishda riskni bartaraf etishga va hatto uni minimallashtirishga ham intilishmaydi. Aksincha bunday kompaniyalar o‘zlarini barcha tashkiliy qismlari bo‘ylab riskka uchrashni boshqarishga harakat qilishadi, ya’ni ma’lum bir davr uchun ular strategik maqsadlarga samarali erishishga kerakli riskni maqbul darajada qabul qilishadi. Buni optimal riskni qabul qilish zonasi deyiladi va grafik ko‘rinishi 2-rasmda tasvirlangan. Ushbu riskni qabul qilish zonasini aniqlash zarurati esa riskni baholash muhimligini ifodalaydi. Shu yo‘l bilan korxonalar har bir riskni korxonaning umumiy maqsadiga erishish uchun ta’siri qanday bo‘lishini tushunadi va nazorat qiladi. SAMARASIZ OPTIMAL ORTIQCHA RISK QABUL RISK QABUL RISK QABUL Korxonaning kutilayotgan qiymati RISK DARAJASI 2-rasm. Optimal risk qabul qilish zonasi. Buni bajarish uchun korxonalarga amaliy, barqaror va tushunish oson bo‘lgan riskni baholash jarayoni kerak hisoblanadi. Jarayon tartibli va tizimli ko‘rinishda amalga oshirilishi kerak bo‘ladi. Uning ko‘lami korxonaning hajmiga, faoliyat qamroviga va geografik joylashishiga muvofiq bo‘lishi kerak. Korxona ko‘lamidagi riskni boshqarish (ERM - enterprise-wide risk management) nisbatan yangi fan sohasi bo‘lib40, qo‘llanish texnikasi oxirgi o‘n yilliklarda rivojlanib kelmoqda. Riskni sifatiy baholash jarayoni. COSO ERM41 doirasida riskni baholash – bu risk yuz berish hodisasini aniqlashdan keyingi va risk bilan bog‘liq holatga munosabat berishdan oldingi jarayon hisoblanadi. Uning maqsadi – boshqaruv diqqatini eng ahamiyatli tahdidlar va imkoniyatlarga qaratish uchun hamda riskli holatga javob reaksiyasiga asos solish uchun risk kattaligi (ko‘lami)ni baholashdan iborat. Riskni baholash – imkoniyatlardan voz kechmasdan yoki haddan tashqari nazoratni oldini olmasdan belgilangan riskni qabul qilishning chegaraviy qiymati doirasida risk darajasini boshqarish uchun risk bo‘yicha hisoblashlar va risklarni darajalari bo‘yicha ustuvorligini belgilash hisoblanadi. Riskni baholash mexanizmini ishga tushiradigan tepki vazifasini bajaruvchi hodisalar o‘z ichiga korxonadagi riskni boshqarish dasturini joriy etish, davriy yangilanish, yangi loyihani boshlash, qo‘shib olish, birlashish, tugatilish yoki yirik restrukturizatsiya qilishlar kiradi. Ba’zi risklar yuqori dinamikaga ega hisoblanadi va muntazam nazorat qilishni hamda baholab borishni taqozo etadi. Boshqalari esa aychayin statik sanalib, davriy asosda nazorat bilan birga qayta baholab borishni talab qiladi. rasm. Riskni baholash jarayonining bosqichlari Riskni aniqlash (aynanlashtirish). Risk (yoki hodisa)ni aniqlash jarayoni riskni baholashdan oldingi bosqich bo‘lib, u xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar, korporatsiyalar mutasaddilari hamda kapital qo‘yilmalari loyihalari uchun risk kategoriyalari (moliyaviy va strategik) va sub-kategoriyalari (bozor, kredit, operatsion va likvidlik)dan iborat bo‘lgan risk bo‘yicha to‘liq ma’lumot yig‘ish imkonini beradi. Bu bosqichda butun bir tarmoq korxona riskining tavcifini ishlab chiqishi uchun risklar majmuini aniqlashi kerak hisoblanadi. Har bir risk qamrab olinishi ijroiya boshqaruvi uchun biznesni ma’lum bosqichida muhim bo‘lsa-da, ushbu aniqlangan ro‘yxatdagi risklar ularning darajalariga qarab ustuvorligi boshqaruv va kengash fikrini asosiy risklarga qaratish uchun belgilanishini talab etadi. Risklarni ustuvorligi bo‘yicha tabaqalash esa riskni baholash orqali amalga oshiriladi. Baholash mezoni. Riskni baholash jarayoni doirasidagi birinchi amal bu baholashning umumiy mezonlarini ishlab chiqish hisoblanadi. Risklar va imkoniyatlar odatda ta’sir ko‘rsatishi va sodir bo‘lish ehtimolligiga qarab baholanadi. An’anaviy risk tahlili bo‘yicha risk – ehtimollik va ta’sir darajasining funksiyasi sifatida ko‘riladi. Haqiqatdan ham bu o‘lchovlar muhim hisoblanadi, biroq kutilmagan hodisalar tez-tez sodir bo‘lsa, ko‘plab kutilgan hodisalar esa sodir bo‘lmay qoladi. Yomon tarafi shundaki, kutilmagan hodisalar katta tezlikka sodir bo‘ladi. Lekin ta’sir ko‘rsatish va sodir bo‘lish ehtimolligi alohida ko‘rilsa, umumiy holatni to‘liqligicha ifodalay olmaydi. Risk qanchalik tez paydo bo‘lishi, unga qanchalik tez javob qaytarilishi yoki risk oqibatidan qayta tiklana olish va qay davrgacha riskka dosh bera olish kabi savollarga javob tariqasida kompaniyaning riskka moyillik hamda risk sodir bo‘lish tezligining masshtabini o‘lchash kerak bo‘ladi. Riskli vaziyatga nisbatan korxona zaiflik (moyillik) darajadasini o‘lchash orqali riskni qabul qilish zaruratini aniqlashi mumkin. Riskli vaziyat qanchalik tez sodir bo‘lishini aniqlash orqali unga reaksiya qilish va moslashish tezligi kerakliligini bilib olinadi. Baholash shkalasini ishlab chiqish. Taqqoslash standarti (mezoni)siz korxona risklarini umumlashtirish (yaxlitlash) va ularni o‘zaro taqqoslash imkoni bo‘lmaydi. Amaliyotda risklarni ta’sir ko‘rsatish, sodir bo‘lish ehtimolligi va shu kabi boshqa o‘lchovlariga qarab ularni shkalasini ishlab chiqiladi. jadval Download 476 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling