Bu risk depozit omonatlarining qaytmasligi mumkinligida aks etadi. Depozit risklari nisbatan kutilmaganda va korxona depozit operatsiyalarini amalga oshirish uchun tijorat bankini notoʻgʻri baholash hamda muvaffaqiyatsiz tanlash bilan bogʻliq hollarda uchraydi.
Kredit riski.
Bu risk korxona moliyaviy faoliyatida xaridorlarga tijorat krediti yoki iste’mol krediti taqdim etilgan holatlarda uchraydi. Kredit riskining yuzaga kelish kreditga berilgan tayyor mahsulot uchun toʻlov amalga oshirilmasligida yoki oʻz vaqtida hisob-kitoblar qilinmasligida koʻzga tashlanadi.
Soliq riski.
Moliyaviy riskning bu turi quyidagilarda aks etadi: xoʻjalik faoliyatining alohida yoʻnalishlarini amalga oshirishga yangi soliqlar va ularga tenglashtirilgan toʻlovlar joriy etish ehtimoli, korxona xoʻjalik faoliyati sohasiga taqdim etilgan soliq imtiyozlarining bekor qilinishi, soliq tekshiruvlari va boshqalar. Korxonalar miqyosida moliyaviy risklarni bartaraf etishning ichki va tashqi mexanizmlari keng qoʻllaniladi. Bunda moliyaviy risklarni bartaraf qilishda ichki mexanizmlari sifatida risklardan qochish, moliyaviy operatsiyalar boʻyicha chegaralar belgilash, diversifikatsiyalash, risklarni taqsimlash va boshqa metodlarni keltirish mumkin. Risklarni bartaraf etishda korxonada quyidagilarda e’tibor qaratiladi:
Risklilik darajasi yuqori boʻlgan moliyaviy operatsiyalardan voz kechish;
Shartnoma majburiyatlarini buzib kelayotgan hamkorlardan voz kechish;
Yuqori miqdordagi qarz kapitalidan foydalanishdan voz kechish;
Past likvidli aylanma aktivlardan foydalanishdan voz kechish;
Vaqtincha boʻsh pul mablagʻlaridan qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalarda foydalanishdan voz kechish.
DIVERSIFIKATSIYALASH AMALIYOTI BEVOSITA RISKLARNI TAQSIMLASH IMKONIYATINI
Do'stlaringiz bilan baham: |