Korxonalarda moliyaviy risklarni boshqarish
Download 100.32 Kb.
|
Korxonalarda moliyaviy risklarni boshqarish-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Risk o‘zaro bog‘liqlik xaritasiga namuna.
- Risklarni boshqarishda infrastrukturaviy holat bo`yicha turlari
- Risklarni boshqarishda hayotiylik jarayonlari;
43 Frederic Funston and Stephen Wagner, Surviving and Thriving in Uncertainty (Hoboken, N.J: John Wiley & Sons, Inc., 2010), 69.
Izoh: EBIT (Earnings before interest and taxes) – foiz va soliq to‘lovlaridan oldingi daromad (yalpi foyda). Risklarni o‘zaro bog‘liqligini baholash. Risklar yakka ajralgan holda bo‘lmasligi sababli, korxonalar uchun riskni o‘zaro ta’sirini boshqarish muhim sanaladi. Portfel riskini tushunish uchun uning tarkibidagi har bir aktiv riskini alohida hisoblash, shuningdek ularning o‘zaro bog‘liqligida paydo bo‘ladigan riskni hisoblash kerak bo‘ladi. Hatto ahamiyatsiz bo‘lgan risklar ham boshqa hodisa va holatlar bilan birgalikda potentsial yirik talofatga yoki aksincha imkoniyatlarga sabab bo‘lishi mumkin. Shuning uchun korxonalar risklarni integrallashgan yoki yaxlit ko‘rinishida riskni o‘zaro bog‘liq xaritasi, korrelyatsion matritsasi, «bow-tie» diagrammasi singari texnikalardan foydalangan holda baholashga intilishadi. Riskni o‘zaro bog‘liq xaritasi. Eng soddagrafik ko‘rinishi – bu risklarni x va u o‘qlari bo‘ylab joylashtirish orqali tuzilgan shakli hisoblanadi. Ularni o‘zaro bog‘liqligini xaritada biror belgi (X) yoki miqdoriy ko‘rsatkich bilan qayd qilinadi (4- rasm).
rasm. Risk o‘zaro bog‘liqlik xaritasiga namuna. Risklar ustuvorligini belgilash. Risk ustuvorligi – bu risk darajalarini oldindan aniqlab qo‘yilgan riskni qabul qilishning chegaraviy qiymatiga nisbatan taqqoslagan holda riskni boshqarish ustuvorliklarini aniqlash jarayoni hisoblanadi. Bunda risk nafaqat moliyaviy holatga salbiy ta’sir yoki ijobiy imkoniyat yaratishi sifatida ko‘riladi, balki shuningdek sub’ektiv mezon sifatida, ya’ni salomatlikka, hafvsizlikka yoki firma reputatsiyasiga ham salbiy ham ijobiy ta’sir ko‘rsatish, riskka moyillik hamda risk sodir bo‘lish tezligi sifatida ham qaraladi. Risklarni ustuvorligi bo‘yicha tartiblash ikki bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda risklar deylik ta’sir kuchini ehtimollikka ko‘paytmasi yoki ta’sir kuchini moyillikka ko‘paytmasi mezoni bo‘yicha tartiblanadi. Ikkinchi bosqichda tartiblangan risk ta’sir kuchi, sodir bo‘lish tezligi yoki joriy va kelgusi risk darajalari orasidagi farqi kabi qo‘shimcha sifatiy omillarni hisobga olgan holda ko‘rib chiqib qayta tartiblash amalga oshiriladi. Ierarxiya. Risklarni birlashtirishning eng sodda yo‘li ularni ierarxiyasini tuzish hisoblanadi. Bunda risklar tashkiliy tuzulma, risk turi, geografik yoki strategik ob’ekt bo‘yicha ierarxiyasi tuziladi (5.4-rasm). Risk xaritasi. Odatda xarita ikki o‘lchamli ko‘rinishda bo‘lib, risk ta’sir ko‘rsatish kuchi va uning ehtimolligi yoki ta’sir kuchi va moyilligi nuqtai nazaridan tuziladi. Agar to‘laqon qamrab olinsa, uchinchi o‘zgaruvchanni ham, ya’ni riskni sodir bo‘lish tezligi yoki hisoblashlarning noaniqliklarini kiritish mumkin. Ta’sir ko‘rsatish shkalasini imkoniyatlar va risklar uchun xaritasi quyidagi rasm ko‘rinishida bo‘ladi (5.5-rasm). Risklarni boshqarishda infrastrukturaviy holat bo`yicha turlari: • RMF (risk Menejmenti) - Standart va texnologiya Milliy instituti tomonidan ishlab chiqilgan; • MoR -mumkin bo`lgan risklarni aniqlashning amaliy analitik metodlari. Ularni orasida: = •SMART - maqsadlar va takliflar tahlili; (Har bir vazifa harakat fe'lidan boshlanishi kerak, masalan: tayyorlash, o'tkazish, rivojlantirish, yaratish, qilish, ta'minlash, sotib olish, o'rnatish, suhbat va hk. Bu vazifani o'lchash va uni boshqarish qobiliyatini ta'minlaydi.) • SWOT tahlil; (S – (strength) – кучли томонлари W – (weakness) – заиф, кучсиз томонлари O – (opportunitu) – имкониятлари T – (tnreat) – тўсиқлар) • VRIO tahlil. Risklarni boshqarish sohasidagi standartlarga quydagilar kiradi: (firmaning yirik strategik sxemasining bir qismini tashkil etadigan biznesni tahlil qilish tizimidir.) • ISO 14971 (Tibbiy asboblar); • ISO 16085:2006 - tizimlari va dasturiy ta`minot muhandislik - Risklarni boshqarishda hayotiylik jarayonlari; • ISO 31000 - risklarni boshqarish - tamoyillari va ko`rsatmalar; • IEC/ISO 31010 - Risklarni boshqarish - Risklarni baholash texnikasi; • ISO Guide 73: 2009 - Risklarni boshqarish yo`riqnomaga asosan olib borilishi; • OHSAS 18001- Ishchilar sog`lig`ini saqlash va risksizlikni baholash. Har bir inson hayoti davomida muqarrar risklar va hatarlarga uchraydi bu aniq mavjud. U davlat boshqaruvida ham, xususiy sektorlarda ham keng ma`noda (sug`urta, manfaatdor qarab, texnik foydalanish xavfi ko`plab qabul ta`riflar ham bor) uchrashiga sabab bo`ladi. rasm. Risk va imkoniyatlar namunaviy xaritasi Bundan tashqari risk vujudga kelishida yuqotishlar darajasini pasaytirish choralari quyidagi asosiy usullarga bo‘linadi: AKTIVLARNI BOZOR QIYMATI BO‘YICHA QAYTA BAHOLASH; MAJBURIYATLARNI TA’MINLASH – XUSUSAN MARJA YOKI ZALOG KIRITISH YO‘LI BILAN; KUTILAYOTGAN VA KO‘ZDA TUTILMAGAN YUQOTISHLARNI QOPLASH UCHUN MABLAG‘LARNI ZAXIRALASH; LIMITLASHTIRISH; PORTFEL DIVERSIFIKATSIYASI; SUG‘URTALASH; XOSILAVIY INSTRUMENTLAR YORDAMIDA XEDJERLASH. Sanab o‘tilgan usullaridan ba’zilarini quyida batafsil ko‘rib chiqamiz. Bozor qiymati bo‘yicha qayta baholash. Aktivlarni bozor qiymati bo‘yicha qayta baholash (marking to market – MTM) – bu bozor narxlarini muntazam tebranish natijasida ochiq pozitsiyalar bo‘yicha foyda va zararni kat’iy belgilash hisoblanadi, masalan har kunlik (birja bitimlari uchun) yoki uzoq muddatli vaqt oralig‘ida (birjadan tashqari instrumentlar uchun). Agar kelishayotgan tomonlarni ikkala tarafi ham simmetrik tarzda foyda va zararni hisobga olishsa, bu bozor qiymati bo‘yicha ikki tomonlama qayta baholash (two-way MTM) hisoblanadi, va agar zararlar bir tomonlama hisobga olinsa, bu usulni bozor qiymati bo‘yicha bir tomonlama qayta baholash (one-way MTM) deb nomlash qabul qilingan [3]. Bu usul riskni joriy holat bo‘yicha bartaraf qilsa-da, istiqbolda risk xavfi mavjud qoladi. Kafolatlangan garov (marja)ga qo‘yilgan talablar. Fyuchers shartnomalari bilan bitimlarda istiqbolli risk marja (margin) orqali qoplanishi mumkin. Marja – bu tuzilgan shartnomalar bo‘yicha kontragent majburiyatlarini qisman ta’minlash shakli hisoblanadi. Birjada yangi pozitsiyani ochilishida bozor qatnashchisi kliring palatasiga defolt holatining ta’minoti sifatida boshlang‘ich marja kiritishi kerak. Hisob palatasi savdo natijalariga ko‘ra ishtirokchilarni kunlik moliyaviy natijalari (daromadi va xarajati)ni aniqlaydi, buni variatsion marja deyiladi. Hisob palatasi salbiy natijaga ega bo‘lgan tomonning mablag‘ini hisob raqamidan olib, ijobiy natijaga ega bo‘lgan tomonning hisob raqamiga o‘tkazadi. Bu jarayonni ba’zan marjani qaytatdan hisoblash(remargining) deb atashadi. Agar zarar ko‘rish natijasida marja miqdori ma’lum chegaraviy darajadan tushadigan bo‘lsa, bozor ishtirokchisi hisob palatasidagi hisob raqamiga qo‘shimcha mablag‘ kiritishi kerak, aks holda uning pozitsiyasi majburiy tarzda yopiladi. Ikki tomonlama netting. Riskni pasaytirish bo‘yicha amaliy natija beradigan usullardan biri va xalqaro moliyaviy bozorlarida svop bitimlarining standart sharti hisoblangan usul – bu talablarni ikki tomonlama o‘zaro hisobga olish (netting) usuli hisoblanadi. Ikki tomonlama netting tuzulgan bitimlar bo‘yicha tomonlarni o‘zaro talab shartlarini ifodalaydi. Netting maqsadi netting kelishuvi qamragan barcha bitimlar bo‘yicha yalpi riskni sof risk miqdorigacha qisqartirishdan iborat. Limitlash. Moliyaviy risklarga qarshi javob choralarining asosiy usullaridan biri bu limitlash, ya’ni har bir riskli holat yoki unga etaklovchi omillarni aniqlab, ularga cheklovlar tizimini o‘rnatish hisoblanadi. Limitlar o‘rnatish tizimi quyidagi talablarga javob berishi kerak: limitlar amal qilishi risk bilan bog‘liq barcha faoliyatga joriy qilinadi; limitlarni hisoblashda barcha ehtimolli yo‘qotishlar jamlanadi; limitlar o‘rnatilgan risk ustuvorliklari bo‘yicha belgilanadi; limitlar stress-test natijasiga ko‘ra belgilanishi kerak. Riskni baholash va boshqarish jarayoni samarali va barqaror bo‘lishi uchun u sodda, amaliy va tushunishga oson bo‘lishi kerak. Bu borada muvaffaqiyatga erishish qaror qabul qiluvchi boshqaruv va resurslarga bog‘liq. Jarayon malakali mutaxassislar tomonidan tegishli texnologiyalardan to‘g‘ri va o‘rinli foydalangan holda amalga oshirilishi kerak. Korxonalarda moliyaviy risklarni baholash va boshqarishning vazifasi yuqorida keltirib o‘tilgan usul va texnikalardan faoliyat doirasida va riskni tahlil qilishda keng foydalanish hisoblanadi. Jarayon keng doirada riskka qarshi choralarni ishlab chiqish va joriy qilish hamda uning ustidan nazorat qilish haqidagi qarorlarni qabul qilish uchun ma’lumotlardan foydalanadi va natijalarni strategik rejalashtirish jarayoniga taqdim etadi. Pirovardida ta’kidlash o‘rinliki, riskni baholash va boshqarishning eng mukammal tizimiga ega bo‘lib ham, uning salbiy oqibatlari va ta’sirini butkul bartaraf etish mumkin bo‘lmaydi. Biroq riskni baholash va boshqarishning zamonaviy usul va texnikalardan samarali foydalanish biznesni kutilmagan moliyaviy yo‘qotishlardan himoyalanish, o‘z vaqtida va ongli ravishda riskni qabul qilish imkonini beradi. Download 100.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling