Korxonalarda moliyaviy risklarni boshqarish
Download 100.32 Kb.
|
Korxonalarda moliyaviy risklarni boshqarish-fayllar.org
Risklardan qochish amaliyotida korxona tomonidan quyidagilarga e’tibor qaratiladi:
risklilik darajasi yuqori boʻlgan moliyaviy operatsiyalardan voz kechish; shartnoma majburiyatlarini tizimli ravishda buzib kelayotgan hamkorlardan voz kechish; yuqori miqdordagi qarz kapitalidan foydalanishdan voz kechish; past likvidli aylanma aktivlardan yuqori darajada foydalanishdan voz kechish; vaqtincha boʻsh pul mablagʻlaridan qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalarda foydalanishdan voz kechish. Operatsiyalar boʻyicha chegaralar belgilash amaliyotida esa quyidagilarga e’tibor qaratiladi: qarz mablagʻlaridan foydalanish boʻyicha chegara belgilash (oʻz mablagʻlariga nisbatan); yuqori likvidli aktivlar minimal chegarasini belgilash; iste’mol va tijorat kreditlarining bitta xaridor boʻyicha maksimal miqdorini belgilash; bitta bankka joylashtirish mumkin boʻlgan maksimal depozit miqdorini belgilish; emitentlarga nisbatan qimmatli qogʻozlar boʻyicha maksimal moliyaviy qoʻyilmalar miqdorini belgilash; debitorlik qarzi boʻyicha maksimal muddatni belgilash. Xedjirlash orqali moliyaviy risklarning oldini olish quyidagilardan foydalanish orqali amalga oshiriladi: fyuchers shartnomalaridan foydalanish orqali xedjirlash; opsionlardan foydalanish orqali xedjirlash; svop operatsiyalaridan foydalanish orqali xedjirlash. Diversifikatsiyalash amaliyoti bevosita risklarni taqsimlash imkoniyatini yuzaga keltiradi va bu jarayon quyidagilar orqali amalga oshirilishi mumkin: moliyaviy faoliyat turlarini diversifikatsiyalash; valyuta portfelini diversifikatsiyalash; depozit portfelini diversifikatsiyalash; kredit portfelini diversifikatsiyalash; qimmatli qogʻozlar portfelini diversifikatsiyalash; real investitsiyalash dasturlarini diversifikatsiyalash. Risklarni taqsimlash moliyaviy operatsiya ishtirokchilari oʻrtasida amalga oshiriladi va bu amaliyot quyidagi jarayonlarda tashkil etilishi mumkin: risklarni investitsion loyiha ishtirokchilari oʻrtasida taqsimlash; xom ashyo va materiallar boʻyicha risklarni mol yetkazib beruvchilar va xaridor oʻrtasida taqsimlash; lizing munosabatlarida asosiy vosita ma’naviy eskirishini lizing oluvchi va lizing beruvchi oʻrtasida taqsimlash. Shuningdek moliyaviy risklarni neytrallashtirishning ichki mexanizmlaridan hisoblanuvchi boshqa metodlar sifatida quyidagilarni ham keltirish mumkin: moliyaviy jarimalar yoki chegirmalar qoʻllash; kafolatlar olish; fors-major holatlari roʻyxatini qisqartirish. Moliyaviy risklarni miqdoriy baholash ko‘rsatkichlari Albatta kelgusidagi hodisalar oqibatlarini oldindan aniq prognoz qilish mushkul sanaladi. Biroq riskni baholashda kelgusidagi ehtimolli natijalar va ularni qo‘lga kiritish imkoniyatlarini miqdor ko‘rsatkichlar orqali ifodalash kerak hisoblanadi. Eng sodda ko‘rinishda bunday ifoda barcha ehtimolli natijalar qiymati va ularni amalga oshirish ehtimolligidan iborat bo‘ladi. Misol uchun ikkita «A» va «V» firmalarning aksiyalarini sotib olish imkoniyatini ko‘rsak. Aksiyalar bo‘yicha faraz qilinadigan daromadlilikning qiymati va ularning ehtimolligi haqida olingan ekspert baholari quyidagi 2-jadvalda ko‘rsatilgan. jadval Aksiyalar bo‘yicha daromadlilik qiymati va ularning ehtimolliyligi
Ma’lumki, voqealarni rivojlantirishning ko‘plab turli xil stsenariylarini qo‘rish mumkin. U yoki bu hodisaning sodir bo‘lish oqibatlarini ta’riflashga qulay va universal yondashuv – bu barcha mumkin bo‘lgan tasodifiy qiymat (masalan,daromadlilik) uchun uning amalga oshish ehtimolliyligini belgilashdan iborat hisoblanadi. Bu qoida tasodifiy qiymatning ehtimolli taqsimot qonuni deb nomlanadi. X tasodifiy qiymatning FX(x)ehtimolli taqsimot funksiyasi deb shunday funksiyani aytiladiki, unda berilgan har qanday x ifodasiga {X} hodisa
𝑋
Taqsimot funksiyasi yoki tasodifiy qiymatning ehtimolli zichligini bilib olgach, uning sodir bo‘lish qiymatining aniqlik darajasi va unga mos keladigan hodisalar haqida xulosalar qilish mumkin. Amaliyotda ko‘plab masalalarni echish uchun ko‘pincha tasodifiy qiymatning ba’zi parametlarini bilish etarli hisoblanadi. Ulardan eng muhimlari – bu o‘rta yoki kutilayotgan qiymat (matematik kutilish), dispersiya va standart (o‘rtacha kvadratik) chetlanishlar hisoblanadi. Tasodifiy ifodaning o‘rta (kutilayotgan) qiymati. 35 X tasodifiy ifodaning ehtimolli taqsimotini asosiy ko‘rsatkichi bu – o‘rta yoki kutilayotgan qiymat (expected value – E(X)) hisoblanadi. X tasodifiy ifodaning E(X)o‘rta (kutilayotgan) qiymati uning barcha mumkin bo‘lgan qiymatlarini amalga oshirish ehtimolligi bilan tortilish orqali aniqlanadi va quyidagi formula orqali hisoblanadi: Bu erda
𝐸(𝑋) = ∑ 𝑥𝑖 ∗ 𝑝𝑖 𝑖=1 Download 100.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling